Bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik
Bolalarga nisbatan jinsiy zoʻravonlik — bu kattalar yoki katta yoshdagi oʻsmirlar boladan oʻz jinsiy mayllarini ragʻbatlantirish uchun foydalanadigan bolalarga nisbatan zoʻravonlikning bir turidir[1]. Bolaga nisbatan jinsiy zoʻravonlikning shakllariga, xususan, bolani jinsiy faoliyatga taklif qilish yoki majburlash (natijasidan qatʼiy nazar), odobsiz taʼsir qilish (bolaga jinsiy aʼzolar, ayolning koʻkrak uchlarini koʻrsatish) oʻz jinsiy istaklarini qondirish, bolani qoʻrqitish yoki uni jinsiy aloqaga majbur qilish, bola bilan jismoniy jinsiy aloqa qilishga koʻndirish, bolalar pornografiyasini ishlab chiqarish uchun boladan foydalanish kabilar kiradi[1].
Bolalarga nisbatan jinsiy zoʻravonlik oqibatlarida depressiya, olingan ruhiy travmadan keyingi psixologik buzilish (stress), chuqur ruhiy tushkunlik, jismoniy shikastlanish va boshqa muammolar sodir boʻladi[2]. Oila aʼzolari tomonidan jinsiy zoʻravonlikka uchrash yanada ogʻirroq va uzoq muddatli psixologik travmalarga olib kelishi mumkin. Ayniqsa, bu ota-onalardan biri tomonidan yoki qarindoshlar oʻrtasida sodir boʻlsa[3]. Bolalarni jinsiy zoʻrlashning uchdan biri oʻzaro qarindosh boʻlganlar orasida uchraydi.
2009-yilda 22 mamlakatda o‘tkazilgan 65 ta tadqiqot tahliliga ko‘ra, bolalar jinsiy zo‘ravonligi global miqyosda qizlar orasida 19,7%ni, o‘g‘il bolalarga nisbatan esa 7,9%ni tashkil qiladi. Mavjud maʼlumotlarga koʻra, bolalar jinsiy zoʻravonligining eng yuqori darajasi Afrikada(34,4%), eng past darajasi esa Yevropada(9,2%), Amerika va Osiyoda 10,1% dan 23,9% gachani tashkil etadi[4].
Bolalarga jinsiy zoʻravonlik qiluvchilarning hammasi ham pedofil emas[5][6]. Baʼzi maʼlumotlarga koʻra, pedofiliya bilan ogʻrigan bemorlar bolalarga jinsiy zoʻravonlik qilgan jinoyatchilar atigi 2-10%ni tashkil qiladi. Bolalarga nisbatan jinsiy zoʻravonlik qiluvchilarning aksariyati begonalar boʻlmaydi. Kamida 30% holatlarda bolaning qarindoshlari, aka-ukasi, otasi, amaki yoki amakivachchalari, taxminan 60% holatlarda „oilaviy doʻstlar“, vasiylar, enagalar yoki qoʻshnilar boʻladi. Begona odamlarning bolalarga nisbatan jinsiy zoʻravonliklari atigi 10%ni tashkil qiladi.
Oqibatlari
tahrirPsixologik oqibatlari
tahrirBolalarning jinsiy zoʻravonlikka uchrashi ham qisqa muddatli, ham uzoq muddatli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Jumladan, katta yoshda psixopatologiyaning rivojlanishi[2][7]. Bolalikdagi jinsiy zoʻravonlikning belgilariga depressiya[8], tashvishlanish, ovqatlanishni buzilishi[9], oʻz-oʻzini past baholash[9], psixosomatik kasalliklar[10], uyqu buzilishi[11][12], dissotsiativ kasalliklar va olingan travmadan keyingi ruhiy buzilishlar kiradi. .
Jinsiy zoʻravonlikning uzoq muddatli oqibatlariga, oʻz joniga qasd qilishga urinishlar, vahima, ruhiy tushkunlik, spirtli ichimliklar va giyohvand moddalar istemol qilishga ruju qoʻyish, taʼlimdagi uzilishlar, jinsiy kasalliklar hamda umumiy ruhiy muammolarni oʻz ichiga oladi. Shvetsiyalik tadqiqotchilarning fikriga koʻra, bolaligida jinsiy zoʻravonlikka uchragan qizlarning 17% oʻz joniga qasd qilish fikriga ega boʻlgan. 30% ortigʻi oʻz joniga qasd qilishga uringan yoki oʻz joniga qasd qilib koʻrgan[13]. Oʻgʻil bolalar orasida bu koʻrsatkichlar mos ravishda 8% va 33% ni tashkil qiladi[14].
Baʼzi tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, jinsiy zoʻravonlikni boshdan kechirgan odamlarning 70 foizi, shu jumladan jismoniy zoʻravonlikka uchraganlar, 21 yoshga kelib jiddiy ruhiy kasalliklardan aziyat cheka boshlaydilar[15]. Ushbu davrda manik-depressiv psixoz, fobiyalar, travmadan keyingi paydo boʻladigan sindromlar, alkogolizm, giyohvandlik, antisosyal xatti-harakatlar kiradi. Odamlarning chorak qismidan koʻprogʻi oʻz joniga qasd qilishga uringan. Shu bilan birga, bolalik davrida jinsiy aloqa tajribasiga ega boʻlmagan odamlarning 27% aqliy anomaliyalar kuzatilgan.
Tadqiqotchilarning fikriga koʻra, bolalik davridagi jinsiy zoʻravonlikka uchragan qolgan 51-79% insonlar psixologik buzilish alomatlarining qandaydir shaklini boshdan kechirishadi[16][17]. Agar jinoyat sodir etgan shaxs jabrlanuvchining qarindoshi boʻlsa hamda zoʻravonlik jinsiy aloqa yoki uni sodir etishga urinishni oʻz ichiga olsa yoki jinoyatchi bolaga tahdid yoki jismoniy kuch ishlatsa, psixologik travma darajasi yanada yuqori boʻladi[18]. Psixologik zarar darajasi ham turli omillarga bogʻliq boʻlishi mumkin, masalan, penetratsiya, jinsiy zoʻrlashning davomiyligi[2][7][19][20]. Bolalarning jinsiy zoʻravonligining ijtimoiy stigmatizatsiyasi bolalarga yetkazilgan psixologik travmani kuchaytirishi mumkin[20][21]. Oilaviy qoʻllab-quvvatlash esa jabrlangan bolalar uchun salbiy oqibatlar xavfini kamaytiradi[22][23].
Dissotsiatsiya va TSSB
tahrirBolalarga nisbatan zoʻravonlik, shu jumladan jinsiy zoʻravonlik, ayniqsa erta yoshda boshlangan surunkali zoʻravonlik, aniq dissotsiativ simptomlarning rivojlanishiga, shu jumladan zoʻravonlik xotiralarining repressiyasiga olib keladi. Jiddiy jinsiy zoʻrlash holatlarida dissosiativ simptomlarning darajasi yuqori boʻladi (penetratsiya, bir nechta odam zoʻrlashi, yillar davomida zoʻrlashlar)[24].
Bolalikdagi jinsiy zoʻravonlikdan omon qolganlar travmadan keyingi stress buzilishi („Afgʻon sindromi“ yoki „Chechen sindromi“ deb ham ataladi), dissotsiativ yoki shaxsiyat buzilishidan aziyat chekishi mumkin[25].
Jismoniy oqibatlar
tahrirJismoniy travmalar
tahrirBolalarning jinsiy zoʻravonligi ichki aʼzolarning shikastlanish va ulardan qon ketishiga olib kelishi mumkin. Ularning paydo boʻlish ehtimoli bolaning yoshi va boʻyi, shuningdek, ishlatilgan jismoniy zoʻravonlik darajasiga bogʻliq. Ayniqsa ogʻir holatlarda ichki organlarning jiddiy shikastlanishi, shu jumladan oʻlimga olib kelishi mumkin[26]. Shimoliy Karolinada, 1985-1994-yillar oraligʻida jinsiy zoʻravonlik natijasida sodir boʻlgan oltita taxminiy oʻlim holati aniqlangan. Oʻlganlarning yoshi 2 oylikdan 10 yoshgacha boʻlgan. Oʻlim sabablari orasida jinsiy aʼzolar va toʻgʻri ichakning shikastlanishi kabi jarohatlar bor edi[27].
Infeksiyalar
tahrirBolalarning jinsiy zoʻravonligi natijasida infektsiyalar va jinsiy yoʻl bilan yuqadigan kasalliklar orttirib olish mumkin[28]. Yosh qizlarda vaginal moylash yoʻqligi sababli infektsiya yuqtirib olish xavfi yuqori. Kolpit holatlari mavjud[28].
Turlari
tahrirBolalarning jinsiy zoʻravonligi jismoniy aloqada ham (bolaning jinsiy aʼzolariga teginish, bolaga jinsiy stimul berish, boladan kattalarni jinsiy mayllarini qondirish uchun ishlatish, ogʻiz-jinsiy organlarni stimulyatsiya qilish, zoʻrlash) va bevosita jismoniy aloqasiz (bolani yechinishga majburlash, pornografik materillar tayyorlash uchun suratga tushirish, eksgibisionizm) ham sodir boʻlishi mumkin[29][30][31][32].
Statistika
tahrirPsixolog S.Vurtel va boshqalar (2014-yil, AQSH) aholi orasida bolalarga nisbatan oʻzlarining jinsiy qiziqishlari toʻgʻrisida anonim onlayn soʻrovnma oʻtkazishdi. Unda ishtirok etish uchun erkaklar (n=173) va ayollar (n=262) jalb qilindi. Oʻzlari uchun bola bilan jinsiy aloqada boʻlish istagini tan olgan respondentlarning ulushi erkaklarda 6%ni va ayollarda 2%nu tashkil etdi[33].
Yana qarang
tahrirEslatmalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „Child Sexual Abuse“. Medline Plus. U.S. National Library of Medicine (2008-yil 2-aprel). 2013-yil 20-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 8-yanvar.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 Dinwiddie S, Heath AC, Dunne MP, et al. (January 2000). „Early sexual abuse and lifetime psychopathology: a co-twin-control study“. Psychological Medicine 30 (1): 41-52. doi:10.1017/S0033291799001373. PMID 10722174.
- ↑ Courtois, Christine A. (1988). Healing the incest wound: adult survivors in therapy. New York: Norton. p. 208. ISBN 0-393-31356-5.
- ↑ „«Prevalence of Child Sexual Abuse in Community and Student Samples: A Meta-Analysis». Journalist’s Resource.org.“. 2013-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 8-yanvar.
- ↑ Laws, Dr. Richard; William T. OʻDonohue (1997). „H. E. Barbaree, M. C. Seto“. Sexual Deviance: Theory, Assessment, and Treatment. Guilford Press. pp. 175—193. ISBN 1-57230-241-0.
- ↑ Blaney, Paul H.; Millon, Theodore (2009). Oxford Textbook of Psychopathology (Oxford Series in Clinical Psychology) (2nd ed.). Oxford University Press, USA. pp. 528. ISBN 0-19-537421-5.
- ↑ 7,0 7,1 Nelson EC, Heath AC, Madden PA, et al. (February 2002). „Association between self-reported childhood sexual abuse and adverse psychosocial outcomes: results from a twin study“. Archives of General Psychiatry 59 (2): 139-45. doi:10.1001/archpsyc.59.2.139. PMID 11825135.
- ↑ Widom CS, DuMont K, Czaja SJ (January 2007). „A prospective investigation of major depressive disorder and comorbidity in abused and neglected children grown up“. Archives of General Psychiatry 64 (1): 49-56. doi:10.1001/archpsyc.64.1.49. PMID 17199054. Lay summary — ScienceDaily (January 3, 2007).
- ↑ 9,0 9,1 Walsh, K.; DiLillo, D. (2011). „Child sexual abuse and adolescent sexual assault and revictimization“. In Paludi, Michael A.. The psychology of teen violence and victimization. 1. Santa Barbara, CA: Praeger. pp. 203—216. ISBN 0-313-39375-3.
- ↑ Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs namedArnow-et-al
- ↑ Noll, J. G., Trickett, P. K., Susman, E. J., & Putnam, F. W. (2006). „Sleep disturbances and childhood sexual abuse“. Journal of Pediatric Psychology, 31 (5): 469—480. doi:10.1093/jpepsy/jsj040
- ↑ Arehart-Treichel, Joan (2005-08-05). „Dissociation Often Precedes PTSD In Sexually Abused Children“. Psychiatric News (American Psychiatric Association) 40 (15): 34.
- ↑ Edgardh Karin, Adolescent Sexuality and Sexual Abuse. Licentiat avhandling, Department of Dermatology and Venerology. Stockholm: Karolinska Institutet. 1999
- ↑ Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs namedSvedin
- ↑ Silverman A. B., Reinherz H. Z., Giaconia R. M. The long-term sequelae of child and adolescent abuse: a longitudinal community study. // Child Abuse & Neglect. — 1996. — Vol. 20, No. 8. P. 709.
- ↑ Kendall-Tackett KA, Williams LM, Finkelhor D (January 1993). „Impact of sexual abuse on children: a review and synthesis of recent empirical studies“. Psychological Bulletin 113 (1): 164-80. doi:10.1037/0033-2909.113.1.164. PMID 8426874.
- ↑ Caffaro-Rouget, A.; Lang, R. A.; Van Santen, V. (1989). „The Impact of Child Sexual Abuse On Victims' Adjustment“. Sexual Abuse: A Journal of Research and Treatment 2: 29. doi:10.1177/107906328900200102.
- ↑ Bulik CM, Prescott CA, Kendler KS (November 2001). „Features of childhood sexual abuse and the development of psychiatric and substance use disorders“. The British Journal of Psychiatry 179 (5): 444-9. doi:10.1192/bjp.179.5.444. PMID 11689403.
- ↑ Beitchman JH, Zucker KJ, Hood JE, daCosta GA, Akman D, Cassavia E (1992). „A review of the long-term effects of child sexual abuse“. Child Abuse Negl 16 (1): 101-18. doi:10.1016/0145-2134(92)90011-F. PMID 1544021.
- ↑ 20,0 20,1 Browne A, Finkelhor D (January 1986). „Impact of child sexual abuse: a review of the research“. Psychological Bulletin 99 (1): 66-77. doi:10.1037/0033-2909.99.1.66. PMID 3704036.
- ↑ Holguin, G (2003). „The 'sexually abused child': Potential mechanisms of adverse influences of such a label“. Aggression and Violent Behavior 8 (6): 645. doi:10.1016/S1359-1789(02)00101-5.
- ↑ Romans SE, Martin JL, Anderson JC, OʻShea ML, Mullen PE (January 1995). „Factors that mediate between child sexual abuse and adult psychological outcome“. Psychological Medicine 25 (1): 127-42. doi:10.1017/S0033291700028154. PMID 7792348.
- ↑ Spaccarelli S, Kim S (September 1995). „Resilience criteria and factors associated with resilience in sexually abused girls“. Child Abuse & Neglect 19 (9): 1171-82. doi:10.1016/0145-2134(95)00077-L. PMID 8528822.
- ↑ Draijer N, Langeland W (March 1999). „Childhood trauma and perceived parental dysfunction in the etiology of dissociative symptoms in psychiatric inpatients“. The American Journal of Psychiatry 156 (3): 379-85. doi:10.1016/j.biopsych.2003.08.018. PMID 10080552.
- ↑ Hornor, G. (2010). „Child sexual abuse: Consequences and implications“. Journal of Pediatric Health Care 24 (6): 358—364. doi:10.1016/j.pedhc.2009.07.003.
- ↑ Anderson, James; Mangels, Nancie; Langsam, Adam (2004). „Child Sexual Abuse: A Public Health Issue“. The Justice Professional 17: 107. doi:10.1080/08884310420001679386.
- ↑ Herman-Giddens ME, Brown G, Verbiest S, et al. (August 1999). „Underascertainment of child abuse mortality in the United States“. JAMA 282 (5): 463-7. doi:10.1001/jama.282.5.463. PMID 10442662.
- ↑ 28,0 28,1 De Jong AR (1985). „Vaginitis due to Gardnerella vaginalis and to Candida albicans in sexual abuse“. Child Abuse & Neglect 9 (1): 27-9. doi:10.1016/0145-2134(85)90088-2. PMID 3872154.
- ↑ „Школа жизни: Как выявить и пресечь сексуальное насилие над детьми?“. 2013-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 8-yanvar.
- ↑ „Школа жизни: Как выявить и пресечь сексуальное насилие над детьми?“. 2013-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 8-yanvar.
- ↑ Роберт Крукс, Карла Баур. „Сексуальность. Глава 14. Сексуальные преступления“. 2013-yil 20-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 8-yanvar.
- ↑ „Памятки родителям: Сексуальное насилие над детьми“. 2017-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 8-yanvar.
- ↑ Wurtele, Simons, Moreno 2014.
Adabiyotlar
tahrir- Wurtele, S. K. Sexual interest in children among an online sample of men and women: prevalence and correlates : [angl.] / S. K. Wurtele, D. A. Simons, T. Moreno // Sexual Abuse: A Journal of Research and Treatmentruen. — 2014. — Vol. 26, no. 6. — P. 546-568. — doi:10.1177/1079063213503688.