Birinchi qasoskor
Birinchi qasoskor (inglizcha: Captain America: The First Avenger) 2011-yilda katta ekranlarga chiqqan, Marvel Comics nashriyotidan tushirilgan Kapitan Amerika qahramoniga asoslangan superqahramon janridagi AQSh filmi boʻlib, kartina Marvel Studios mahsuloti hamda Paramount Pictures tomonidan tarqatilgandir. Kartina Marvel kinematografiya koinoti (MKK) ning beshinchi toʻliq hajmli filmidir. Film rejissori Joe Johnston, ssenariynavislar Christopher Markus va Stephen McFeely boʻlib, kartinada bosh qahramonlarni Chris Evans (Steve Rogers / Kapitan Amerika sifatida), Tommy Lee Jones, Hugo Weaving, Hayley Atwell, Sebastian Stan, Dominic Cooper, Neal McDonough, Derek Luke va Stanley Tucci kabi aktyorlar jonlantirishgan.
Birinchi qasoskor | |
---|---|
Captain America: The First Avenger | |
![]() Film posteri | |
Rejissyor(lar) | Joe Johnston |
Prodyuser(lar) | Kevin Feige |
Ssenariynavis(lar) |
Christopher Markus Stephen McFeely |
Rollarda | |
Bastakor(lar) | Alan Silvestri |
Muharrir(lar) | |
Studiya(lar) | Marvel Studios |
Distribyutor | Paramount Pictures[1][2][3] |
Chiqarilgan sanasi |
|
Davomiyligi | 124 daqiqa |
Mamlakat |
![]() |
Til | inglizcha |
Byudjeti | $140-216.7 million |
Daromadi | $370.6 million |
Birinchi qasoskor filmi jahon premyerasi El Captain kinoteatrida 2011-yil 19-iyulda boʻlib oʻtdi, AQShda esa MKKning Birinchi fazasidagi bir film oʻlaroq 22-iyuldan boshlab kinoteatrlarda namoyish etila boshladi. Film umumjahon boʻylab $370 million mablagʻ yigʻdi. Bugungi lekin ushbu kartinaning davomi sanalmish ikki film chiqarilgan: Birinchi qasoskor: Qish askari (2014) va Birinchi qasoskor: Qarshilik (2016).
Rollarda tahrir
- Chris Evans — Steve Rogers / Kapitan Amerika
- Hayley Atwell — Peggy Carter
- Hugo Weaving — Johann Schmidt / Red Skull
- Sebastian Stan — Sergeant James „Bucky“ Barnes
- Tommy Lee Jones — Colonel Chester Phillips
- Dominic Cooper — Howard Stark
- Neal McDonough — Timothy „Dum Dum“ Dugan
- Derek Luke — Gabe Jones
- Stanley Tucci — Abraham Erskine
- Kenneth Choi — Jim Morita
- Bruno Ricci — Jacques Dernier
- J. J. Feild — James Montgomery Falsworth
Musiqasi tahrir
Treklar roʻyxati tahrir
Roʻyxatda keltirilgan treklarning barchasining musiqasini Alan Silvestri yaratgan.
№ | Nomi | Muallif(lar) | Musiqa | Davomiyligi |
---|---|---|---|---|
1. | „Captain America Main Titles“ | 0:56 | ||
2. | „Frozen Wasteland“ | 1:53 | ||
3. | „Schmidt's Treasure“ | 3:01 | ||
4. | „Farewell to Bucky“ | 2:50 | ||
5. | „Hydra Lab“ | 1:54 | ||
6. | „Training the Supersoldier“ | 1:08 | ||
7. | „Schmidt's Story“ | 1:59 | ||
8. | „VitaRays“ | 4:25 | ||
9. | „Captain America "We Did It"“ | 1:59 | ||
10. | „Kruger Chase“ | 2:55 | ||
11. | „Hostage On the Pier“ | 2:46 | ||
12. | „General's Resign“ | 2:18 | ||
13. | „Unauthorized Night Flight“ | 3:13 | ||
14. | „Troop Liberation“ | 5:06 | ||
15. | „Factory Inferno“ | 5:06 | ||
16. | „Triumphant Return“ | 2:16 | ||
17. | „Howling Commando's Montage“ | 2:16 | ||
18. | „Hydra Train“ | 3:27 | ||
19. | „Rain Fire Upon Them“ | 1:39 | ||
20. | „Motorcycle Mayhem“ | 3:05 | ||
21. | „Invasion“ | 5:09 | ||
22. | „Fight on the Flight Deck“ | 3:30 | ||
23. | „This is My Choice“ | 3:26 | ||
24. | „Passage of Time“ | 1:35 | ||
25. | „Captain America“ | 1:08 | ||
26. | „Star Spangled Man“ | David Zippel | Alan Menken | 2:53 |
27. | „Captain America March“ | 2:36 | ||
Jami davomiyligi: | 71:53 |
Relizi tahrir
Mamlakat | Premyera sanasi |
---|---|
AQSh Kanada |
22-iyul 2011-yil |
Koreya Respublikasi | 28-iyul 2011-yil |
Shvetsiya | 12-avgust 2011-yil |
Fransiya | 17-avgust 2011-yil |
Germaniya | 18-avgust 2011-yil |
Yaponiya | 14-oktabr 2011-yil |
Kelajak tahrir
Sikvellar tahrir
Birinchi qasoskor: Qish askari tahrir
Birinchi qasoskor: Qish askari filmi jahon premyerasi Los Angelesda 2014-yil 13-martda boʻlib oʻtdi, AQShda esa MKKning Ikkinchi fazasidagi bir film oʻlaroq 4-apreldan boshlab kinoteatrlarda namoyish etila boshladi. Film rejissorlari Anthony va Joe Russo, ssenariynavislar Christopher Markus va Stephen McFeely boʻlib, kartinada bosh qahramonlarni Chris Evans (Steve Rogers / Kapitan Amerika sifatida), Scarlett Johansson, Sebastian Stan, Anthony Mackie, Cobie Smulders, Frank Grillo, Emily VanCamp, Hayley Atwell, Robert Redford va Samuel L. Jackson kabi aktyorlar jonlantirishgan.
Birinchi qasoskor: Qarshilik tahrir
Birinchi qasoskor: Qarshilik filmi jahon premyerasi Los Angelesda 2016-yil 12-aprelda boʻlib oʻtdi. Film rejissorlari Anthony va Joe Russo, ssenariynavislar Christopher Markus va Stephen McFeely boʻlib, kartinada bosh qahramonlarni Chris Evans (Steve Rogers / Kapitan Amerika sifatida), Robert Downey Jr., Scarlett Johansson, Sebastian Stan, Anthony Mackie, Don Cheadle, Jeremy Renner, Chadwick Boseman, Paul Bettany, Elizabeth Olsen, Paul Rudd, Emily VanCamp, Tom Holland, Frank Grillo, William Hurt va Daniel Brühl kabi aktyorlar jonlantirishgan.
Manbalar tahrir
- ↑ Tadena, Nathalie „Disney Acquires Distribution Rights to Four Marvel Films From Paramount“. The Wall Street Journal. Qaraldi: 2-iyul 2013-yil. [sayt ishlamaydi]
- ↑ Finke, Nikki. „Disney Completes Purchase of Marvel Home Entertainment Distribution Rights“ (2-iyul 2013-yil). Qaraldi: 2-iyul 2013-yil.
- ↑ Palmeri, Christopher. „Disney Buys Rights to Four Marvel Movies From Viacom's Paramount“ (2-iyul 2013-yil). Qaraldi: 2-iyul 2013-yil.
- ↑ „Captain America: The First Avenger - Release info“ (inglizcha). IMDb (29-iyul 2011-yil).