Boris Yermilovich Tixomolov (1913-yil 28-iyun, Boku — 1991-yil 17-dekabr, Toshkent) — sovet yozuvchisi, 17-aviatsiya diviziyasining 750-aviatsion polkining uchuvchisi. Uzoq masofali aviatsiya (UMA), gvardiya mayori, Sovet Ittifoqi Qahramoni.

Boris Yermilovich Tixomolov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1913-yil 28-iyun
Boku, Rossiya imperiyasi
Vafoti 1991-yil 17-dekabr (78 yosh)
Toshkent, Oʻzbekiston
Fuqaroligi Sovet Ittifoqi SSSR
Unvoni
Janglari Ulugʻ Vatan Urushi
Mukofotlari

Biografiyasi

tahrir

1913-yil 28-iyunda Bokuda tugʻilgan, yetim. Bolalar uyida tarbiyalangan. Dengizchi Yermil Tixomolovning oilasi tomonidan asrab olingan.

1918-yilda oila Bokuni tark etib, Rossiya shaharlarini kezib, Toshkentga joylashgan.

1933-yilda Balashovda Fuqarolik havo flotining (FHF) 3-qoʻshma uchuvchilar va aviatsiya texnik maktabini tugatgan. Toshkentdagi Fuqarolik havo flotida uchuvchi boʻlib ishlagan. Havo orqali yoʻlovchilar, yuklar, pochta tashigan. 1939-yildan KPSS (b)/KPSS aʼzosi hisoblanadi.

1942-yil apreldan Qizil Armiyada hizmat qilgan. 1942-yil apreldan beri Ulugʻ Vatan urushi janglarida hizmat qilgan. 1942-yil avgustga kelib, 750-chi aviatsiya polkining uchuvchisi (17-aviatsiya diviziyasi, UMA), kapitan Boris Tixomolov dushman chizigʻi orqasida joylashgan harbiy-sanoat markazlari va muhim ob’yektlarni bombardimon qilish uchun yigirma besh marta parvoz qilgan. Smolensk, Orsha, Vitebsk, Bryansk, Xarkov, Kursk, Voronej, Berlin va Kenigsbergdagi nemis sanoat ob’yektlariga aerodromlar, temir yoʻl kesishmalari, eshelonlar, dushman qoʻshinlari toʻplangan tungi bombali zarbalarni bergan.

1942-yil dekabr oyida Berlinni bombardimon qilish vazifasini muvaffaqiyatli bajargani uchun unga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berildi. SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1942-yil 31-dekabrdagi „Qizil Armiya uzoq masofali aviatsiyasining qoʻmondonlik tarkibiga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvonini berish toʻgʻrisida“gi Farmoni bilan „Qoʻmondonlikning nemis bosqinchilariga qarshi kurash frontidagi jangovar vazifalarini namunali bajargani hamda bir vaqtning oʻzida koʻrsatgan jasorati va qahramonligi uchun“ Lenin ordeni va „Oltin yulduz“ medali bilan Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan[1]. 1943-yil 12-maydan 27-iyulgacha 18-gvardiya uzoq masofali aviatsiya polkining eskadron komandiri boʻlgan. 1943-yil noyabr-dekabr oylarida gvardiya mayori boshqa ekipajlar bilan birgalikda Gitlerga qarshi koalitsiya hukumatlari rahbarlarining Tehron konferentsiyasida (1943-yil 28-noyabr — 1-dekabr) xizmat qilgan. 1944-yil iyundan 24-gvardiya uzoq masofali aviatsiya polkining eskadron komandiri boʻlgan. 1945-yil 16-aprelda Berlin operatsiyasida qatnashgan. Urush yillarida jami 212 marta parvoz qilgan.

1945-yilda gvardiya mayori zaxiraga oʻtkazilgan. SSSR Vazirlar Soveti huzuridagi Geodeziya va kartografiya Bosh boshqarmasida uchuvchi-instruktor boʻlib ishlagan.

Toshkent shahrida yashagan. 1991-yil 17-dekabrda vafot etgan. Toshkentdagi Harbiy qabristonning Qahramonlar xiyoboniga dafn etilgan.

Adabiy faoliyat

SSSR Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi boʻlgan. Uning birinchi hikoyasi 1950-yilda paydo boʻlgan. Keyin besh yillik tanaffusdan soʻng yana adabiy faoliyatga kirishdi — uning hikoyalari, ocherklari, tanqidiy maqolalari turli gazeta va jurnallarda chiqa boshladi. Uning „Sapar-botir“ hikoyalarining birinchi kitobi 1958-yilda Moskvada, Detgizda nashr etilgan. Ushbu kichik toʻplamda yozuvchi B. Y. Tixomolovning „tomiri“, uning Oʻrta Osiyo qattiq tabiatini, jasur uchuvchilarni lirik va ixcham tarzda chizish qobiliyati namoyon boʻlgan. Adabiy ijodda u hayotdagi ikkinchi isteʼdodini topdi. Adabiyotga faqatgina koʻpni koʻrgan, shuning uchun xotiralarga yuzlangan tajribali shaxs sifatidagina emas, balki dunyoga oʻz koʻzi bilan qaraydigan, yosh kitobxon bilan suhbatlashish qobiliyatiga ega ijodkor sifatida kelgan.

„Osmon romantikasi“ avtobiografik trilogiyasida u bolalik va yoshlikdan boshlab, Ulugʻ Vatan urushi yillarigacha boʻlgan uchuvchilik kasbiga boʻlgan yoʻlini tasvirlab bergan[2].

Mukofotlari

tahrir

Ijodlari

tahrir
  • Dovul orqali [Hikoyalar]. — Krasnodar: Kitob nashriyoti, 1959-yil.
  • „Kryaka“ [Qissa]. — Moskva: Detgiz, 1960-yil.
  • „Sapar Botir: Uchuvchining hikoyalari“. — Moskva: Detgiz, 1962-yil.
  • Toʻrgʻaylar [Hikoyalar]. — Moskva, 1962-yil.
  • Jasorat [Hikoyalar]. — Krasnodar: Kitob nashriyoti, 1963-yil.
  • Osmonda [Qissa]. — Krasnodar: Kitob nashriyoti, 1968-yil.
  • UMA qanotlarida [Xotiralar]. — Moskva: Harbiy nashriyot, 1970-yil.
  • Osmon yonmoqda. — Krasnodar: Kitob nashriyoti, 1979-yil.
  • Osmon romantikasi. — Toshkent: Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1983-yil.
  • Kardinal qaror [Insholar va hikoyalar toʻplami]. — Nukus: Qoraqalpogʻiston, 1985-yil.
  • Bir soniyaning narxi. — Toshkent: Yosh gvardiya, 1988-yil.

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir