Boyondur, boyundur — qipchoqpar, oʻgʻuzlar, shuningdek turkmanlar tarkibiga kirgan turkiy qabila. Oʻgʻuzlar tarkibidagi Boyondurlarning bir qismi XII asrda janubiy rus dashtlariga koʻchib kelib rus yilnomalarida berendeylar nomi bilan mashhur boʻlganlar. Ular bijanaklar va torklar ittifoqi tarkibida XII asr 1-yarmidagi Rusning vassali hisoblanganlar. Torklar ruslar tomonidan tormor keltirilgach, Boyondurlar ulardan ajrab chiqib, aksariyati rus knyazlari xizmatiga kirgan. Boyondurlarning soni tork va bijanaklarning umumiy sonidan ham oshiq boʻlgan, shu tufayli ular yilnomalarda tez-tez uchraganlar. Boyondurlar siyosiy jihatdan ancha faol boʻlganlar, XII asr oʻrtalariga kelib bijanaklar, torklar va Boyondur yagona ittifoq — chernie klobuki (qoraqalpoqpar) ittifoqiga birlashganlar. Saljuqiylar sulton Sanjar davrida oʻgʻuz udumlariga qatʼiy rioya etilgan: harbiy qoʻshinning soʻl qanotiga qoʻmondonlik qilish Boyondur va bijanak qabilalari vakiliga topshirilgan. Turkmanlarning Boyondur qabilasi Oq qoʻyunlilar sulolasiga asos solgan. Oq qoʻyunlilar davlati zamonasida (XIV asr oxiri — XVI asr boshlari) Dada Qoʻrqut haqida doston yaratilgan, unda barcha oʻgʻuzlarning xoni deb Boyondurxon ismi keltirilgan. Abulgʻoziy Bahodirxoning yozishicha, Boyondurlar Iroqsa ham yashaganlar.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil