Chechak xotun
Chechak xotun (turkcha: Çiçek Hatun; 1431–1498-yil) – Usmoniylar imperiyasining 7-sultoni Mehmed II Fotihning toʻrtinchi xotini. Shuningdek, otasi vafot etgandan soʻng usmoniylar taxtiga daʼvo qilgan shahzoda Chem Sultonning onasi.
Chechak xotun | |
---|---|
Tavalludi |
1431 |
Vafoti |
1498 Qohira, Misr |
Fuqaroligi | Usmoniylar davlati |
Turmush oʻrtogʻi | Mehmed II Fotih |
Bolalari | Oʻgʻli: Chem sulton |
Hayoti
tahrirChechak xotunning tugʻilgan sanasi va tugʻilgan joyi nomaʼlum. Oʻgʻlining tugʻilgan kunidan kelib chiqib, uni 1440-yillarda tugʻilgan deb taxmin qilinadi[1].
Ilgari u fransuz malikasi, Louis XIning qizi va Charles VIII ning singlisi boʻlgani haqida keng tarqalgan afsona mavjud boʻlgan. Taxminlarga koʻra, u Vizantiya imperatori Konstantin XI bilan unashtirilgan, ammo Konstantinopol qulaganidan soʻng qoʻlga olingan[2]. Uning goʻzalligiga mahliyo boʻlgan Mehmed II Fotih uni oʻz haramiga oladi. Ushbu versiya solnomachilar va tarixchilarning bir nechta hisobotlariga asoslangan. Voqealardan 200-yil oʻtganidan soʻng yashagan Avliyo Chalabiy (ehtimol, mish-mish boʻlishi ham mumkin) fransuz qirolining qizi Mehmed II ning haramiga tushib qolganligi haqida yozgan. Laonikos Halkokondilis Mehmed II ning fransuz ayolini „bagʻoyatda goʻzal“ deya tariflagan[1].
Chechak xotunning kelib chiqishi haqida turli xil versiyalar mavjud. Jumladan, Guillaume Caoursin Chem Sultonning onasi serb malikasi ekanligi haqida yozgan[3]. Baʼzi tadqiqotchilar keyinchalik xuddi shu nuqtai nazarga koʻra faoliyat olib borishadi: „u Serbiya qirollik oilasidan chiqqan“, „ular uni slavyan malikasi deb aytishgan“ singari taʼriflarni berishgan[4][1]. Chechak xotun venetsiyalik boʻlgani haqida koʻplab fikrlar mavjud. Shuningdek, u oʻgʻliga italyan tilini oʻrgatgan deb ham taxmin qilinadi[1]. Boshqa bir versiyada uni venger millatiga mansub va Matthias Corvinusning jiyani deb hisoblashgan[5].
Babingerning soʻzlariga koʻra, „ishonchliroq manbalardan maʼlum boʻlishicha“, Chechak xotun turk musulmon oilasidan boʻlgan[6] va Sultonning xizmatida boʻlgan Daya Ali Bey ismli ukasi boʻlgan[7][1][8]. Ushbu versiya ham biroz shubhali, chunki „Chechak“ (gul) ismi uning qul boʻlganini anglatadi. Uning akasi musulmon boʻlib, singlisi Sultonning haramiga olib kelinganidan keyin xizmatga kirishi ham mumkin. Eng ishonchli manbalar Chechak bilan bir vaqtda Qohirada yashagan va u bilan uchrashgan boʻlishi mumkin boʻlgan tarixchi ibn Ilyosga tegishlidir. U Chechekning asir boʻlib haramga tushib qolganligi haqida yozgan[1].
Shahzodaning onasi
tahrirChechak Mehmedning haramiga 1459-yilning boshida kirgan, chunki 1459-yil 22-dekabrda u yagona farzandi Chem sultonni dunyoga keltirgan[6][7]. 1474-yilda Chem Sultonnning katta akasi Shahzoda Mustafo vafot etgach, ikkinchi voris Konyaga hokim etib tayinlanadi va onasi Chechak ham unga hamrohlik qiladi.
1481-yil 3-mayda Mehmed II Fotih toʻsatdan vafot etadi. Chem Sulton va uning tarafdorlari Boyazidning yoshi kattaroq boʻlishiga qaramay, uni sulton boʻlishi kerak, deb hisoblashgan. Ular, birinchi navbatda, Chem Sulton Mehmed II Fatihning sevimli oʻgʻli ekanligiga, uning sanjagi Istanbulga yaqinroq ekanligini alohida taʼkidlashgan. Ikkinchidan, ular Chem Mehmed II sulton boʻlgan vaqtida tugʻilgan. Chem Sultonning tarafdori boʻlgan Sadr Karamanli Mehmed Posho unga otasining oʻlimi haqidagi xabarni yuboradi. Ammo Boyazidning tarafdorlari orasida Rumeli va Anadolu hokimlari ham boʻlgan. Sultonning oʻlimi haqida ogohlantiruvchi xat ularning qoʻliga tushgan va 1481-yil 21-mayda Boyazid ukasidan oldin Amasiyadan Istanbulga yetib keladi va u yerda sultonlik taxtini egallaydi[9][10][11].
Chem Sulton taxtga daʼvo qiladi va Misrning yordamiga tayanib Bursani egallaydi va Boyazidga imperiyani ikki qismga boʻlishni taklif qiladi. Boyazid Chem Sultonning taklifiga eʼtibor bermay, qoʻshini bilan Bursaga hujum qiladi. Chem Sulton akasining qoʻshinlari tomonidan magʻlub etiladi[11].
Surgunga uchrashi
tahrirChem Sultonning birinchi magʻlubiyatidan soʻng, Chechak xotun va uning qolgan oila aʼzolari Qohirada sulton huzuridan panoh topadilar, uning oʻgʻli Chem Sultonning qizi bilan oila quradi[8][13][14].
1482-yildagi ikkinchi magʻlubiyatdan soʻng, Chem Sulton Rodosga qochib ketadi[15]. Keyinchalik D’Obusson Boyazid bilan tinchlik shartnomasini tuzadi va Chem Sultonni qoʻlga olish uchun alohida kelishuvga erishadi. U Boyazidga har yili 35.000 dukat toʻlash evaziga Chem Sultonni oʻz hududida ushlab turishga vaʼda beradi. Shunday qilib, qoʻmondonlar pulni olgach, Chem Sultonga xiyonat qilishadi[16].
Nevarasi bilan Qohirada qolgan Chechek xotun Sulton Kayt Beyni oʻgʻli Chem Sultonni ozod qilishga koʻndiradi[17]. Voqea tafsilotlari Chem Sultonning onasi va Kayt Bey orasida boʻlgan yozishmalar orqali saqlanib qolingan[18]. Chechek xotunning saʼy-harakatlari Boyazidning eʼtiboriga tushadi va u Chem Sultonni asirlikda ushlab turish uchun toʻlovlarni oshirishni vaʼda qilib, kuchli choralar koʻradi[19]. Chechek xotun koʻp yillar davomida oʻgʻliqoʻlga olinmasligi uchun kuchli harakat qiladi[20].
Vafoti
tahrirChechek xotun 1498-yil 3-mayda vafot etgan va Qohirada dafn qilingan[21][8]. Uning oʻgʻli Chem Sulton Neapolda vafot etadi, jasadi esa Boyazidga topshiriladi. U raqib ukasining oʻlganligini shaxsan tekshirmoqchi boʻladi. Chem Sulton katta akasi Mustafo qabriga dafn etilgan[21].
OAV da
tahrir- „Fotih“ serialida (2013) Chechak rolini Gamze Ozchelik ijro etgan[22].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 Sakaoğlu 2007, s. 57.
- ↑ Sakaoğlu 2007, s. 56.
- ↑ Setton 1978, s. 410.
- ↑ Setton 1978, s. 381.
- ↑ Sakaoğlu 2007, s. 58.
- ↑ 6,0 6,1 Babinger 1992, s. 173.
- ↑ 7,0 7,1 Alderson 1956, Table XXVIII.
- ↑ 8,0 8,1 8,2 Uluçay 1985, s. 41.
- ↑ Uzunçarşılı 1988, 1 Cild, s.163.
- ↑ Fisher 1948.
- ↑ 11,0 11,1 Финкель 2017, глава 4.
- ↑ Caoursin 1496, s. 67.
- ↑ Shai Har-El 1995, s. 105.
- ↑ Peirce 1993, ss. 47–48.
- ↑ Shai Har-El 1995, s. 112.
- ↑ Shai Har-El 1995, s. 117.
- ↑ Yurdusev 2016, s. 83.
- ↑ Shai Har-El 1995, s. 120.
- ↑ Peirce 1993, s. 48.
- ↑ Sakaoğlu 2007, s. 63.
- ↑ 21,0 21,1 Sakaoğlu 2007, s. 157.
- ↑ Fatih IMDbda
Adabiyotlar
tahrir- Caroline Finkel. Osman's Dream: The History of the Ottoman Empire, 2017.
- Alderson, Anthony Dolphin. The Structure of the Ottoman Dynasty. Clarendon Press, 1956. (ingl.)
- Babinger, Franz. Mehmed the Conqueror and His Time. Princeton University Press, 1992. ISBN 978-0-691-01078-6. (ingl.)
- Fisher, Karl Heinrich. The Foreign Relations Of Turkey, 1481-1512, Illinois Studies ist the Social Sciences, vol.XXX, №1. UIP, 1948. (ingl.)
- Caoursin, Guillaume. Obsidio Rhodia, 1496.
- Caoursin, Guillaum. Siege of Rhodes, 1870. (ingl.)
- Peirce, Leslie P.. The Imperial Harem: Women and Sovereignty in the Ottoman Empire. Oxford: Oxford University Press, 1993 — 105, 145—146, 148, 245—246-bet. ISBN 0195086775, 9780195086775. (ingl.)
- Sakaoğlu, Necdet. Famous Ottoman Women. Avea, 2007. (turk.)
- Setton, Kenneth Meyer. The Papacy and the Levant, 1204-1571 The fifteenth century. American Philosophical Society, 1978. (ingl.)
- Shai Har-El. Struggle for Domination in the Middle East: The Ottoman-Mamluk War, 1485-91. BRILL, 1995. ISBN 978-9-004-10180-7. (ingl.)
- Uluçay, M. Çağatay. Padişahların kadınları ve kızları. Türk Tarih Kurumu, 1985. (turk.)
- Uzunçarşılı, İsmail Hakkı. Osmanlı Tarihi III. Cilt, 2. Kısım , XVI. Yüzyıl Ortalarından XVII. Yüzyıl Sonuna kadar. Ankara: Türk Tarih Kurumu, 1988. ISBN 978-975-16-0010. (Wayback Machine saytida 2017-05-07 sanasida arxivlangan)(turk.)
- Yurdusev A.. Ottoman Diplomacy: Conventional or Unconventional?. Springer, 2016. ISBN 978-0-230-55443-6. (ingl.)