Allegoriya
Allegoriya (majoz)-ramzning bir koʻrinishi boʻlib, voqea-hodisa yoki narsa-buyumning mavhum tushunchasi oʻrnida aniq tasvirni ifodalovchi ramziy soʻz (obraz)ni qoʻllash, yaʼni adabiy asarda oʻquvchiga noaniq boʻlgan tushunchani koʻpchilikka maʼlum boʻlgan narsalarga xos belgilar bilan ifodalash usuli.
Allegoriya (yun. allegoria — oʻzgacha ifodalash, kinoya, qochirim) — badiiy tasvir, obrazlilik turi; mavhum tushun-cha yoki gʻoyalarni muayyan narsa, voqea va hodisa orqali ifodalash. Masalan, „toʻti“ soʻzining „gapdon“, „bulbul“ soʻzining „yaxshi qoʻshiq aytuvchi“ maʼno ifodalari boʻlsa, „boʻri“, „tulki“ soʻzlaridan „yomonlik“, „yovuzlik“, „ayyorlik“ni ifo-dalovchi salbiy maʼnolarda foydala-niladi. Soʻz bilan obraz oʻrtasidagi aloqa oʻxshashlik yoki uygʻunlikka asoslanadi (masalan, qalb-sevgi). Sharq adabiyoti, oʻrta asrlar (Uygʻonish davri) Gʻarb adabiyotida barokko, klassitsizm ruhidagi sanʼatda Allegoriya vositasida yaratilgan obrazlar koʻplab uchraydi (masalan, adliya sohasida „adolat“ tarozu koʻtarib turgan ayol shaklida ifo-dalanadi). Allegoriya masal va ertaklarning ayrim tur-larida keng qoʻllanadi (yana qarang Majoz)[1].
Misol: tulki-ayyor va aldamchi kishi, boʻri-ochkoʻz, chumoli-zahmatkash kishi va hok.
Majoz, allegoriya -adabiybadiiy usul yoki obrazlilik turi; mavhum tushuncha yoki mulohazani aniq bir obraz vositasida ifoda etish. Majozda 2 tushuncha orasidagi yaqinlikka asoslanib, yangi shartli ifoda yaratiladi. Maʼnaviy qadriyatlar (haqiqat, muhabbat, vijdon, imon kabi)ni anglatuvchi umumiy tushunchalar bilan birga maʼlum tipik hodisalar, harakterlar, mifologik personajlar, hatto aniq shaxslar ham Majoz oʻrnida kelishi mumkin. Majozning obrazli-predmetli va maʼnoli kabi ikki tomoni mavjud boʻlib, maʼnoli tomon birlamchi, obrazli-predmetlisi ikkilamchidir. Chunki obrazda hamisha oldindan maʼlum boʻlgan fikr qayd etiladi. Shu tufayli ma-joziy obraz, oddiy badiiy obrazdan farqli ravishda, maxsus sharhni talab qiladi.
Majoz asarning badiiy-estetik qimmatini, taʼsir kuchini oshirishga xizmat qiladigan vositalardan. Sharq folklori va adabiyoti namunalarida Majozning turli shakllari koʻplab uchraydi. Ayniqsa, Jaloliddin Rumiy, Farididdin Attor, Jomiy, Alisher Navoiy, Bedil ijodida oʻta shartli majoziy va ramziy obrazlar mavjud boʻlib, ularning keng miqyosli mazmuni predmet obrazga sigʻmaydi. Koʻpmaʼnolilik va falsafiy teranlikka, umumbashariy gʻoyalar va masalalarga boylik hamda badiiy yuksaklik koʻplab mashh-ur asarlarda ana shunday majoziy obrazlar vositasida erishilgan. Oʻrta as-rlar adabiyoti va klassitsizm sanʼatida majoziy shakllar adolat, ezgulik va yovuzlik haqidagi gʻoyalarni mifologik obrazlar vositasida ifodalash uchun, 19-asr rus adabiyotida esa senzurani nazarda tutib ham qoʻllangan (mas, Saltikov-Shchedrin ertaklari va boshqalar). Manyerizm, barokko, xususan, romantizm estetikasida Majoz keng oʻrin egallagan. Yevropa adabiyoti va sanʼatiga qadimgi, didaktik harakterdagi Majoz yot boʻlib, bu yerda u, asosan, voqealikni estetik idrok etishning majoziy obrazli shakli, yaʼni adabiybadiiy usul sifatidagina foydalanilgan (P. Shelli, Gyote, G. Ibsen, A. Frans, S. Shchedrin va boshqalar).
Badiiy adabiyotdagi koʻpchilik majoziy obrazlar folklordan, asosan, hayvonlar xaqidagi ertaklardan olingan (boʻri-ochkoʻzlik, tulki-ayyorlik timsoli kabi). Majoz turli janrlarda, ayniqsa, masal, ramz, rivoyat, hajv, parabola va boshqalarda keng qoʻllanadi. Shu bilan birga, u realistik yoʻnalishdagi yozuvchilar (Pushkin, Gogol. Chingiz Aytmatov, Rasul Hamzatov va boshqalar) ijodida ham uchraydi. Oʻzbek adabiyotidaHamza, Gʻafur Gʻulom, Hamid Olimjon, Gʻayratiy, keyinchalik Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Rauf Parfi kabilar ijodida Majozning turli namunalari mavjud.
Tasviriy sanʼatda Majoz baʼzi mavhum maʼno va tushunchalarni aniq va tasavvur eta oladigan qiyofa, shakllarda tasvirlashni anglatadi. Mas, adolatparvarlik — qoʻlida tarozu kutarib turgan kuzi bogʻliq ayol; goʻzallik va nafosat — maʼbuda Afrodita qiyofasida namoyon boʻladi. Majoz tasviri uning nima maʼno yoki tushunchaga qiyos etilayotganini tushuntiradigan unsurlar bilan ifodalanadi. Jumladan, sanʼat Majoz i boʻlgan Apollonning qoʻlida arfa tasvirlangan. Majoz Yunon va Rim, Italiya Uygʻonish sanʼatida, shu sanʼat anʼanalarini davom ettirishda keng ishlatilgan. XIX-XX asrlar realistik sanʼatida Majoz ijtimoiysiyosiy maʼnoga ega boʻldi. XX asrda Majoz mahobatli haykaltaroshlik va rangtasvirda, shuningdek, plakat va siyosiy hajviy (karikatura) asarlarida keng tarqaldi[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |