„Pink Venom“  — Janubiy Koreyaning „BLACKPINK“ qizlar guruhining qoʻshigʻi boʻlib, 2022-yil 19-avgustda „YG Entertainment“ va „Interscope Records“ tomonidan guruhning „Born Pink (2022) koreys tilidagi ikkinchi studiyaviy albomining bosh singli sifatida chiqarilgan.

„Pink Venom“
Blackpink qoʻshigʻi
„Born Pink“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 19-avgust 2022-yil
Janr
Davomiyligi 3:06
Leybl YG Entertainment
Blackpink singllari xronologiyasi
„Lovesick Girls“
(2020)
Pink Venom
(2022)
„Shut Down“
(2022)
Klipi
„Pink Venom“ YouTubeda

Klip ilk 24 soat ichida YouTube platformasida 90,4 million marta ko‘rilgan. Bu video 2022-yilda birinchi 24 soat ichida eng ko‘p tomosha qilingan klipga aylandi.

Yaratilish tarixi tahrir

2022-yil 6-iyulda „YG Entertainment“ kompaniyasi „Blackpink“ o‘zining yangi albomini yozib olishni yakunlayotgani va avgust oyida musiqa klipi chiqishi uchun uni iyul oyi o‘rtalarida suratga olishga tayyorlanayotganini eʼlon qilgan. Shuningdek, leybl K-pop qizlar guruhlari tarixidagi eng katta jahon gastrollarini boshlashini tasdiqlagan[1]. 2022-yil 31-iyulda „YG Entertainment“ guruhning rasmiy ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari orqali albomning video treylerini rasman namoyish etgan[2]. Keyinchalik leybl albomni qoʻllab-quvvatlash uchun ikkita klip ishlab chiqarilganini tasdiqladi[3]. 2022-yil 7-avgustda albomning chiqish oldidagi singli „Pink Venom“ deb nomlanishini va u 19-avgustda namoyish etilishini eʼlon qilgan[4]. 10-avgust kuni Blackpinkning rasmiy ijtimoiy media akkauntlarida barcha aʼzolarning tizerlari eʼlon qilindi[5][6]. 16-avgustda singl uchun tizerning oʻzi, 17-avgust kuni esa tizer videosi chiqarildi[7]. 19-avgustda „#PinkVenomChallenge“ (guruh muxlislari raqsga tushishi va uni internetga joylashtirishi kerak) taqdimoti bilan birga klipning premyerasi boʻlib oʻtdi[8].

Kompozitsiyasi tahrir

„Pink Venom“ komungo kabi anʼanaviy koreys musiqa asboblaridan foydalanadigan hip hop qoʻshigʻi sifatida tasvirlangan[9]. Qoʻshiq matniga haqida gapirilganda, qoʻshiqning misralaridan biri Rihannaning 2005-yilgi debyut „Pon de Replay“ singlidagi „One by one, then two by two“ qatorining interpolyatsiyasi sifatida ijro etilgan[10]. Qoʻshiq minutiga 90 zarba bilan B majorda yozilgan[11].

Klipi tahrir

„Pink Venom“ klipi 2022-yil 19-avgustda „Blackpink“ning YouTubeʼdagi rasmiy kanalida namoyish etildi. Klip chiqqanidan atigi uch soat ichida 20 million tomoshaga erishdi. Videoda birinchi xor chogʻida qum boʻroni va Rosé olovli gʻorda gitara chalayotgani kabi turli xil sahnalar koʻrsatilgan[12].

Tanqidchilar reaksiyasi tahrir

„NME“ jurnali vakili Tanu I. Raj trekni „jasurona va dadil ijod“ va „yangi davrning istiqbolli anonsi“ deb maqtagan.

Chiqarilish sanalari tahrir

Mintaqa Sana Format Leybl Mnb.
Har xil 2022-yil 19-avgust Raqamli yuklab olish [4]
Italiya 2022-yil 26-avgust Zamonaviy xit radio Universal [13]
AQSH 2022-yil 30-avgust
  • YG
  • Interscope
[14]

Mukofotlar va nominatsiyalar tahrir

Musiqiy dasturlar
Dastur Sana Havl.
Show Champion 24-avgust 2022 [15]
M Countdown 25-avgust 2022 [16]
Melon Popularity Award
Sovrin sana Havl.
Weekly Popularity Award 2022 yil 29 avgust [17]

Manbalar tahrir

  1. „블랙핑크, 8월 완전체 컴백 확정..새 앨범 녹음 작업 막바지(공식)“ (ko). Herald Pop (2022-yil 6-iyul). 2022-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-avgust.
  2. Robinson, Ellie „BLACKPINK share snippet of fiery new song in 'Born Pink' teaser video“ (en-GB). NME (2022-yil 31-iyul). 2022-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-avgust.
  3. „YG 측 "블랙핑크 컴백, 역대급 수식어 걸맞는 대형 프로젝트 될 것"“ (ko). Naver (2022-yil 31-iyul). 2022-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-avgust.
  4. 4,0 4,1 „BLACKPINK – Pre-Release Single ‘Pink Venom’ Release Poster“ (en-US). YG Life. 2022-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-avgust.
  5. @. „#BLACKPINK 'Pink Venom' Title Poster“ (2022-yil 10-avgust).
  6. Starr Bowenbank. „BLACKPINK Unveils ‘Pink Venom’ Title Posters Ahead of New Song’s Release“. Billboard. Qaraldi: 2022-yil 10-avgust.
  7. Rhian Daly. „Blackpink share striking teaser for ‘Pink Venom’ music video“. NME (2022-yil 16-avgust). Qaraldi: 2022-yil 16-avgust.
  8. Mier, Tomás; Bouza, Kat. „Blackpink Unleash ‘Pink Venom’ on Comeback Single Ahead of New Album ‘Born Pink’“. Rolling Stone (2022-yil 19-avgust). Qaraldi: 2022-yil 19-avgust.
  9. Herman, Tamar „‘It’s lovely poison’: Blackpink’s Jennie on Pink Venom, group’s new single“ (en). South China Morning Post (2022-yil 19-avgust). Qaraldi: 2022-yil 20-avgust.
  10. Dailey, Hannah „BLACKPINK Interpolates a Rihanna Song in Their New Single ‘Pink Venom’: Here’s What Fans Are Saying“ (en-US). Billboard (2022-yil 19-avgust). Qaraldi: 2022-yil 20-avgust.
  11. „BLACKPINK Pink Venom“. Tunebat. Qaraldi: 2022-yil 19-avgust. [sayt ishlamaydi]
  12. Jang, In-young „거문고 만났다…블랙핑크, 선공개곡 '핑크 베놈' MV 티저“ (ko). n.news.naver.com (2022-yil 17-avgust). Qaraldi: 2022-yil 20-avgust.
  13. „Pink Venom“. Radio Date. Qaraldi: 2022-yil 26-avgust.
  14. „Top 40/M Future Releases“. All Access. 2022-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-avgust.
  15. Oh, Seung-hyun „블랙핑크, 컴백과 동시에 1위→예나·최성민 남매 커버 무대 (쇼챔피언)[종합“]. Xports News. Naver (2022-yil 24-avgust). 2022-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-avgust.
  16. Park, Pan-seok „‘엠카’ 블랙핑크, 방송 출연 없이 ‘핑크베놈’ 1위..아이브・더보이즈 컴백[종합“] (ko). OSEN (2022-yil 25-avgust). 2022-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-avgust.
  17. @. „8월 4주차 '멜론 주간인기상’ 결과발표“. Qaraldi: 2022-yil 29-avgust.