Chelsie Monica Ignesias Sihite
Chelsie Monica Ignesias Sihite (1995-yil 2-noyabrda tugʻilgan) — indoneziyalik shaxmatchi va Twitch strimeri. U 2011-yilda FIDE xalqaro ayol ustasi (WIM) unvonini oladi va beshta shaxmat olimpiadalarida Indoneziya sharafini himoya qiladi (Xanti-Mansiysk 2010, Istanbul 2012, Tromso 2014, Boku 2016, Batumi 2018).
Chelsie Monica Ignesias Sihite | |
---|---|
Chelsie SIhite 2018-yilgi 43-shaxmat Olimpiadasida | |
Mamlakat | Indoneziya |
Tugʻilishi |
2-noyabr 1995-yil Balikpapan, Indoneziya |
Saravha | Woman International Master (2011) |
FIDE reyting | [1] (fevral 2024) 2252 (2021-yil noyabr) |
Yuqori reytingi | 2290 (2013-yil may) |
Shaxmatdagi faoliyati
tahrir2011-yil iyun oyida Tarakan shahrida oʻtkazilgan ASEAN+ 12+ yosh toifasidagi shaxmat boʻyicha chempionatda „Ayollar xalqaro ustasi“ unvoniga sazovor boʻladi. U 6,5 ochko (+5 =3 −1) toʻplaydi va Võ Thi Kim Phung va Jansaya Abdumalik bilan birgalikda birinchi oʻrinni egallaydi. Ammo tay-breklarda yutqazib, uchinchi oʻrinni egallaydi[1][2].
2012-yil avgust oyida u Afinada shaxmat boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etadi. U 8,5 ball (+8 =1 −4) toʻplab, sakkizinchi oʻrinni egallab, gʻolib Guo Qidan bir ochko ortda qoladi[3][4].
2012-yil sentabr oyida Istanbulda boʻlib oʻtgan 40-shaxmat olimpiadasida u oʻzining birinchi "Ayol grossmeyster " unvonini qoʻlga kiritadi. U 8 ochko (+7 =2 −1) toʻplaydi. Bu Betul Jemre Yildiz va Irina Krushdan keyin uchinchi eng yaxshi individual koʻrsatkich hisoblanar edi. Ushbu musobaqada Indoneziya terma jamoasi umumiy hisobda 24-oʻrinni egallaydi[5][6].
2015-yil noyabr oyida u Jakartada shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Indoneziyaning 45-milliy chempionatida gʻolib boʻladi. U 8 ochko toʻplab (+6 =4 −0),Shanti Nur Abida va Medina Varda Auliyadan yarim ochko oldinga oʻtib ketadi. Yakuniy natijalarga koʻra birinchi oʻrinni egallab chempionlikni qoʻlga kiritadi[7].
2019-yil iyun oyida u Yogyakarta shahrida boʻlib oʻtgan JAPFA shaxmat boʻyicha ayollar grossmeyster turnirida ikkinchi ayol grossmeysterlik darajasini qoʻlga kiritadi. U 6 ochko (+3 =6 −1) toʻplab, gʻolib Lương Phương Xạnhdan bir ochko ortda qoladi va turnirni beshinchi oʻrinda yakunlaydi[8][9].
2020-yil oktabr oyida u Osiyo xalqlari (mintaqalari) ayollar onlayn kubogida ishtirok etadi. U turnir bosqichida 5 ochko (+5 =0 −4), pley-off bosqichida esa 3,5 ochko (+3 =1 −2) toʻplaydi. Indoneziya terma jamoasi turnir bosqichida oltinchi oʻrinni egallaydi va finalda faqat Hindistonga yutqazib, ikkinchi oʻringa sazovor boʻladi[10].
Manbalar
tahrir- ↑ „12th ASEAN+ Age Group Chess Championship 2011 - FIDE Final Report“.
- ↑ „12th ASEAN+ Age Group Chess Championship 2011 - Final Ranking crosstable“.
- ↑ „World Junior Under 20 Chess Championships 2012 (Girls) - FIDE Final Report“.
- ↑ „World Junior Under 20 Chess Championships 2012 (Girls) - Final Ranking crosstable“.
- ↑ „40th World Chess Olympiad (Women) - FIDE Final Report“.
- ↑ „40th World Chess Olympiad (Women) - Final Ranking crosstable“.
- ↑ „45th National Women Chess Championship - Final Ranking crosstable“.
- ↑ „JAPFA Women Grandmaster Chess Tournament 2019 - FIDE Final Report“.
- ↑ „JAPFA Women Grandmaster Chess Tournament 2019 - Final Ranking crosstable“.
- ↑ „Asian Nations (Regions) Women Online Cup 2020 - Final Ranking crosstable“.