Burgalik masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jomeʼ-masjid hisoblanib, Toshkent viloyatida joylashgan. Mazkur masjid musulmonlar kundalik besh vaqt namoz oʻqish, hamda, Juma va hayit namozlari jamoa tarzda oʻqilishiga moslashgan[1]. Masjid 1995-yilda adliya tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan[2].

Masjid
Burgalik jome'-masjidi
Burgalik
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Oʻrta Chirchiq tumani
Yoʻnalishi sunniy
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Faoliyati va tarixi tahrir

Burgalik jomeʼ-masjidi Toshkent viloyati, Oʻrta Chirchiq tumaniga qarashli boʻlgan Haqiqat Qishloq fuqarolar yigʻinidagi „Doʻstlik“ mahallasida joylashgan boʻlib[2], asosan maskur jomeʼ-masjidga Burgalik qishlogʻi aholisi, Doʻstlim mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi musulmon aholi, shuningdek, Oqtun tulduzlari, Nomdanak, Yoshlik, Mingtepa mahalla fuqarolar yigʻini aholisi, Shukurovul, Chilonzor koʻchasida yashaydigan mahalliy aholi kunlik besh vaqt namoz oʻqish uchun tashrif buyurishadi. Bundan tashqari maskur masjidga Oʻrta chirchiq tumanining baʼzi aholi manzilgohlaridan, Nurafshon shahridan, Piskent tumanining Burgalik mahalla fuqarolar yigʻiniga yaqin joylarida yashovchi aholilar Juma namoziga, Ramazon va Qurbon hayitini ado etish maqsadida qadamranjida qilishadi. Burgalik jomeʼ-masjidining qachon tashkil etilganligi haqida aniq va ishonchli manbalar juda kam. Lekin maskur masjidning 1995-yilda davlat tasarrufida roʻyxatga olingaligi haqida maʼlumitlar mavjud. Masjid mahalliy aholi vakillari uchun oʻrtacha kattallikdagi bino koʻrinishi sifatida qurilgan. Qurilishda islom memorchiligining yorqin namunalaridan foydalanilgan. Masjidning bosh imom hatibi Rustamov R. hisoblanadi[3] Burgalik jomeʼ-masjidi 2021-yildan boshlab taʼmirlash ishlari boshlab yuborilgan. Eski binosi 200 kishga moʻljallangan va 15 kishiga mos tahoratxona ham qurilishi rejaga kiritilgan boʻlib, yangi bino 500 kishiga moslab barpo etilishi koʻzda tutilgan[4].

Manbalar tahrir

  1. „БУРГАЛИК (МАҲАЛЛАМ) ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. masjid.uz. Qaraldi: 23-noyabr 2023-yil.
  2. 2,0 2,1 „Бургалик масжиди“. orginfo.uz. orginfo.uz. Qaraldi: 23-noyabr 2023-yil.
  3. „БУРГАЛИК МАСЖИДИ“. statsnet.co. statsnet.co. Qaraldi: 23-noyabr 2023-yil.
  4. „Бургалик» масжиди ҳам обод бўлади“. old.muslim.uz. muslim.uz (авг 24, 2021). Qaraldi: 23-noyabr 2023-yil.