Chiston (fors.topishmoq) — Sharq sheʼriyatidagi lirik janrlardan biri. Dastlab xalq ogʻzaki ijodida sheʼriy savol-javob, topishmoq shaklida paydo boʻlgan. Chistonda [[narsa] yoki hodisaning xarakterli belgilari majoziy tavsiflanib, nima ekanligini topish oʻquvchi, tinglovchiga havola etiladi. Shu sababdan Chiston topishmoq sheʼr deb ham ataladi. Chistonda narsalarning nomlari ochiq aytilmaydi, balki ularga xos shakl, sifat va xususiyatlar qayd etiladi. Oʻquvchi yoki tinglovchi Chiston mazmunidan kelib chiqib, unda yashiringan, nomi pinhon tutilgan narsani oʻz zehni, idroki kuchi bilan topib oladi. Oʻtmishda shoirlar Chiston yaratishda, asosan, 2 usulabjad va oddiy topishmoqdan foydalanishgan. Chistonlar fard, bayt, qitʼa, ruboiy va qisman gʻazal shaklida yoziladi, 2 baytdan 10 baytgacha, hatto undan ham ortiq boʻlishi mumkin; maʼrifiy, ijtimoiy-siyosiy mazmunga ega boʻladi.

Oʻzbek adabiyotida Chistonning dastlabki namunalarini Alisher Navoiy yaratgan (mac, "Qalam", "Tanga", "Miqroz", "Yumurtqa" va boshqa Chistonlar). Shavqiy Kattaqoʻryuniynant "Samandar qush", Uvaysiyning "Anor" Chistonlari mashhur.

Adabiyot

tahrir
  • Orzibekov R., Lirikada kichik janrlar, T., 1976.