Boxtar
Boxtar (tojikcha: Бохтар) — Tojikiston Respublikasidagi shahar. Qo’rg’ontepa viloyati markazi. Vaxsh vodiysida, Vaxsh daryosining chap sohilida, oʻrtacha 428 m balandlikda. Dushanbe shahridan 99 km janubda joylashgan. Temir yoʻl stansiyasi (Boxtar orqali Termiz — Yovon temir yoʻli oʻtgan). Aholisi 107,4 ming kishidan ziyod (2016)[2].
shahar | |
37°50′11″N 68°46′49″E / 37.83639°N 68.78028°E | |
Mamlakat | Tojikiston |
viloyat | Xatlon viloyati |
Maydon | 28,520 km2 (11,010 kv mi) |
Markazi balandligi | 506 m |
Rasmiy til(lar)i | tojik tili|tojikcha |
Aholisi (2022) |
126 700[1] |
Milliy tarkib | oʻzbeklar, tojiklar, ruslar |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +992-3222 |
Avtomobil kodi | 03 |
|
Tarixi
tahrirYozma manbalar va arxeologik topilmalar tasdiqlashicha kushonlar davrida 1—4-asrlarda vujudga kelgan va oʻsha paytda Levakand deb yuritilgan. Arablar istilosigacha shahar obod boʻlgan. pul zarb qilingan. 7—8-asrlarda shahar xalifalik tarkibida, 13-asrdan moʻgʻullar, soʻng Temuriylar va Shayboniylar tasarrufida boʻlgan. 16-asrda shahar ancha ravnaq topdi. Qoʻrgʻontepaning hozirgi nomi tarixiy manbalarda ilk bor 17-asrdan uchraydi. Shahar yonidagi baland tepalik kushonlar davridan qolgan qoʻrgʻon xarobasi deb taxmin qilinadi[3].
Ijtimoiy soha
tahrirTransformator taʼmirlash, mexanika, paxta tozalash, gʻisht, sut, pivo, mevasabzavot konserva, yogʻ-moy zavodlari, non, goʻsht, don mahsulotlari ishlab chiqarish, maishiy xizmat koʻrsatish kombinatlari, "Tojikatlas" korxonasi, tikuvchilik ishlab chiqarish birlashmasi ishlab turibdi. Pedagogika universiteti, energetika texnikumi, hunar-texnika bilim yurtlari, tibbiyot va pedagogika oʻrta maxsus bilim yurtlari. 12 umumiy taʼlim, musiqa maktablari bor. Shahar markazida Ismoil Somoniyga haykal oʻrnatilgan.
Manbalar
tahrir- ↑ Агентии омори назди Президенти Ҷумҳурии Тоҷикистон. „ШУМОРАИ АҲОЛИИ ҶУМҲУРИИ ТОҶИКИСТОН ТО 1 ЯНВАРИ СОЛИ 2022“. 2022-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-yanvar.
- ↑ Кармышева Б. Х. Очерки этнической истории южных районов Таджикистана и Узбекистана. — М.: 1976 — стр 119
- ↑ Российские военнослужащие в Таджикистане отработают высшую степень боеготовности[sayt ishlamaydi]
Havolalar
tahrir- В Курган-Тюбе открыт мемориал в честь погибших сотрудников милиции
- Достопримечательности Курган-Тюбе: фотографии (Wayback Machine saytida 2012-09-22 sanasida arxivlangan)
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |