Charles Habib Malik – (arabcha: شارل حبيب مالك) (1906-yil, 11-fevral – 1987-yil, 28-dekabr) baʼzan Charles Habib Malek deb ham talaffuz qilinadi, livanlik akademik, diplomat, faylasuf va siyosatchi[1][2][3]. U Livanning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi vakili, Inson huquqlari boʻyicha komissiya va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi prezidenti, Livan Vazirlar Mahkamasi aʼzosi, Madaniyat va oliy taʼlim vazirligi hamda Tashqi ishlar va emigratsiya vazirligi rahbari, shuningdek, dinshunos boʻlib ishlagan. 1948-yilgi Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasini ishlab chiqishda ishtirok etgan.

Charles Malik
شارل مالك

Doktor Malik 1958-yil
Tavalludi 11-fevral 1906-yil
Vafoti 28-dekabr 1987-yil(1987-12-28)
(81 yoshda)
Bayrut, Livan
Fuqaroligi Livan
Taʼlimi Bayrut Amerika universiteti, Harvard universiteti

Tavalludi va taʼlimi

tahrir
 
Charles Malikni Bayrut Amerika universiteti kampustida joylashgan haykali (Livan)

Bayrut viloyati (Livan) Btourram shahrida tugʻilgan Malik, doktor Habib Malik va doktor Zarifa Karamning oʻgʻli edi. Malik mashhur yozuvchi Farah Antunning katta jiyani edi. U oʻgʻil bolalar uchun moʻljallangan „American Mission School“ maktabida (hozirgi nomi „Tripoli Evangelical School“) va Bayrutdagi Amerika universitetida tahsil olgan, u yerda matematika va fizika boʻyicha diplom olgan. U 1929-yilda Qohiraga koʻchib oʻtdi va u yerda falsafaga qiziqishi oʻsdi, Harvard universitetida (Alfred North Whitehead qoʻl ostida) va 1932-yilda Germaniyaning Freyburg universiteti Martin Haydegger qoʻl ostida oʻqishni davom ettirdi. Biroq, Malik Germaniyada juda qisqa muddat yashadi. U natsistlar siyosati noqulayligini taʼkidladi va 1933-yilda hokimiyat tepasiga natsistlar kelishi bilan Malik u yerdan uzoqlashdi. 1937-yilda Harvardda falsafa fanlari doktori ilmiy darajasini oldi. Malik Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi bir nechta universitetlarda dars bergan. Livanga qaytgach, Malik Bayrutdagi Amerika universitetida falsafa boʻlimiga asos soldi, shuningdek, madaniyatshunoslik dasturiga (Sivilizatsion tadqiqotlari dasturi) asos soldi[4]. Malik 1945-yilgacha Livanning Qoʻshma Shtatlar va Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi elchisi etib tayinlangunga qadar ushbu lavozimda qoldi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi faoliyati

tahrir

Malik Birlashgan Millatlar Tashkiloti doirasida tashkil etilgan San-Fransisko konferensiyasida Livan vakili boʻlgan. U 1947-1948-yillarda iqtisodiy va ijtimoiy kengash prezidenti boʻlgan vaqti, inson huquqlari boʻyicha komissiyada maʼruzachi boʻlib ishlagan. Oʻsha yili u Inson huquqlari umumiy deklaratsiyasini ishlab chiqqan sakkiz vakildan biriga aylandi. U vitse-prezident P. C. Chang bilan deklaratsiyaning intellektual asoslari boʻyicha raqobatlashdi, ammo keyinchalik Changning din erkinligi nuqtai nazaridan yon berishga qaror qildi va oʻz raqibini hamda boshqalarni, shu jumladan rais Eleanor Rooseveltni ham hech bir nutqida tilga olmaydi[5]. U Rooseveltdan keyin Inson huquqlari boʻyicha komissiya raisi boʻldi. Malik 1955-yilgacha AQSH va BMTdagi elchi lavozimida qoldi. U Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasidagi munozaralarda ochiq ishtirok etgan va Sovet Ittifoqini tez-tez tanqid qilgan. Uch yillik tanaffusdan soʻng u 1958-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining oʻn uchinchi sessiyasiga raislik qilish uchun qaytib keladi[6].

Livandagi ishlari

tahrir

Bu orada Malik Livan Vazirlar Mahkamasiga tayinlandi. 1956-1957-yillarda milliy taʼlim va tasviriy sanʼat vaziri, 1956-yildan 1958-yilgacha tashqi ishlar vaziri boʻlgan. Vazir sifatida 1957-yilda Milliy Assambleyaga saylangan va u yerda uch yil ishlagan. Shu davr mobaynida Malik Amerika sanʼat va fanlar akademiyasi va Amerika falsafa jamiyatiga ham rais sifatida saylangan[7][8] .

1975-yildan 1990-yilgacha davom etgan Livandagi fuqarolar urushi boshlanganidan soʻng, Malik Livanda xristian masalasini himoya qilish uchun Ozodlik va inson fronti nomli fond tashkil etadi. Keyinchalik ushbu fond Livan fronti deb oʻzgartirildi. Yunon pravoslav nasroniysi boʻlgan, u frontning eng yaxshi rahbarlari orasida yagona maronit boʻlmagan va ular orasida Phalangistlar partiyasi asoschisi Per Gemayel va sobiq prezident va Milliy Liberal partiya rahbari Camille Chamoun ham bor edi. Malik koʻpchilikda frontning miyasi deb hisoblangan.

Malik, shuningdek, oʻz hamkasblari yunon pravoslav xristianlari, katoliklar va evangelicallarga murojaat qilib, tavba-tazarrularni toʻkis amalga oshirgan ilohiyotchi sifatida qayd etilgan. Malik Injil va dastlabki cherkov otalarining yozuvlariga koʻplab sharhlar muallifi oʻz davrining evangelical doirasida keng tanilgan kam sonli pravoslav ilohiyotchilaridan biri boʻlgan va uning rahbari Bill Bright Malik haqida yaxshi fikrlarni aytgan va iqtibos keltirib oʻtgan.

Malik, shuningdek, livanlik diplomat va faylasuf Karim Azkoul bilan birga ishlagan[9][10][11]. Malikning postkolonializm asoschisi Edward Said bilan qarindoshlik aloqasi mavjud[12].

1948-yil dekabr oyida boʻlib oʻtgan BMT sessiyasida Malik Livanni quyidagicha taʼrifladi:

 Yurtimning asrlar davomidagi buyuk tarixi ko'plab qiyinchiliklarga qaramay, haqiqiy fikr va vijdon erkinligini saqlash va mustahkamlash uchun kurashayotgan kichik bir mamlakat tarixidir. Asrlar davomida son-sanoqsiz ta’qib qilingan insonlarning oz qismigina mening mamlakatimda eng yaxshi boshpana topdilar, shuning uchun bizning mavjudligimizning asosi fikr va e’tiqod farqlarini to‘liq hurmat qilishdir.

Akademik karyerasi

tahrir

Malik 1960-yilda akademik karyerasiga qaytdi. U koʻp sayohat qildi, inson huquqlari va boshqa mavzularda maʼruzalar oʻqidi va bir qator Amerika universitetlarida, jumladan Harvard, Vashingtondagi Amerika universiteti, Dartmouth kolleji (Nyu-Xempshir), Notre Dame universiteti (Indiana) kabi bir qancha nufuzli universitetlarda professorlik qildi. 1981-yilda Malik Kanadadagi Waterloo universitetida Paskaldan maʼruza oʻqiydigan oʻqituvchi boʻlgan. Uning soʻnggi rasmiy lavozimi Amerika katolik universitetida (Vashington, Kolumbiya okrugi) boʻlib, u yerda 1981-yildan 1983-yilgacha axloq va siyosiy falsafa boʻyicha Jacques Maritain professori boʻlib ishlagan. Shuningdek, u Bayrutdagi Amerika universitetida (1962-yildan 1976-yilgacha) falsafa kafedrasiga qaytdi va aspirantura dekani etib tayinlandi. Malik 50 ta faxriy daraja bilan taqdirlangan; asl nusxalari Livanning Notre Dame universiteti-Louaize arxivida saqlanadi[manba kerak].

Vafoti

tahrir

Malik ikki yil oldin 1987-yil 28-dekabrda Bayrutdagi Mayo klinikasida oʻtkazilgan yurak kateterizatsiyasidan keyin davom etgan ateroembolik kasallik tufayli yuzaga kelgan ikkinchi darajali buyrak yetishmovchiligi asoratlaridan vafot etdi. Uning oʻgʻli Habib Malik taniqli akademik (gʻoyalar tarixi boʻyicha mutaxassis, Livan Amerika universitetining gumanitar fanlar boʻlimi dotsenti) va inson huquqlarini himoyalovchi aktivist. Uning ukasi, taniqli katolik ruhoniysi marhum Ramzi Habib Malik, u yahudiy xalqi bilan nasroniylarning yarashishi yoʻlida tinimsiz mehnat qilgan, shuningdek, yahudiy xalqi nasroniylarning katta aka-ukalari ekanligini taʼkidlagan. Malikning shaxsiy hujjatlari Livanning Notre Dame universiteti-Louaizeda joylashgan boʻlib, u yerda uning 200 ta shaxsiy hujjatlari va kitoblari saqlanadi. Vashingtondagi Kongress kutubxonasida uning merosi maxsus kolleksiya maydonidagi 44 metrlik tokchalarni egallaydi.

Qoʻshimcha adabiyotlar

tahrir
  • Mary Ann Glendon. The Forum and the Tower: How Scholars and Politicians Have Imagined the World, from Plato to Eleanor Roosevelt (2011) pp 199–220
  • Charles Malik, Christ and Crisis (1962)
  • Charles Malik, Man in the Struggle for Peace (1963)
  • Charles Malik, The Wonder of Being (1974)
  • Charles Malik, A Christian Critique of the University (1982)
  • Habib Malik, The Challenge of Human Rights: Charles Malik and the Universal Declaration (2000)

Mashhur iqtiboslari

tahrir
  • „The fastest way to change society is to mobilize the women of the world“
  • „The truth, if you want to hear it bluntly and from the start, is that independence is both a reality and a myth, and that part of its reality is precisely its myth“
  • „The greatest thing about any civilization is the human person, and the greatest thing about this person is the possibility of his encounter with the person of Jesus Christ“
  • „You may win every battle, but if you lose the war of ideas, you will have lost the war. You may lose every battle, but if you win the war of ideas, you will have won the war. My deepest fear and your greatest problem is that you may not be winning the war of ideas“
  • „The great moments of the Near East are the judges of the world“
  • „The university is a clear-cut fulcrum with which to move the world. More potently than by any other means, change the university and you change the world[13]

Manbalar

tahrir
  1. Awad, Najib George. And Freedom Became a Public-square: Political, Sociological and Religious Overviews on the Arab Christians and the Arabic Spring (en). LIT Verlag Münster, 2012. ISBN 9783643902665. 
  2. Sayigh, Rosemary. Yusif Sayigh: Arab Economist and Palestinian Patriot: A Fractured Life Story (en). American University in Cairo Press, 2015-03-01. ISBN 9781617976421. 
  3. „Charles Habib Malek - Les clés du Moyen-Orient“. www.lesclesdumoyenorient.com. Qaraldi: 2019-yil 23-iyul.
  4. Now: Civilization Studies Program, AUB http://www.aub.edu.lb/fas/cvsp/Pages/index.aspx (Wayback Machine saytida 2017-10-31 sanasida arxivlangan)
  5. „Universal Declaration of Human Rights“.
  6. „DR. CHARLES HABIB MALIK - 13th Session“. United Nations. Qaraldi: 2011-yil 14-noyabr.
  7. „Charles Habib Malik“ (en). American Academy of Arts & Sciences. Qaraldi: 2022-yil 16-dekabr.
  8. „APS Member History“. search.amphilsoc.org. Qaraldi: 2022-yil 16-dekabr.
  9. Elias, Amin „La liberté de conversion : le débat dans l'Islam est désormais quotidien“. Fondazione Internazionale Oasis. 2011-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 24-aprel.
  10. Photo/YES, UN „General Assembly Continues Middle East Debate“. www.unmultimedia.org (1958-yil 19-avgust). Qaraldi: 2016-yil 2-fevral.
  11. Photo/TW, UN „Lebanese Delegation to the 12th Session of the UN General Assembly“. www.unmultimedia.org (1957-yil 25-sentyabr). Qaraldi: 2016-yil 2-fevral.
  12. Said, Edward W.. Out of Place. Vintage Books, NY, 1999. 
  13. „Around the World | Central Kentucky CRU“. 2013-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 26-sentyabr.

Havolalar

tahrir