Chor Bakr meʼmoriy majmuasi

(Chor bakr meʼmoriy majmuasidan yoʻnaltirildi)

Chor Bakr meʼmoriy majmuasi — Buxoroning Sumitan mavzeidagi meʼmoriy yodgorlik (XVIXIX-asrlar). Shu yerda yashab oʻtgan mashhur toʻrt shayx yaʼni Chor Bakr nomi bilan bogʻliq. Majmua Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan.

Chor Bakr meʼmoriy majmuasi
Muqobil nomlari Chor Bakr meʼmoriy majmuasi

Umumiy maʼlumot
Maqomi Tarixiy obida
Turi Majmua
Shahar Buxoro
Mamlakat Oʻzbekiston
Qurilishi boshlangan XVI asr
Texnik holati
Material pishgan gʻisht, yogʻoch, ganch
Chor Bakr meʼmoriy majmuasi

Tarixi

tahrir

Sumitan qishlogʻi Xoja Abu Bakr Saʼd mozori oldiga Buxoro xoni shayboniy Abdullaxon II tomonidan 1559-yilda xonaqoh, masjid, madrasa va katta bogʻdan iborat meʼmoriy majmua barpo etilgan, keyingi asrlarda yana qoʻshimcha binolar qurilib, atrofi bogʻlarga aylantirilgan. Mazkur meʼmoriy majmua uchun Abdullaxon II 70 ming tilla sarflagan[1]. Majmuadagi xonaqoh boʻlib, uch tomonida eshik mavjud. Bino peshtoqi uch qavatli, ikki hujradan iborat boʻlib, gumbazli xona va peshtoqdan iborat[2]. Xonaqoh qibla tomonida mehrob mavjud. Xonaqoh gumbazi Arki duzi uslubida qilingan. Xonaqohning peshtoqida „Baqara“ surasining 61-62-oyatlari keltirilgan[3]. Peshtoqining 20 metr, poydevori esa 12 metrdan tashkil topgan[4]. Chor Bakr meʼmoriy majmuasidagi madrasa oliy toifadagi madrasalardan biri hisoblangan. 1950, 1971, 1999-yillarda madrasada taʼmirlash ishlari olib borilgan. Majmuadagi masjid hashamatli boʻlib, peshtoq qismida hujralari mavjud. Masjid peshtoqida „Al-isro“ surasi keltirilgan[5]. Masjid eshiklari esa Buxoroning qayragʻoch daraxti yogʻochidan ishlangan. Majmuadagi minora 1890-yilda Mirzo Hoji Joʻyboriy tomonidan tiklangan boʻlib, oldingi minora poydevori ustiga qurilgan[6]. Majmuadagi qadamjoning maydoni 40 gektar boʻlib, qabriston qismi 12 gektar maydonnga ega[7]. Chor Bakr meʼmoriy majmuasida Saʼdulla Xoji xarizarisi ham boʻlib, xonaqoh janubida joylashgan. Xazira yon tomonlarida 3 tadan hujralar mavjud[8]. Xazira ichkarisida sogʻona va qabrlar mavjud. Bundan tashqari majmuada Akobir Xoja xazirasi, Nasriddin Xoja xazirasi, Abduaziz Xoja xazirasi, Atoullo Xoja xazirasi, Zaynab Sulton xonim xazirasi, Obid Xoja xazirasi, Poshshooyim xazirasi, Sa’dulla Xoja xazirasi va boshqa xaziralar ham mavjud.

Meʼmorchiligi

tahrir

Majmuadagi xonaqoh gumbazli xona va peshtoqdan iborat. Peshtoq bezagida koshinkori naqshlar va yirik kufiy yozuvlar, ikki yon qanotida guldastalar bor. Ichki bezagida ganchkorlik va qirma namunalari uchraydi. Madrasa peshtogʻi kengroq, dahanasi uch ravoqqa boʻlingan. Kitobasi arabiy yozuvdan iborat. Darsxona toʻrtburchak tarxli, gumbazli, burchaklari hujralarga tutashgan boʻlib, yon tarzlari qoʻshqavat ravoqlar qatorini takrorlaydi. Yozlik masjid maydon sahnining toʻrida madrasa va xonaqoh orasida joylashgan. Peshtogʻining 2 qanoti qoʻsh qavatli hujralardan iborat. Peshtoq oldidagi supa sahnidan namozgoh sifatida foydalanilgan. Moʻjaz minora meʼmoriy majmua markazida joylashgan.


Manbalar

tahrir
  1. Чор Бакр 2001, s. 77.
  2. Ражабов 2016, s. 194.
  3. Чор Бакр 2001, s. 78.
  4. Чор Бакр 2001, s. 79.
  5. Чор Бакр 2001, s. 80.
  6. Чор Бакр 2001, s. 81.
  7. Чор Бакр 2001, s. 83.
  8. Чор Бакр 2001, s. 84.

Adabiyotlar

tahrir

Ilmiy adabiyotlar

tahrir
  • Ражабов Қ, Иноятов С. Бухоро тарихи. Tошкент: Тафаккур нашриёти, 2016 — 460-bet. ISBN 978-9943-24-119-0. 
  • Ҳусенов С, Ражабова И. Чор Бакр. Tошкент: Шарқ нашриёти, 2001 — 144-bet.