Butunjahon kyorling federasiyasi
Butunjahon kyorling federasiyasi Butunjahon kyorling federatsiyasi (inglizcha: World Curling Federation, WCF) — jahon kyorlingi bo‘yicha boshqaruv organi hisoblanadi. 1991-yilgacha u Xalqaro Kyorling Federatsiyasi (inglizcha: International Curling Federation, ICF) deb nomlangan. Bosh qarorgohi Pert shahrida (Buyuk Britaniya/Shotlandiya) joylashgan. U o‘ziga 67 milliy assosiasiyani birlashtiradi (2021 yil uchun). WCF prezidenti Keyt Keytness (Buyuk Britaniya / Shotlandiya) hisoblanadi.
Ishga tushgan sanasi | 1923-yil |
---|---|
Joylashuvi |
Pert, 3 Atholl Crescent |
Rahbari | Kate Caithness |
Aʼzolari | 67 ta milliy uyushmalar |
Vebsayti | http://www.worldcurling.org |
Til(lar)i | Ingliz |
Wcfmap.png |
Tarixi
tahrirXalqaro kyorling federasiyasiga 1966-yilda Pert shahrida (Shotlandiya) 7 ta davlat: Shotlandiya, Kanada, Shvetsiya, Norvegiya, Shveysariya, Fransiya va AQSh milliy assosiasiyalari vakillari tomonidan asos solingan. Yangi sport tashkiloti erkaklar jamoalari o‘rtasidagi eng yirik xalqaro kyorling musobaqasi — 1959-yildan buyon o‘tkazib kelinadi va 1967-yildan Jahon chempionati deb nomlangan Shotlandiya kubogini o‘z nazoratiga oladi. 1979-yildan boshlab ayollar o‘rtasida, 1975-yildan o‘smirlar o‘rtasida, 1988-yildan o‘smir ayollar o‘rtasida, 2002-yildan aralash jamoalar va faxriylar o‘rtasida, 2008-yildan aralash juftliklar o‘rtasida jahon chempionatlari o‘tkazib kelinmoqda.
1991-yilda XOQ kyorlingni Olimpiya sport turi sifatida tan oldi. 1998-yilda kyorling bo‘yicha musobaqalar 1924-yildan buyon birinchi marta Naganoda o‘tkazilgan Qishki Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan.
2003-yildan kyorling qishki Universiada dasturiga kiritilgan.
ICF va WCF prezidentlari
tahrirMaqsadlar
tahrirWCF ning belgilangan vazifasi: „Jahon kyorling federasiyasi kyorlingni xalqaro darajaga olib chiqadi va milliy assosiasiyalar (federasiyalar) tarmog‘i orqali sportning rivojlanishiga yordam beradi[1]“. WCFning maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
- Kyorlingni xalqaro darajaga olib chiqish va sportning butun dunyoda rivojlanishiga hissa qo‘shish;
- Assosiasiya aʼzolari o‘rtasida hamkorlik va o‘zaro tushunishni rivojlantirish va dunyo bo‘ylab kyorling sportchilarini jipslashtirish;
- Jahon kyorling manfaatlarini himoya qilish va targ‘ib qilish;
- Kyorling bo‘yicha musobaqalarni tashkil etish va boshqarish;
- Jahon musobaqalari va boshqa barcha WCF tomonidan tasdiqlangan musobaqalar uchun kyorling qoidalarini shakllantirish.
WCF tuzilmasi
tahrirButunjahon kyorling federasiyasining oliy organi — har yili o‘tkaziladigan Butunjahon kongressidir. WCF ga aʼzo bo‘lgan barcha Milliy federasiyalar Kongressda ishtirok etishga taklif qilinadi.
Kongress tomonidan WCF oldiga qo‘yilgan vazifalarni, shuningdek, nizom talablarini hal qilish uchun Kongress delegatlari Kongress qarorlarini amalga oshiradigan, shuningdek, Kongress WCFning kundalik faoliyatini tashkil etuvchi Ijroiya qoʻmitasini saylaydilar. Unga Kongress tomonidan saylangan Butunjahon kyorling federasiyasi prezidenti rahbarlik qiladi.
WCF da ikkita kontinental federasiyalar mavjud bo‘lib, ular WCF ning tarkibiy bo‘linmalari hisoblanadi. Ular tegishli geografik hududlarda vakolatli WCF vakillaridir. Milliy federasiyalar ham, ularning mintaqaviy konfederasiyasi ham WCF aʼzolaridir.
Hududiy birlashmalarning roʻyxati quyidagicha:
- Yevropa kyorling federasiyasi (European Curling Federation, ECF) — Yevropa;
- Tinch okeani—Osiyo kyorling federasiyasi (Pacific-Asia Curling Federation, RASF) — Osiyo, Afrika, Avstraliya va Okeaniya.
Amerika milliy assosiasiyalari bevosita WCF aʼzolaridir.
WCF Ijroiya qoʻmitasi
tahrirRasmiy musobaqalar
tahrirButunjahon kyorling federasiyasi o‘z faoliyati doirasida quyidagi turnirlarni o‘tkazishga mas’uldir:
- Kyorling bo‘yicha Olimpiya turnirlari — har 4 yilda bir marta
- Terma jamoalar o‘rtasidagi jahon chempionatlari — har yili
- Yoshlar terma jamoalari o‘rtasidagi jahon chempionati — har yili
- Aralash jamoalar o‘rtasidagi jahon chempionati — har yili
- Faxriylar o‘rtasidagi jahon chempionati — har yili
- Aralash juftliklar o‘rtasidagi jahon chempionati — har yili
- Nogironlar aravachasida kyorling bo‘yicha jahon chempionati — har yili Paralimpiya o‘yinlaridan tashqari
- Kyorling bo‘yicha jahon chempionati — har yili
- Kyorling bo‘yicha Pan-Qitʼa chempionati — har yili
WCF aʼzolari
tahrirStrana | Natsionalnaya federatsiya | God vstupleniya v WCF |
Sayt | Zonalnaya federatsiya |
---|---|---|---|---|
Avstraliya | Australian Curling Federation | |||
Avstriya | Österreichischer Curling Verband | |||
Angliya | English Curling Association | |||
Andorra | Associació Andorrana de Curling | |||
Armaniston[2] | Hayastan Azzauin Kerling Federatsia | |||
Afgʻoniston | Afghanistan Curling Federation | |||
Belarus | Belorusskaya assotsiatsiya kyorlinga | |||
Belgiya | Belgisch Curling Bond Association Belge de Curling |
|||
Bolgariya | Bʼlgarska Kʼrling Federatsiya | |||
Boliviya | Bolivian Curling Federation | |||
Braziliya | Confederação Brasileira de Desportos no Gelo | |||
Vengriya | Magyar Curling Szövetseg | |||
Amerika Virgin Orollari | US Virgin Islands Curling Association | |||
Gayana | Guyana Curling Federation | |||
Olmoniya | Deutscher Curling Verband | (FRG) |
||
Gonkong | Hong Kong Curling Association | |||
Gretsiya | Ελληνική Ομοσπονδία Κέρλινγκ | |||
Gruziya | Sakartvelos Curling Federation | |||
Daniya | Dansk Curling Forbund | |||
Dominikan Respublikasi | Federacion Dominicana de Patinaje & Deportes de Invierno | |||
Isroil | Israel Curling Federation | |||
Hindiston | Curling Federation of India | |||
Irlandiya | Irish Curling Association | |||
Islandiya | Icelandic Sport Federation | |||
Ispaniya | Federación Española de Deportes de Hielo | |||
Italiya | Federazione Italiana Sport del Giaccio | |||
Qozogʻiston | Kazaxstanskaya assotsiatsiya kyorlinga | |||
Kanada | Canadian Curling Association | |||
Qatar | Qatar Curling Federation | |||
Keniya | Kenya Curling Federation | |||
Qirgʻiziston | Kirgiz Respublikasinin Kyorling Federatsiyasi | |||
Xitoy | Chinese Curling Association | |||
Xitoy Taypeyi | Chinese Taipei Curling Federation | |||
Quvayt | Kuwait Winter Games Club | |||
Latviya | Latvijas Kērlinga Asociācija | |||
Litva | Lietuvos kerlingo asociacija | |||
Lixtenshteyn | Liechtensteiner Curling Verband | |||
Lyuksemburg | Association Luxembourgeoise de Curling | |||
Meksika | FMC Deportes Invernales | |||
Mongoliya | Mongolian Curling Federation | |||
Niger | Nigeria Curling Federation | |||
Niderlandiya | Nederlandse Curling Bond | |||
Yangi Zelandiya | New Zealand Curling Association | |||
Norvegiya | Norges Curlingforbund | |||
Polsha | Polski Związek Piłki Curlingu | |||
Portugaliya | Federação de Desportos de Inverno de Portugal | |||
Koreya Respublikasi (Yujnaya Koreya) |
Korean Curling Federation | |||
Kosovo | Kosova Federata Curling | |||
Rossiya | Federatsiya kyorlinga Rossii | |||
Ruminiya | Federaţia Romǎnǎ de Curling | |||
Saudiya Arabistoni | Kingdom Curling Association | |||
Serbiya [3] | Natsionalni savez za karling Srbije | |||
Slovakiya | Slovenský curlingový zväz | |||
Sloveniya | Curling zveza Slovenije | |||
AQSh | United States Curling Association | |||
Turkmaniston | Curling Federation of Turkmenistan | |||
Turkiya | Türkiye Curling Federasyonu Türkiye Buz Pateni Federasyonu |
|||
Ukraina | Vseukrainskaya federatsiya kyorlinga | |||
Uels | Welsh Curling Association | |||
Finlandiya | Suomen Curlingliitto | |||
Fransiya | Association Française de Curling | |||
Xorvatiya | Hrvatski curling savez | |||
Chexiya [4] | Česky Svaz Curlingu | |||
Shveysariya | Swiss Curling Association | |||
Shvetsiya | Svenska Curlingförbundet | |||
Shotlandiya | Royal Caledonian Curling Club | |||
Estoniya | Eesti Curlinguliit | |||
Yaponiya | Japan Curling Association |
Yana qarang
tahrir- Butunjahon kyorling federatsiyasining reytingi
Manbalar
tahrir- ↑ „World Curling Federation — About the WCF“. 2019-yil 24-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 17-avgust.
- ↑ Chlenstvo Armenii priostanovleno v 2014 po prichinam neuplati chlenskix vznosov. Sm. „World Curling Federation Annual General Assembly April 2012“. World Curling Federation (2012-yil 6-aprel). 2019-yil 9-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 5-mart.(ingl.)
- ↑ V 2005—2006 chlenom WCF bila Serbiya i Chernogoriya.
- ↑ V 1990—1993 chlenom WCF bila Чехословакия.