Bozorboy Nodirov
Bozorboy Nodirov (1937.7.4. Nukus) — qoraqalpoq xonandasi (dramatik tenor). Qoraqalpogʻiston (1977) va Oʻzbekiston (1982) xalq artisti. Kuchli va jarangdor ovoz sohibi. Nukus sanʼat bilim yurtida oʻqituvchi (1969-yildan), Berdaq nomidagi musiqali drama va komediya teatrida yakkaxon xonanda (1975—1993). Opera sahnasida Onegin (P. Chaykovskiy, "Onegin"), Aleko ("Aleko", S. Raxmaninov), Josus ("Ajiniyoz", N.Muhammaddinov) kabi rollarni ijro etgan. Konsert repertuaridan qoraqalpoq xalq ("Jeti asirim", "Gulzar", "Tarlan", "Nigorim" va boshqalar) va bastakorlar ("Elim bor", "Jigirma beste", "Xalqim", "Tugan jerge", K. Abdullayev va boshqalar) qoʻshikdari oʻrin olgan. Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Davlat mukofoti laureati (1987)[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |