Branimir Hrgota (talaffuzi: Branimir Xrgota; 1993-yil 12 yanvarda tugʻilgan) — professional futbolchi. 2. Bundesliga klubi SpVgg Greuther Fürthda hujumchi va sardor sifatida oʻynaydi.

Branimir Hrgota
Hrgota Borussia Mönchengladbach bilan, 2012-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Branimir Hrgota
Tavallud sanasi 12-yanvar 1993-yil (1993-01-12) (31 yosh)
Tavallud joyi Zenica, Bosniya va Gersegovina Respublikasi
Boʻyi 1.85 m
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Greuther Fürth
Raqami 10
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000-2008 IK Tord
2008-2011 Jönköpings Södra IF
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2011-2012 Jönköpings Södra IF 39 (28)
2012-2013 Borussia Mönchengladbach II 8 (2)
2012-2016 Borussia Mönchengladbach 69 (7)
2016-2019 Eintracht Frankfurt 35 (5)
2019- Greuther Fürth 97 (35)
Milliy terma jamoa
2011-2012 Shvetsiya U19 9 (3)
2012-2015 Shvetsiya U21 14 (3)
2014- Shvetsiya 3 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(14-may uchun)

Klublardagi faoliyati tahrir

Jönköpings Södra IF tahrir

Hrgota faoliyatini quyi liganing „IK Tord“ jamoasida boshlagan va shu bilan bir qatorda karate boʻyicha mashgʻulotlarini parallel olib borgan. 2008-yilda ushbu jang sanʼatidan voz kechishga qaror qildi va ikkinchi divizion Jönköpings Södra IF jamoasiga oʻtdi. 2011-yilda asosiy jamoada debyut qilgan va oʻsha mavsumda 25 oʻyinda 18 ta gol urib, liga toʻpurari boʻlgan[1]. Mavsumdan soʻng yilning eng yaxshi futbolchisi sovrinini oldi[2]. Muvaffaqiyatli debyut yilidan keyin bir nechta klublar uni sotib olishga qiziqish bildirishgan[3]. Keyingi mavsumda 14 oʻyinda 10 ta gol urdi va yozda Germaniyaga koʻchib oʻtdi[4].

Borussia Mönchengladbach tahrir

2012-yil 4 iyulda Germaniyaning „Borussia Mönchengladbach“ klubiga oʻtdi. Bundesligadagi TSG 1899 Hoffenheimga qarshi oʻyinda 74-daqiqada Mike Hanke oʻrniga maydonga tushib debyut qildi. Bundesligadagi ilk golini 1. FSV Mainz 05 ga qarshi 1-boʻlim tugashiga 5 daqiqa qolganida penaltidan urgan. Ikkinchi boʻlimda chap oyogʻi bilan yana ikkita gol urdi. 85-daqiqada Lukas Ruppga almashtirildi. 2016-yil 15-iyun kuni Hrgota Bundesliga vakli „Eintracht Frankfurt“ga uch yillik shartnoma asosida qo‘shilishi eʼlon qilindi.

Eintracht Frankfurt tahrir

Hrgota Frankfurtdagi birinchi golini 2016-yil 2-avgustda DFB-Pokalda 1. FC Magdeburgga qarshi penaltilar seriyasida urdi.

Greuther Fürth tahrir

2019-yil 7-avgustda Hrgota SpVgg Greuther Fürthga ikki yillik shartnoma asosida qo‘shildi[5]. 2022-yilning 12-fevralida Hrgotaning „Hertha“ga qarshi o‘yin boshlanishidan 27 soniyadan keyin urgan goli o‘sha mavsumdagi eng tezkor gol bo‘ldi.

Xalqaro faoliyati tahrir

Hrgota Shvetsiya, Xorvatiya va Bosniya va Gersegovina terma jamoalarida oʻynash huquqiga ega edi. Xorvatiya U21 terma jamoasi bosh murabbiyi Ivo Šušak 2012-yilning kuzida Hrgotani jamoasiga olib kelish maqsadida bilan bogʻlangan edi[6]. Biroq, 2014-yilning yozida, UEFA Yevropa chempionati saralash bosqichida Shvetsiyaning Avstriyaga qarshi oʻyinidan oldin, Hrgota Shvetsiya terma jamoasiga chaqirilgandi[7].

Shaxsiy hayoti tahrir

Hrgota Bosniya urushi paytida Bosniya va Gersegovina Respublikasining Zenitsa shahrida tugʻilgan. Ota-onasi etnik xorvatlardir. Branimir bolaligida oilasi bilan Shvetsiyaga koʻchib oʻtgan

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

14-may, 2022-yil holatiga koʻra[8]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Qitʼa Jami
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Jönköpings Södra IF 2011 Superettan 25 18 2 0 27 18
2012 Superettan 14 10 0 0 14 10
Jami 39 28 2 0 0 0 41 28
Borussia Mönchengladbach II 2012—2013 Regionalliga West 8 2 8 2
Borussia Mönchengladbach 2012—2013 Bundesliga 13 3 0 0 4[lower-alpha 1] 0 17 3
2013—2014 Bundesliga 30 2 1 0 31 2
2014—2015 Bundesliga 17 2 3 2 10[lower-alpha 2] 8 30 12
2015—2016 Bundesliga 9 0 1 2 0 0 10 2
Jami 69 7 5 4 14 8 88 19
Eintracht Frankfurt 2016—2017 Bundesliga 28 5 2 1 30 6
2017—2018 Bundesliga 6 0 2 0 8 0
2018—2019 Bundesliga 1 0 0 0 0 0 1 0
Jami 35 5 4 1 0 0 39 6
Greuther Fürth 2019—2020 2. Bundesliga 32 10 0 0 32 10
2020—2021 2. Bundesliga 31 16 3 0 34 16
2021—2022 Bundesliga 34 9 1 1 35 10
Jami 97 35 4 1 101 36
Jami faoliyati 248 77 15 6 14 8 277 91
  1. One appearance in UEFA Champions League, three appearances in UEFA Europa League
  2. Appearances in UEFA Europa League

Xalqaro tahrir

Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar[9]
Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar
Shvetsiya 2014 3 0
Jami 3 0

Yutuqlari tahrir

Eintracht Frankfurt

Individual

Manbalar tahrir

  1. „Vem är Branimir Hrgota?“. fotbollsoraklet.se. 2015-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 28-avgust.
  2. „Branimir Hrgota - Årets Spelare 2011“. sodrasajten.se. 2013-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 19-may.
  3. „Supertalangen stannar - ska gå ut skolan“. eurosport.se. Qaraldi: 2013-yil 19-may.
  4. „Branimir Hrgota“ (sv). svenskfotboll.se. Qaraldi: 2013-yil 3-yanvar.
  5. „Hrgota stürmt für's Kleebatt“ (de). SpVgg Greuther Fürth (2019-yil 7-avgust). Qaraldi: 2019-yil 8-avgust.
  6. „Kroatien-rykten dementeras – ber om lugn och ro“. fotbolldirekt.se. 2013-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 19-may.
  7. „Hrgota mållös i ligan på nytt“. aftonbladet.se. Qaraldi: 2014-yil 1-sentyabr.
  8. Branimir Hrgota Soccerway saytida. Qaralgan sana: 7 February 2020.
  9. „Branimir Hrgota - Spelarstatistik - Svensk fotboll“ (sv). www.svenskfotboll.se.. Qaraldi: 2022-yil 16-mart.