Charles Fefferman

amerikalik matematik

Charles Fefferman (talaffuzi: Charlz Fefferman) (1949-yil 18-aprelda tugʻilgan) — amerikalik matematik. Feffermanning asosiy tadqiqot yoʻnalishi matematik analizdir. Olim 1978-yil Fields medali bilan, 2017-yil Wolf mukofoti bilan taqdirlangan.

Charles Fefferman
Tavalludi 18-aprel 1949-yil (1949-04-18) (75 yosh)
Washington, D.C., AQSh
Fuqaroligi AQSh
Sohasi Matematika
Institutlar Princeton universiteti,
Chicago universiteti
Taʼlimi Maryland universiteti, College Park
Princeton universiteti
Akademik rahbarlari Elias Stein
Mukofotlari Alan T. Waterman mukofoti (1976)
Fields medali (1978)
Bôcher mukofoti (2008)
Bergman mukofoti (1992)
Wolf mukofoti (2017)

Fefferman yahudiy oilasida tugʻilgan. U kollejga 12 yoshida kirib, oʻzining birinchi ilmiy ishini 15 yoshida nemis tilida yozgan. 17 yoshida College Parkdagi Maryland universitetida fizika va matematika boʻyicha bakalavr darajasini olgan. 20 yoshida esa Princeton universitetida Elias Steinning rahbarligida matematika boʻyicha fan doktori darajasini olgan. Fefferman Chicago universitetida 22 yoshida professor boʻlib ishlay boshlagan. U AQSh tarixidagi eng yosh professor hisoblanadi.

Fefferman 24 yoshida Princeton toʻliq professor sifatida qaytdi — u hanuz ushbu lavozimda ishlaydi. U 1976-yilda Alan T. Waterman mukofotiga sazovor boʻlgan birinchi matematik boʻldi. Fefferman 1978-yilda Helsinki shahrida boʻlib oʻtgan Xalqaro matematiklar kongressida matematik analiz sohasidagi faoliyati uchun Fields medaliga sazovor boʻlgan. U 1979-yilda AQSh Milliy fanlar akademiyasiga aʼzo boʻlgan. 2017-yil Wolf mukofoti bilan taqdirlangan.