Bozorqoʻrgʻon suv ombori
Bozorqoʻrgʻon suv ombori — Qirgʻiziston Respublikasi Oʻsh viloyati Bozorqoʻrgʻon tumani chegarasida joylashgan. Omborga suv Qoraungur daryosidan chiqarilgan kanal orqali oqib keladi. 1959-yilda ishga tushirilgan. Foydali suv sigʻimi 20,0 mln. m³, umumiy sigʻimi 22,5 mln. m³. Suv ombori yuzasi 2,67 km². Bozorqoʻrgʻon suv ombori o. suvi bilan 14,5 ming ga yer sugʻoriladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |