Born Pink

2022 yil BLACKPINK studiyaviy albomi

„Born Pink“ — Janubiy Koreyaning „Blackpink“ qizlar guruhining ikkinchi studiyaviy albomi boʻlib, 2022-yil 16-sentabrda YG Entertainment kompaniyasi va Interscope Records studiyasi orqali chiqarilgan. Singl guruhning 2020-yildagi The Album albomidan keyingi birinchi toʻliq metrajli rekordini belgilab bergan. Pop janridagi albom sifatida taʼriflangan „Born Pink“ tanqidchilarning ijobiy sharhlariga ega boʻldi.

Born Pink
Blackpink albomi
Chiqarilgan sanasi 16-sentyabr 2022-yil
Janr
Davomiyligi 24:30
Til
  • Koreyscha
  • Inglizcha
Leybl
Blackpink xronologiyasi
Blackpink 2021 'The Show' Live
(2021)
Born Pink
(2022)

„Born Pink“ ikkita singl tufayli qoʻllab-quvvatlanib, ularning ikkalasi ham Billboard Global 200 xitparadida birinchi oʻrinni egalladi. Toʻliq chiqishidan oldin Pink Venom singli 10 ta mamlakatning milliy xitparadlarida birinchi oʻrinni egallab, Janubiy Koreyaning Circle Digital Chart roʻyxatida ikkinchi va AQSh Billboard Hot 100 roʻyxatida 22-oʻrinni qoʻlga kiritgan. Albomning ikkinchi singli „Shut Down“ Yangi Zelandiya va Avstraliya musiqiy chartlarida kuchli oʻntalikka kirdi. Ilgari PUBG Mobile jangovar videooʻyini bilan hamkorlikda promo-singl sifatida chiqarilgan „Ready for Love“ qoʻshgigʻi ham trek roʻyxatiga kiritildi. Albomni targʻib qilish uchun „Blackpink“ oktyabr oyidan boshlab „Born Pink World Tour“ gastrol safarini boshladi.

Tarkibi tahrir

„Born Pink“ sakkiz trekli albom boʻlib [1], hip-hop, pop, disko, ballada, pop-rok[2] va bubblegum pop kabi janrlarni oʻz ichiga oladi[2][3][4][5][6] Albom „Pink Venom“ — anʼanaviy koreys asboblari elementlarini EDM va pop-rap bilan uygʻunlashtirgan hip hopga asoslangan singli bilan ochiladi[7]. Lirik jihatdan, qoʻshiq Blackpinkning ishonchi va ikki tomonlama oʻziga xosligini yaʼni ham shirin, ham halokatli sifatida ifodalaydi va guruhning xalqaro miqyosdagi mashhurligini oshiradi[8]. Shut Down qoʻshigʻida klassik kompozitsiya boʻlmish „La Campanella“ taronalari aks ettirilgan [9][10]. „Yeah Yeah Yeah treki „The Star“guruhi aʼzosi Park Jun-hee taʼkidlaganidek, „80-yillarning tebranishlarini beruvchi diskoteka uslubidagi kuy 50 soniyadan oshib, yosh sevgi va yoshlik lahzasini aks ettiradi. Bu bizga yoz tunlarini sevgimiz bilan oyning yorqin nuri ostida oʻtkazishimizni eslatadi“[11].

 
Blackpink 2001-yilda Destiny's Child guruhidan keyin bir vaqtning oʻzida Qoʻshma Shtatlar va Buyuk Britaniyada albom jadvallarida birinchi oʻrinni egallagan birinchi qizlar guruhi boʻldi.

Amerika Qoʻshma Shtatlarida „Born Pink“ Billboard 200da 102 000 albom ekvivalent birliklari bilan birinchi oʻrinni egalladi. Bu 2008-yilda Danity Keynning „Welcome to the Dollhouse“ albomidan keyin birinchi koreys ayol albomi va xitparadda birinchi o‘rinni egallagan ayollar guruhining birinchi albomi bo‘ldi[12]. „Born Pink“ K-pop qizlar guruhining Buyuk Britaniya albomlar jadvalida birinchi oʻrinni egallagan birinchi albomi boʻldi[13]. „Born Pink“ Avstraliya, Niderlandiya, Fransiya, Germaniya, Litva, Shvetsiya va Norvegiyada ham kuchli o‘ntalikka kirgan.

Sotuvlar tahrir

„Born Pink“ sotuvlari
Mintaqa Sotuv
Janubiy Koreya[14] 2 443 961
Xitoy[15] 672 467
Amerika Qoʻshma Shtatlari 75 500

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. Rowley. „Blackpink Reveals 8-Song Tracklist for Sophomore Album ‘BORN PINK’“. Billboard (2022-yil 7-sentyabr). 2022-yil 14-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-sentyabr.
  2. 2,0 2,1 Eden Arielle Gordon. „Blackpink's "Born Pink" Is a Strong Offering That's Best When It's Vulnerable“. PopSugar (2022-yil 21-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 29-sentyabr.
  3. „Blackpink 2nd Album [Born Pink “]. YG Life. 2022-yil 14-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-sentyabr.
  4. Hyun-soo. „블랙핑크, 오늘(16일) 정규 2집 'BORN PINK' 발표“ (ko). YTN (2022-yil 16-sentyabr). 2022-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-sentyabr.
  5. Sheffield. „‘Born Pink’ Is the Landmark Pop Album Blackpink Were Born To Make“. Rolling Stone (2022-yil 16-sentyabr). 2022-yil 16-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-sentyabr.
  6. Evelyn Lau. „'Born Pink' takeaways: Blackpink showcase their versatility in new album“. The National News (2022-yil 16-sentyabr). 2022-yil 19-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-sentyabr.
  7. Chakraborty. „Blackpink Aren't Afraid to Bring The Pain on ‘Pink Venom’“ (en). Rolling Stone India (2022-yil 19-avgust). 2022-yil 14-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-sentyabr.
  8. Puckett-Pope. „Blackpink’s New Single 'Pink Venom' Finds Power in Contradiction“ (en). Elle (2022-yil 19-avgust). 2022-yil 14-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-sentyabr.
  9. „Black Pink divulga detalhes de tracklist e Blinks criticam: 'Frustrante'“ (PT). Yahoo! News. 2022-yil 14-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-sentyabr.
  10. Krol. „Blackpink share tracklist for new album ‘Born Pink’“. NME (2022-yil 7-sentyabr). 2022-yil 14-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-sentyabr.
  11. Park. „'Born Pink' review: Blackpink's latest is worth the wait“ (en). The Star (2022-yil 17-sentyabr). 2022-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-sentyabr.
  12. Keith. „Blackpink's 'Born Pink' Debuts at No. 1 on Billboard 200 Albums Chart“. Billboard (2022-yil 25-sentyabr). 2022-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-sentyabr.
  13. „BLACKPINK make history as BORN PINK hits Number 1“ (en). www.officialcharts.com. 2022-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-sentyabr.
  14. Accumulated sales for Born Pink including KiT:
  15. Accumulated sales for Born Pink