Bosniya va Gersegovina
Bosniya va Gersegovina (Bosna i Hercegovina), Bosniya va Gersegovina Respublikasi – Bolqon yarim orolining markaziy qismida joylashgan davlat. Maydoni 51,1 ming km². Aholisi 4 mln. 510 ming kishi (1996). Poytaxti – Sarayevo shahri.Bosniya va Gersegovina federal davlat bo‘lib,2 ta davlatdan- Bosniya va Gersegovinadan tashkil topgan.
Bosniya va Gersegovina Bosna i Hercegovina Босна и Херцеговина | |
---|---|
Shior: Yoʻq | |
Madhiya: Intermeco, Avvalgisi: Jedna i Jedina (Yakka va yagona) | |
Poytaxt | Sarayevo |
Rasmiy til(lar) |
Bosniya tili Serbiya tili Xorvat tili |
Hukumat | Semi-Prezidentlik Davlat |
Valentin Inzko Prezidentlik raisi | |
Šefik Džaferović | |
Željko Komšić | |
Milorad Dodik | |
Denis Zvizdić | |
Mustaqillik (Yugoslaviyadan) | |
• Sana |
1-mart, 1992 |
Maydon | |
• Butun |
51,129 km2 (128-oʻrin) |
• Suv (%) |
0.8 |
Aholi | |
• 2012-yilgi roʻyxat |
3,531,159 (124-oʻrin) |
• Zichlik | 69/km2 |
YIM (XQT) | 2008-yil roʻyxati |
• Butun |
AQSh$29,804 mil. (99-oʻrin) |
• Jon boshiga |
AQSh$7,634 |
Pul birligi | Convertible Marks (BAM) |
Vaqt mintaqasi | UTC+1 |
• Yoz (DST) |
UTC+2 |
Qisqartma | BK |
Telefon prefiksi | 387 |
Internet domeni | .ba |
|
Davlat tuzumi
tahrirBosniya va Gersegovina respublika boʻlib, qonun ustunligi va erkin demokratik saylov asosida faoliyat koʻrsatuvchi demokratik davlat. 1995-yil 14-dekabrda kuchga kirgan konstitutsiyaga amal qilinadi. Davlat boshligʻi – Bosniya va Gersegovina Prezidiumi raisi. Qonun chiqaruvchi oliy organi – ikki palatali parlament assambleyasi. Ijroiya hokimiyat Vazirlar Kengashi tomonidan amalga oshiriladi. Konstitutsiya boʻiicha Bosniya va Gersegovina 2 tuzilma: Bosniya va Gersegovina Federatsiyasi va Serb Respublikasidan iborat.
Tabiati
tahrirBosniya va Gersegovina hududining 90% ni togʻlar egallaydi. Pasttekisliklari Sava daryosi boʻylab shim.ga choʻziladi va Oʻrta Dunay tekisligining janubiy qismini tashkil etadi. Jan.dagi pastqam togʻlar va serhosil togʻlararo havzalar mintaqasi 2000–2400 m gacha balandlikdagi Dinara togʻliklariga tutashib ketadi. Sava daryosi vodiysidagi iqlim moʻʼtadil, kontinental (yiliga 600– 800mm yogʻin yogʻadi), togʻlarda nam va sovuq (yiliga 1500–2500mm gacha yogʻin yogʻadi). Bosniya va Gersegovina maydonining 40% – oʻrmon, shu jumladan 3/3 qismi keng bargli (dub, buk), qolgani igna bargli (archa, qaragʻay) oʻrmonlar. Asosiy daryolari – Drina, Bosna, Vrbas, Neretva.
Aholisi
tahrirBosniya va Gersegovina aholisining 43,6% ni bosniyaliklar ("musulmonlar") tashkil etadi. Bu yerda serblar (31,4%), xorvatlar (17,3%) ham yashaydi. Rasmiy tili – bosniya, serb va xorvat tili. Dindorlar musulmon-sunniylar (40%), pravoslav xristianlar (31%), katoliklar (15%) va boshqa Yirik shaharlari: Sarayevo, BanyaLuka, Zenitsa, Tuzla.
Tarixi
tahrirBosniya va Gersegovina hududida tosh davri (paleolit)da ham aholi yashagan. Qadimda aholisi illiriylar boʻlgan. Miloddan avvalgi 3-asrda ardeylar, daosilar, yapodlarning quldorlik davlatlari paydo boʻlgan. Qadimgi Rim ularni zabt etib, Dalmatsiya viloyatiga qoʻshib olgan. 6-asr birinchi yarmida Vizantiya hukmronligi ostida boʻlgan. 6–7-asrlarda bu yerga slavyanlar koʻchib kelgan. 10-asr oʻrtalaridagi manbalarda Trebinye, Zaxumle, Travuniya, Poganiya (Neretva) va Bosniya kabi mayda davlatlar mavjud boʻlgani haqida maʼlumotlar bayon qilingan. 12–14-asrlarda Bosniya feodal knyazligiga aylandi. 14-asrda, ayniqsa, Tvrtko I davri (1353–91)da Bosniya qirollik deb eʼlon kilingandan keyin uning yerlari ancha kengaydi. Tvrtko I vafotidan soʻng parokandalik va oʻzaro urushlar boshlandi. Qirollikning janubiy qismidagi hukmdorlardan biri – Stepan Vukchich 1448-yilda oʻzini gersog deb eʼlon qildi va uning yermulklari Gersegovina deb atala boshladi. 1463 yda Bosniya va 1482-yilda Gersegovinani turklar ishgol qildi. 1583-yilda Bosniya va Gersegovina podsholik deb eʼlon qilindi. Feodallarning koʻpchiligi va aholining bir qismi islom dinini qabul qildi. Bosniya va Gersegovinada turklarning harbiymustabidlik tuzumi qaror topdi. 19-asr boshlarida Bosniya va Gersegovina xalqining milliy ozodlik kurashi kuchaydi. 19-asr oʻrtalarida feodallarning oʻzaro kurashi toʻxtashi savdo-sotiqni rivojlantirish uchun sharoit yaratdi. 1872-yilda birinchi temir yoʻl (BanyaLuka – Novi) ochildi. Biroq Bosniya va Gersegovina ijtimoiyiqtisodiy jihatdan qoloqligicha qolaverdi. Dehqonlar qoʻzgʻolonlarini (1834, 1852– 53, 185758, 186162 ylar) feodallar va turk maʼmuriyati shafqatsiz bostirdi. 1878-yilgi Berlin kongressining qaroriga binoan AvstriyaVengriya imperiyasi Bosniya va Gersegovinani bosib olish va uni idora qilish huquqini oldi. 1908-yilda Avstriya-Vengriya Bosniya va Gersegovinani oʻziga qoʻshib olganligini eʼlon kildi. 1918-yilda AvstriyaVengriya parchalangach, Bosniya va Gersegovina serblar, xorvatlar va slavyanlar qirolligi (1929-yildan – Yugoslaviya) tarkibiga kirdi. Ikkinchi jahon urushi davrida 1941-yil aprelda Bosniya va Gersegovina nemisfashist qoʻshinlari tomonidan bosib olindi va "Mustaqil Xorvat davlati" tarkibiga qoʻshib yuborildi. Bosniya va Gersegovina fashist bosqinchilarga qarshi xalq ozodlik urushining muhim markazlaridan biri boʻldi. Urushdan keyin, 1945–92 yillarda Yugoslaviya Federativ Sotsialistik Respublikasi tarkibida boʻldi. 1992-yil aprelda Bosniya va Gersegovina parlamenti 1992-yil 29-fevral va 1-martdagi referendum natijalariga tayanib, mamlakatni mustaqil deb eʼlon qildi. Referendumdan norozi boʻlib unda qatnashmagan serblar 1992-yil aprelda respublikaning shimoliy hududida Yugoslaviya tarkibida mustaqil "Bosniya va Gersegovina Serbiya Respublikasi"ni eʼlon qildilar, iyulda Bosniya va Gersegovina gʻarbida "GersegBosna Xorvat hamdoʻstligi" muxtor rayoni tuzildi. Bosniyaliklar jamoalarining qaramaqarshiligi harbiy toʻqnashuvlarga aylanib ketdi. 1993-yilda uch tuzilma delegatsiyalarining Jenevada boʻlib oʻtgan muzokaralarida Bosniya va Gersegovina Respublikasining konstitutsion tuzilish tamoyillari toʻgʻrisidagi hujjat maʼqullandi. 1995-yil 21-noyabrda AQShning Dayton shahri yaqinidagi harbiyhavo kuchlari bazasida Bosniya va Gersegovinada tinchlik toʻgʻrisidagi umumiy bitim imzolandi. Bosniya va Gersegovina 1992-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1996-yil 14-mayda oʻrnatgan.
Asosiy siyosiy partiyalari
tahrirDemokratik harakat partiyasi, musulmonlar partiyasi, 1990-yilda asos solingan; Bosniya va Gersegovina serb demokratik partiyasi, 1990-yilda tuzilgan; Bosniya va Gersegovina Xorvat demokratik hamdoʻstligi; "Bosniya va Gersegovina uchun", partiya, 1996-yil tuzilgan; Serb xalq ittifoqi, partiya, 1997-yil tashkil etilgan.
Iqtisodiyoti
tahrir1992–95 yillardagi urush harakatlari boshlangunga qadar Bosniya va Gersegovina milliy daromadida qishloq xoʻjaligi ulushi 10,9%, sanoat ulushi 57,6% ni tashkil qilgan (1989). Urushgacha sanoatda qoʻngʻir koʻmir, temir va marganes rudalari, boksit kazib chiqarish, gidroenergiya hosil qilish, shuningdek metallurgiya, kimyo, oʻrmon, yogʻochsozlik, mashinasozlik, oziq-ovqat va yengil sanoat rivojlangan. Bosniya va Gersegovinada qoʻngʻir koʻmir va lignit zaxiralari (Tuzla, Zenitsa, Kakan, Breza, Banovichi yaqinida) mavjud. 1990-yil 14,6 mlrd. kVtsoat elsktr energiyasi hosil qilingan. Varesh va Lyubiya ruda konlarida temir rudasi qazib olingan. Zenitsadagi kombinat, Iliyash va Vareshdagi zavodlarda qora metallar ishlab chiqarilgan. Bosniya va Gersegovinada temir yoʻl uzunligi 1000 km, avtomobil yoʻllari uzunligi 21,1 ming km ni tashkil etgan (1991).
Bosniya va Gersegovinada mamlakat hududining ʻ/2 qismidan foydalaniladi, uning 50% – ekinzor, bogʻ va tokzorlar, qolgan qismi oʻtloq va togʻ yaylovlari boʻlgan. Makkajoʻxori, bugʻdoy, kartoshka, texnika ekinlaridan zigʻir, qand lavlagi, tamaki yetishtirilgan. Chorvachilik rivojlangan. Pul birligi – bosniya markasi.
Matbuoti
tahrirBosniya va Gersegovinada nashr etiladigan asosiy gazetalar: "Oslobodjene" ("Ozodlik", kundalik gazeta, 1943-yildan), "Vecherne novine" ("Oqshom yangiliklari", kundalik gazeta, 1964-yildan). Bosniya va Gersegovina radiotelevideniyesi 4 radio va 2 telekoʻrsatuv dasturi asosida ishlaydi. 1945-yildan radioeshittirishlar, 1969-yildan telekoʻrsatuvlar olib boriladi.
Tibbiy xizmati, maorifi
tahrirBosniya va Gersegovinada 90-yillar boshida 1000 kishiga kasalxonalarda 5,8 oʻrin va 2,6 shifokor toʻgʻri kelgan. Maorif tizimi boshlangʻich maktab, gimnaziya, hunar va texnika oʻquv yurtlaridan iborat. Mamlakatda 4 universitet mavjud.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |