Cevdet Sunay (talaffuzi: Javdot Sunoy; 1899-1982) — Turkiyaning 1966-1973-yillardagi prezidenti[1][2][3][4][5].

Cevdet Sunay
Turkiya Prezidenti
Mansab davri
28-mart 1966-yil – 28-mart 1973-yilgacha
Hukumat boshligʻi Süleyman Demirel
Nihat Erim
Ferit Melen
Oʻtmishdoshi Cemal Gürsel
Vorisi Fahri Korutürk
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 10-fevral 1899-yil
Trabzon
Vafoti 22-may 1982-yil(1982-05-22)
(83 yoshda)
Istanbul
Unvoni Armiya generali
Janglari birinchi jahon urushi
Turkiya mustaqilligi uchun urush

Tarjimai holi tahrir

Istanbuldagi Kulei harbiy bilim yurtini tamomlagan. 1917-yilda birinchi jahon urushi davrida Falastinda front liniyasida askar sifatida jang olib borgan, 1918-yilda Misrda Britaniya tomonidan asirga olingan. ozodlikka chiqqanidan soʻng, avval Janubiy front, keyin esa Gʻarbiy frontlarda mustaqillik uchun urushda qatnashdi.

1930-yilda harbiy akademiyani tamomlaydi va ofitserlar tarkibiga kiradi. 1933-yilda Bosh shtabning operativ boshqarmasi boʻlimiga tayinlandi. Bir qancha qoʻmondonlik lavozimlaridan oʻtib, 1949-yilda brigada generali, 1959-yilda esa armiya generali boʻldi.

1960 — 1966-yillarda Turkiya Qurolli kuchlari bosh shtabi boshligʻi. 1966 — 1973-yillarda Turkiya prezidenti, shundan soʻng 1980-yil 12-sentyabrda harbiy toʻntarishdan soʻng umrbod senator lavozimini egalladi.

Prezidentlik davri tahrir

Bosh shtab rahbari Cevdet Sunay 1966-yil 28-martda Turkiya Buyuk Millat Majlisi tomonidan Turkiyaining beshinchi prezidenti etib saylandi[6]. Uning prezidentlik davri 1973-yil 28-martgacha davom etdi va bu orada Sunay qiyin davrlarni boshdan kechirdi. 1961 va 1965-yillar orasida Sulaymon Demirel, Nihat Erim va Ferit Melen Prezident Sunay maʼmuriyatining eng koʻzga koʻringan aʼzolari edi. Cevdet Sunay sogʻligʻi yomonlashgani sababli prezidentlik lavozimini tark etadi.

Manbalar tahrir

  1. Badraie (Wayback Machine saytida 5-mart 2016-yil sanasida arxivlangan)
  2. „Çankaya’nın First Lady’leri“ (tr) (15-aprel 2007-yil). Qaraldi: 16-fevral 2019-yil.
  3. „Sunay'ın eşi vefat etti“ (tr) (22-oktabr 2002-yil). Qaraldi: 16-fevral 2019-yil.
  4. Ministry of Foreign Affairs, Turkey
  5. Presidency of Turkey
  6. „O gün bugün | 5. Cumhurbaşkanı Cevdet Sunay oldu“ (tr). Milliyet (2020-yil 28-mart). Qaraldi: 2022-yil 19-mart.