Chilonzor qishlogʻi — Surxondaryo viloyatining Boysun tumanidagi qishloq. Qishloq tuman markazidan 52 kilometr masofada joylashgan.

Chilonzor
qishloq
38°12′0″N 67°12′0″E / 38.20000°N 67.20000°E / 38.20000; 67.20000
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Surxondaryo
tuman Boysun
Vaqt mintaqasi UTC+5
Chilonzor xaritada

Qishloqdan uni tumanning boshqa bir qishlogʻi — Xoʻjamayxona bilan bogʻlovchi avtotrassa oʻtgan[1]. Qishloqda davolanish maskani bor.

Maorifi

tahrir

Maktablari

tahrir

Chilonzor qishlogʻida 45-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi faoliyat olib boradi[2]. Maktab 320 oʻringa moʻljallangan boʻlib, hozirgi kunda ikki navbatda 605 oʻquvchilarga dars mashgʻulotlari olib borilmoqda. Maktab Boysun tumani hokimligi tomonidan 2007-yil 5-maydagi qarori asosida roʻyxatga olingan. Maktabga Mengli Doʻsimqulov direktorlik qiladi.

Maktab koʻmir va oʻtin bilan isitiladi. Maktabda tibbiy xonalar, tish davolash xonasi, qizlar gigiyena xonasi, yuvinish xonalari mavjud emas.

Maktabning Oʻzbekiston maktablari haqida axborot tizimidagi pasportida yozilishicha, „maktabda keying oʻquv yillarida oʻquvchilar soni oʻsib borayotganligi sababli sinf xonalarning yetishmasligi natijasida uch navbatda dars mashgʻulotlari olib borishga toʻgʻri kelmoqda“[3].

Manbalar

tahrir
  1. Navruz v gornom Baysune, 2012-02-03da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-05-13
  2. Surxondaryo viloyati --> Boysun tumani, 2017-09-18da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-05-13
  3. Surxondaryo viloyati Boysun tumani, 045 — sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining pasporti, 2016-03-04da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-05-13 {{citation}}: no-break space character in |title= at position 40 (yordam)