Chinni Sharopova

paxtakor, qishloq xoʻjaligi xodimi

Chinni Sharopova (1929-yil, Buxoro tumani, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR — ?) — paxtakor, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1957), KPSS aʼzosi (1953)[1][2].

Chinni Sharopova
Tavalludi 1929-yil
Vafoti Nomaʼlum
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Kasbi Qishloq xoʻjaligi xodimi, paxtakor
Unvoni
Mukofotlari

Tarjimayi holi

tahrir

Chinni Sharopova 1929-yil, Buxoro viloyati, Buxoro tumanida tavallud topgan. 1967-yilda Toshkent Qishloq xoʻjaligi institutini tamomlagan. 1950-yilgacha Buxoro tumanidagi „Lenin“ (sobiq „Yoʻlboshchi“) kolxozida kolxozchi, 1954—1958-yillari Qavola-Mahmud qishloq soveti[2], 1958—1961-yillarda Engels nomli kolxoz, 1961—1962-yillari Galaosiyo qishloq soveti raisi boʻlib ishlagan. 1967-yildan Buxoro tumani ijroiya komiteti raisi oʻrinbosari boʻlgan. Sharopova boshchiigidagi Engels nomli kolxoz paxtachilikni rivojlantirishda yuqori koʻrsatkichlarga erishgan. 6-chaqiriq SSSR Oliy Soveti (1958—1962), 4—5-chaqiriq OʻzSSR Oliy Soveti deputati boʻlgan[1].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 OʻzSE 1979, s. 627
  2. 2,0 2,1 Timur Karimov. „Sharapova Chinni“ (rus tilida). 2022-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-oktyabr.

Adabiyotlar

tahrir
  • Oʻzbek Sovet Ensiklopediyasi, XII tom, Toshkent: OʻzSE Bosh redaksiyasi, 1979 — 656-bet.