Carlos Slim Helú
Karlos Slim Helu 2011-yilda Forbes media agentligining reytingi boʻyicha ikkinchi marta dunyoning eng badavlat kishisi deb tan olingan.[1] Ota va onasi asli Livanlik nasroniy boʻlgan Karlos 1940-yilda Mexiko shahrida tavallud topgan. Karlos ota-onasi Julián Slim Haddad va Linda Helú larning 6 ta farzandining 5-isi.
Boyligi
tahrirU 2015-yilda $80.5 milliard ga boyiganligi sifatida, eng koʻp daromad topganlar reytingida ham yetakchilik qiladi. Uning orqasidan boylik boʻyicha birinchi oʻrinda kelgan Bill Geyts (Bill Gates) dan $1 milliardga ozroq. Karlos Slim Helúning $80.5 milliard boyligi Lotin Amerikasida telekommunikatsiyada eng yetakchi boʻlgan America Movil va Telmexdagi 62 % ulushiga toʻgʻri keladi. Oʻzi va oilasga tegishli boʻlgan Grupo Carso guruhining koʻchmas mulk, konchlik va birjalardagi faoliyati va qolaversa Meksika bozorining 19 % ga oʻsishi Karlosni yuqoriga oʻringa koʻtardi. Karlos yana savdo guruhi Sachs va New York Timesda ham ulushlari borligini aytib oʻtish lozim.
U yaqinda oʻzining juda katta sanʼat asarlari toʻplamiga atab bunyod etilgan Soumaya Muzeyini yangi binoga oʻtkazdi. Muzey tashrif buyiruvchilar uchun bepul. Karlos Slim Helú 1995-yilda Telmex Fondiga (Fundación Telmex) asos soldi. 2011-yilda shu fondga tushirgan $4 milliard yordami uchun, Forbesning 2011-yilning eng koʻp yordam beruvchilari safidan ham oldingi oʻrinda turadi. Dunyoning eng qudratli shaxslaridan biri.
Shaxsiy hayoti
tahrirKarlos Slim Soumaya Domit bilan 1967-yil dan 1999-yillar oraligʻida ayoli vafot etguniga qadar oila qurib yashagan. Slimning oltita farzandi bor, ular: Carlos, Marco Antonio, Patrick, Soumaya, Vanessa va Johanna.
Manbalar
tahrir- ↑ Karlos Slim Helu (Carlos Slim Helú), 2013-01-25da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-03-20