Chigʻatoy Oqtepasi
(Chig'atoy Oqtepasidan yoʻnaltirildi)
Chigʻatoy Oqtepasi — arxeologik yodgorlik, istehkomli qishloq xarobasi (5—8-asrlar, 10— 11-asrlar). Toshkentning shim.gʻarbida, Kaykovus kanali boʻyida joylashgan. 1927-yil Nikolay Mallitskiy va 1940-yil M.E.Voronets qayd etgan. 1968-yil Toshkentp arxeologiya ekspeditsiyasi tekshirgan. Tik yon bagʻirli tepalik shaklida saqlangan ark xarobasining diametri 30 m, balandligi 6-8 m boʻlib, atrofida mustahkam mudofaa devori bilan oʻralmagan qishloq joylashgan. Ch.O. hududi hozirgi tepalik shaklida saqlanib qolgan.
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |