Cerro Largo departamenti (ispancha talaffuzi:[ˈsero ˈlaɾɣo]) – Urugvay davlatining 9 ta departamentidan biri. Poytaxti – Melo shahri boʻlib, departament mamlakatning sharqiy qismidan oʻrin olgan. Shimoli-sharqda Braziliya bilan chegarasi Yaguaron daryosi hisoblansa, janubda Treinta y Tres departamenti, gʻarbda Durazno departamenti va shimoli-gʻarbda Negro daryosi orqali Tacuarembó hamda Rivera departamentlari bilan tashkil qilgan chegaralari mavjud.

Cerro Largo
Cerro Largo
Bayroq
Cerro Largo
Gerb
32°23′0″S 54°17′0″W / 32.38333°S 54.28333°W / -32.38333; -54.28333 G OKoordinatalari: 32°23′0″S 54°17′0″W / 32.38333°S 54.28333°W / -32.38333; -54.28333 G O
Mamlakat Urugvay
Asos solingan 1821
Aholisi
84,698
Vaqt mintaqasi UTC-3:00
Cerro Largo xaritada
Cerro Largo
Cerro Largo
Melo shahri yaqinidagi Posta del Chuy mehmonxonasi.

Tarixi tahrir

XVIII asrning oxiriga kelib bu hududlarda mahalliy aholidan tashqari, ispanlar va portugallar ham istiqomat qilgan. 1795-yilda ispan piyodalari kapitani Agustin de la Rosa portugal va hindlarning hujumlarini qaytarish uchun qal’a qurish maqsadida Melo shahriga asos soldi. Keyinchalik bu hudud 1816-yilda portugallar tomonidan bosib olingan[1]. Shahardan 15 kilometr uzoqlikda joylashgan Posta del Chuy tarixiy mehmonxonasi va 1855-yilda Etcheverri tomonidan Chuy del Tacuarí daryosi ustida qurdirilgan tosh koʻprik mamlakatning eng mashhur tarixiy obyektlari hisoblanadi. Cerro Largo 1830-yilda tashkil etilgan Urugvayning dastlabki toʻqqizta departamentidan biridir. Keyinchalik departamentning katta bir qismida Treinta y Tres nomli yangi departament tashkil qilindi.

Aholisi tahrir

Cerro Largo aholisining etnik guruhlari[2].
Etnik guruhlar Foiz
Oq tanlilar
  
90.2%
Qora tanlilar
  
10.9%
Hindular
  
4.2%
Osiyoliklar
  
0.5%
Boshqalar
  
1.0%

2011-yilda roʻyxatga olingan statistik maʼlumotlariga koʻra, Cerro Largo departamentida 84,698 (41,050 erkak va 43,648 ayol) nafar aholi va 35,841 ta xonadon mavjud[2]. Cerro Largo departamenting 5,936 nafar aholisi qishloqlarda yashaydi.

Departamentning 2010-yildagi demografik koʻrsatkichlari[3]:

  • Aholining oʻsish sur’ati: 0.571%
  • Tugʻilish darajasi: 15.95 tugʻilish/1000 kishi
  • Oʻlim darajasi: 8.64 oʻlim/1000 kishi
  • Oʻrtacha yoshi: 32.1 (31.0 erkaklar, 33.0 ayollar)
  • Tugʻilganda kutilayotgan umr koʻrish:
    • Umumiy aholi uchun: 75.86 yosh
    • Erkaklar uchun: 72.58 yosh
    • Ayollar uchun: 79.04 yosh
  • Bitta xonadonning oʻrtacha daromadi: oyiga 18,880 peso
  • Aholi jon boshiga shahar daromadi: oyiga 7<801 peso
Asosiy shahar markazlari Boshqa shahar va qishloqlar
2011-yilgi maʻlumotlar asosida[4].
Shahar / Qishloq Aholi soni
Melo 51,830
Río Branco 14,604
Fraile Muerto 3,168
Isidoro Noblía 2,331
Aceguá 1,511
Tupambaé 1,122
Shahar / Qishloq Aholi soni
Barrio López Benítez 522
Hipódromo 505
Lago Merín 439
Plácido Rosas 415
Barrio La Vinchuca 388

Departament xaritasi tahrir

 
Cerro Largo departamenti xaritasi.

Mashhur shaxslari tahrir

  • Aparisio Saravia, 1904-yilda Masoller jangida vafot etgan taniqli partiya rahbari boʻlgan.
  • Villanueva Saravia, mintaqaviy partiya rahbari boʻlgan.
  • Rodolfo Nin Novoa, Urugvay vitse-prezidenti boʻlgan (2005-2010).

Manbalar tahrir

  1. „Historia de Cerro Largo“. Intendencia de Cerro Largo (2012). Qaraldi: 2012-yil 17-sentyabr.
  2. 2,0 2,1 „Población por sexo y ascendencia étnico racial, según departamento.“ (es). National Institute of Statistics. 2020-yil 30-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  3. „Uruguay en cifras“ (Spanish) (PDF). INE (2011). 2012-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 25-oktyabr.
  4. „Censos 2011 Cuadros Cerro Largo“. INE (2012). 2012-yil 14-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 25-avgust.

Havolalar tahrir