Butan Futbol Federatsiyasi (dzongha tilida: wxutar whty Bhuitanning Etakchi) – Butanda milliy futbol boshqaruv organi hisoblanadi. Shuningdek, yuqori chempionati hisoblangan Butan Premer-ligasi, BPL saralashi, Dzongxag (tuman) ligalari, Ayollar milliy ligasi, Milliy futzal – minifutbol ligasi, shuningdek, turli yoshlar va koʻngilochar turnirlarni tashkil etish uchun mas’uldir. Ushbu tashkilotning bosh qarorgohi Butan poytaxti Thimphu shahrida joylashgan. Bugungi kunda tashkilotni Dasho Ugen Sechup boshqaradi. Bosh kotib lavozimida esa Ugyen Vanchuk faoliyat yuritmoqda.

Butan futbol federatsiyasi
Turi futbol tashkiloti
Egasi Janubiy Osiyo futbol federatsiyasi va Osiyo Futbol Konfederatsiyasi
Status federatsiya
Qachon asos solingan 1983
Hududiy xizmati Osiyo Futbol Konfederatsiyasi
Prezident Dasho Ugyen Tsechup Dorji
Aʼzolari FIFA
Vebsayti http://www.bhutanfootball.org
Til(lar)i Dzongxa

Butan Futbol Federatsiyasi 1983-yilda Butan Olimpiya qoʻmitasi tarkibida tashkil etilgan. 2000-yildan FIFA, 1993-yildan esa Osiyo Futbol Konfederatsiyasi aʼzosi sanaladi.

Xodimlar

tahrir
Ism-sharif Lavozim Manba
  Butan Dasho Ugyen Tsechup Dorji Prezident [1][2]
  Butan Pema Dorji Vitse Prezident [1][2]
  Butan Ugyen Wangchhuk Bosh kotib [1][2]
  Butan B.T. Dorji Gʻaznachi [1]
  Singapore Vincent Subramaniam Texnik direktor [1][2]
  Butan Pema Dorji Jamoa murabbiyi (erkaklar) [1][2]
  Butan Denka Na Jamoa murabbiyi (ayollar) [1]
Media/Aloqa menejeri
  Butan Passang Tshering Futzal koordinatori [1][3]
  Butan Uygen Dorji Hakamlar koordinatori [1]

Reglament

tahrir

A-divizionida soʻnggi ikki oʻrinni egallagan jamoalar B-divizionida dastlabki ikki oʻrinni egallagan jamoalar bilan guruh turnirida oʻynaydi. Ushbu uchrashuvlarda eng koʻp ochko toʻplagan ikki jamoa keyingi mavsumda mamlakat oliy divizionida ishtirok etadi. 1986-yildan beri federatsiya Butan futbol chempionati va mamlakat kubogini oʻtkazib keladi.

Ayollar futboli

tahrir

Federatsiya bugungi kunga kelib FIFA qoidalariga amal qilgan holda ayollar futbolini rivojlantirish uchun katta qadamlarni tashlamoqda. 2022-yildan ayol futbolchilarning oylik maoshi 30 000 Nugacha koʻtarildi. Federatsiya, shuningdek, oʻyinchilarga mamlakatning turli kollejlarida oliy maʼlumot olishlari uchun moliyaviy yordam taklif qiladi. Ayollar terma jamoasi ishtirok etgan ilk xalqaro oʻyin 2010-yilda Bangladeshda boʻlib oʻtgan Janubiy Osiyo futbol federatsiyasi chempionati edi[4].

BFF akademiyasi

tahrir

Akademiya 2005-yilda ochilgan. U 14 va 16 yoshgacha boʻlgan 30 nafar talabadan iborat edi. 2002-yilda rahbariyat asta-sekin talabalar bilan koʻpayib bordi. Qish mavsumida milliy seleksiya lagerlarida sharoitlar yanada yaxshilandi[5].

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir