Boyondur, boyundur — qipchoqpar, oʻgʻuzlar, shuningdek turkmanlar tarkibiga kirgan turkiy qabila. Oʻgʻuzlar tarkibidagi B.larning bir qismi 12-asrda jan. rus dashtlariga koʻchib kelib rus yilnomalarida berendeylar nomi bilan mashhur boʻlganlar. Ular bijanaklar va torklar ittifoqi tarkibida 12-asr 1-yarmidagi Rusning vassali hisoblanganlar. Torklar ruslar tomonidan tormor keltirilgach, B.lar ulardan ajrab chiqib, aksariyati rus knyazlari xizmatiga kirgan. B.larning soni tork va bijanaklarning umumiy sonidan ham oshiq boʻlgan, shu tufayli ular yilnomalarda tez-tez uchraganlar. B.lar siyosiy jihatdan ancha faol boʻlganlar, 12-asr oʻrtalariga kelib bijanaklar, torklar va B. yagona ittifoq — chernie klobuki (qoraqalpoqpar) ittifoqiga birlashganlar. Saljuqiylars&n sulton Sanjar davrida oʻgʻuz udumlariga qatʼiy rioya etilgan: harbiy qoʻshinning soʻl qanotiga qoʻmondonlik qilish B. va bijanak qabilalari vakiliga topshirilgan. Turkmanlarning B. qabilasi Oq qoʻyunlilar sulolasiga asos solgan. Oq qoʻyunlilar davlati zamonasida (14-asr oxiri — 16-asr boshlari) Dada Qoʻrqut haqida doston yaratilgan, unda barcha oʻgʻuzlarning xoni deb Boyondurxon ismi keltirilgan. Abulgʻoziy Bahodirxoning yozishicha, B.lar Iroqsa ham yashaganlar.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil