Buxoroning yetti piri
Buxoronig yetti piri
Buxoro –Naqshbandiya tariqati yettita buyuk so‘fiylarining vatanidir. Tasavvufning buyuk vakillari bu yerda yashab, diniy va ijtimoiy faoliyat olib borib, muborak Buxoro ning vujudga kelishi va gullab-yashnashi, maʼnaviy tarbiya va hissiy ruhni yuksaltirishga o‘z hissalarini qo‘shganlar. Bu yerda muqaddas so‘fiylarning dafn etilgan joylari – pirlar , islomiy ziyoratgohlar saqlanib qolgan.
Xo‘ja Abduxoliq G‘ijduvoniy
tahrirBuxoroga ziyoratga kelganlarning ko‘pchiligi o‘z safarlarini Naqshbandiya taʼlimotiga asos solgan maʼnaviy ustoz Xo‘ja Abduxoliq G‘ijduvoniy maqbarasini ziyorat qilishdan boshlaydilar. Abduxoliq G‘ijduvoniy payg‘ambarning o‘ninchi avlodi bilan maʼnan bog‘liq.Maqbara ayvonining o‘nta ustun va tayanchi o‘ninchi avlodga ishora. Xo‘ja Abdulxoliq G‘ijduvoniy davrida maqbara chillaxona vazifasini o‘tagan bo‘lib, u yerda qirq kunlik jazirama issiq davrda odamlar ibodat qilish uchun kelgan. Vaqt o‘tishi bilan muqaddas ibodat joyi ardoqli ziyoratgohga aylanadi.Yaqin o‘tmishda maqbara tashlandiqqa aylangan edi. Maqbara bugungi namunaviy shaklga ega bo‘lishi uchun bir necha zamonadan omon o‘tib kelishi kerak bo‘ldi. Hozirda Abduxoliq G‘ijdunoniy maqbarasi qadimgi Sharqning bir qismi, er va osmon orasidagi rishta hisoblanadi.U Buxoro viloyatining G'ijduvon tumanida dafn etilgan
Xo‘ja Muhammad Orif ar-Revgariy
tahrirXo‘ja Muhammad Orif ar-Revgari maqbarasi murshid Xo‘ja Orif Revgariyning dafn etilgan joyidir. U XII asrning o‘rtalarida Revgar qishlog‘ida tug‘ilib, buyuk murshid Abduxoliq G‘ijduvoniyning muridi bo‘lgan. Buyuk ustozning vafotidan so‘ng, u qolganlarga ruhiy murabbiy bo‘lish uchun ruxsat olgan. Umrining oxirigacha faol diniy faoliyat bilan shug‘ullangan. Baland ovozda zikr qilishni xush ko‘rgan. Xo‘ja Orif 150 yil umr ko‘rganligi haqida afsonalar mavjud. U Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida dafn etilgan.
Xo‘ja Maxmud Anjir Fag‘naviy
tahrirXo‘ja Maxmud Anjir Fag‘naviy maqbarasi – eng buyuk so‘fiy, murshidning dafn etilgan joyi. Vobkent shahri yaqinida tug‘ilgan. Hayot yo‘lining boshlanishida hunarmand va duradgor bo‘lgan. Ilm olishning mashaqqatli yo‘lini bosib o‘tib, murshidlikka erishdi. Mahmud Anjir Fag‘naviy “g‘aflatda uxlab yotganlar uyg‘onishi kerak” deb birinchilardan bo‘lib zikrni baland ovozda o‘qigan. U o‘z ona qishlog‘i Anjirbog‘da dafn qilingan.
