Boris Balter
Boris Isaakovich Balter (1919-yil 6-iyul Samarqand – 1974-yil 8-iyun Vertoshino) – rus sovet yozuvchisi, tarjimon va ssenariynavis. Balter „Do svidaniya, malchiki“ avtobiografik romani muallifi sifatida tanilgan (1962)[1].
Boris Balter | |
---|---|
Tavalludi |
6-iyul 1919-yil |
Vafoti |
8-iyun 1974-yil Moskva viloyati |
Ijod qilgan tillari | ruscha |
Fuqaroligi | SSSR |
Janr | prozaik, tarjimon, dramaturg, ssenarist |
Mukofotlari |
Hayoti va ijodi
tahrirBalterning aytishicha, uning otasi rus-yaponlar urush qahramoni, Avliyo Sent-Jorj ordeni kavaleri[2]. Balter Yevpatoriyada maktabni tugatgan. 1936-yilda Leningradga, 1938-yildan Kiyev harbiy bilim yurtiga oʻqishga kirgan. Ofitser sifatida Sovet-fin va Ulugʻ Vatan urushida qatnashgan[3]. Soʻngra Balter KPSS (b)ga qoʻshilgan.
B. Sarnovning yozishicha, Balter „polkni qamaldan olib chiqqan, polk komandiri boʻlgan, urushni mayor unvoni bilan tugatgan“[4]. 1945-1946-yillarda u M. V. Frunze nomidagi harbiy akademiya talabasi edi, biroq antisemitizm toʻlqini tufayli harbiy faoliatini toʻxtatishga majbur boʻldi (kasalligi tufayli rasman ishdan boʻshatilgan)[2].
1948-yildan Adabiyot institutida oʻqishni boshlagan, xususan, Konstantin Paustovskiy seminarlaria tahsil olgan va 1953-yilda oʻqishni tugatgan, ustozi bilan doʻstona aloqalar olib borgan. Balter 1961-yilda Paustovskiy tomonidan nashr etilgan „Tarusskie stranitsi“ toʻplamini nashr etish tashabbusi bilan chiqgan.
1952-yilda Balterning urush boshlanishi haqidagi ilk hikoyasi „Perviye dni“ „Vladimir“ almanaxida chop etilgan. 1953-yilda bu hikoya yozuvchining nasriy asarlarining alohida toʻplamiga kiritilgan.
1953-yildan Balter bir necha yil davomida Abakandagi Xakass Til, adabiyot va tarix ilmiy-tadqiqot institutining adabiy boʻlimini boshqargan, xakas tilidan ertaklarni tarjima qilgan. „Xakasskie narodnie skazki“ kitobi va xakas xalqining oʻtmishi haqidagi ikkita tarixiy hikoyalar toʻplami – „Stepnie kurgani“ hamda „O chyom molchat kamni“ nomli toʻplamlar bu ishning natijasi boʻlgan.
1965-yil oktyabr oyida „Yunost“ jurnalining 10-sonida Balterning „Proyezdom“ hikoyasi nashr etilgan. Bu yozuvchining mashhur jurnaldagi oxirgi nashri boʻlgan. Oradan qariyb chorak asr oʻtib, 1989-yilda „Yunost“ jurnali vafotidan soʻng Boris Balterning tugallanmagan „Samarqand“ qissasini chop etgan.
Balterning Moskva viloyati, Ruzska tumani, Vertoshino qishlogʻida uyi boʻlgan. Oʻz uyida ikkinchi marta yurak xurujiga uchrab vafot etgan. Balter Staraya Ruza qishlogʻidagi qabristonga dafn etilgan[5][6][7].
Manbalar
tahrir- ↑ „История Евпатории : Е. Г. Никифоров «До свидания, Борис Балтер!»“. 2016-yil 16-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 19-iyul.
- ↑ 2,0 2,1 „«До свидания, мальчики». К 90-летию со дня рождения Бориса Балтера — Бенедикт Сарнов — Непрошедшее время — Эхо Москвы, 05.07.2009“. 2017-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 4-noyabr.
- ↑ „Подвиг народа“. 2012-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 13-dekabr.
- ↑ „«До свидания, мальчики». К 90-летию со дня рождения Бориса Балтера — Бенедикт Сарнов — Непрошедшее время — Эхо Москвы, 05.07.2009“. 2017-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 4-noyabr.
- ↑ Вячеслав Огрызко. „Диссидент поневоле: Борис Балтер“. http://litrossia.ru/+(2010-yil 26-mart). 2016-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-18-07.
- ↑ „Балтер Борис Исаакович : Современность : Известные люди Самарканда : Мой Самарканд“. 2016-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 18-iyul.
- ↑ „Борис Балтер: «К великой тайне приобщась…» : Культура : Еврейский журнал. Личности“. 2010-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 4-iyul.