Xo‘ja Ali Romitaniy
tahrirXo‘ja Ali Romitaniyning yodgorlik majmui – so‘fiylik tariqatining xo‘jagoniy yo‘nalishi taniqli murshidi dafn etilgan joydir. So‘fiyga xalq orasida «Azizxon» – aziz shayx nomi berilgan. XII asrning oxirida Romitan shahrida tug‘ilgan. Butun hayoti davomida to‘quvchilik bilan shug‘ullangan. Ali Romitaniy amalga oshirish imkoni bo‘lmagan ishni – mo‘g‘ullarni islom dinini qabul qilishiga erishdi. Mo‘g‘ullar istilosidan keyin yaroqsiz yerlarni tiklashga yordam bergan, tabiblik bilan shug‘ullangan. Afsonaga ko‘ra, so‘fiy odamlarning fikrlarini o‘qish qobiliyatiga ega bo‘lib, unga savolga berishlaridan oldin javob qaytargan. Uzoq va taqvoli hayoti davomida uning ko‘plab shogirdlari bo‘lgan, ularning orasida o‘g‘illari ham bor edi. Kichik o‘g‘li Xo‘ja Ibrohimga o‘z taʼlimotini davom ettirishni vasiyat qilgan.
Xoja Muhammad Bobo Samosiy
tahrirXoja Muhammad Bobo Samosiy yodgorlik majmui – Xo‘ja Ali Romitaniyning shogirdi mashhur so‘fiyning dafn qilingan joyidir. Xo‘ja Samosiy so‘fiylik rivojiga bebaho hissa qo‘shgan, buyuk inson – Muhammad Bahouddin Naqshbandning dunyoga kelishini bashorat qilgan. Afsonada aytilishicha, kunlarning birida, Bahouddinning ona qishlog‘i Qasri Hiduvon yonidan o‘tayotib so‘fiyda kashf yuz bergan. U mazkur joyda so‘fiylik va maʼrifatning buyuk farzandi dunyoga keladi, bu yerning nomi esa oriflar qishlog‘i bo‘ladi deb aytgan.Murshid 1354-yilda 95 yoshida vafot etgan. Muqaddas maqbara Romitan tumanining Simas qishlog‘ida joylashgan. Ushbu yerda ajoyib insonning o‘z taʼlimotlariga monand ravishda maqbara, masjid, quduq va go‘zal bog‘ barpo etilgan.
Xo‘ja Sayid Amir Kulol Buxoriy
tahrirSayid Amir Kulol diniy ulamo bo‘lib, yuzdan ortiq izdoshlarga ega edi, ular orasida Bahouddin Muhammad Naqshbandiy ham bor edi. U Naqshbandiyni so‘fiylik asoslari, zikrni to‘g‘ri o‘qish va xo‘jagoniy tariqatining anʼanalari bilan tanishtirdi. O‘sha paytlarda eng qadrli va aziz ruhiy o‘g‘lini ishonib topshirayotganligini anglab yetgan shayx Xo‘jai Samosiy ustozni Buyuk murid bilan tanishtirgan, degan fikr ham bor. Sayid Amir Kulol 1370-yilda o‘zining tug‘ilib o‘sgan Suxar qishlog‘ida dafn etilgan.
Bahouddin Naqshbandiy
tahrirBahouddin Naqshband (Muhammad binni Muhammad Bahouddin an-Naqshband al-Buxoriy) 1318-yil, Chigʻatoy ulusi, Buxoro yaqinidagi Qasri Hinduvon qishlogʻida tugʻiladi. Bahouddin Naqshband Muhammad paygʻambar avlodlariga mansub sayyidzodalardan ekanligi qayd etilgan va ota tomondan 11-imom Imom Xasan al-Askariyning ikkinchi oʻgʻli Sayyid Ali Akbarni avlodi hisoblanadi. Otasi Muhammad Buxoriy toʻquvchi hamda oʻyma naqsh soluvchi (naqshband) boʻlgan va oʻgʻli ham bu hunarni egallaydi.Bahouddin Naqshbandning birinchi piri — ustozi Xoja Muhammad Boboyi Samosiy edi. Keksa shayx yosh Bahouddin Naqshbandni tarbiyalashni oʻrinbosarlaridan boʻlmish Amir Sayyid Kulolga topshirdi. U tariqat bobida bilganlarini oʻrgatib boʻlgandan keyin shogʻirdiga ijozat beradi. Bahouddin Naqshband ilm istab, yassaviya tariqati shayxlarining mashhur vakillaridan boʻlmish Qusam shayx oldiga, Naxshab (hozirgi Qarshi) shahriga boradi. Taxminan 1389-yil Buxoro yaqinidagi Qasri Orifon qishlogʻida vafot etgan.