Chorshanba (shaharcha)
Chorshanba (ruscha: Чаршанбе) — Oʻzbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumaniga qarashli shaharcha. 2009-yil 13-martda Vazirlar Mahkamasining 68-sonli qaroriga binoan shaharcha maqomi berilgan[2]. Shaharchaning Chorshanbi, Chorshanbe shaklidagi nomlari ham uchraydi.
Shaharcha | |
39°02′07.4″N 66°57′36″E / 39.035389°N 66.96000°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Qashqadaryo viloyati |
tuman | Shahrisabz tumani |
Qachondan beri shaharcha | 2009 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Pochta indeks(lar)i | 181325[1] |
|
Etimologiyasi
tahrirShaharcha nomi chor va shanbi soʻzlarining birikishidan tarkib topgan. Chorshanbi bu haftaning aslida toʻrtinchi kuni hisoblanadi, hozirgi kunlar ketma-ketlikda esa chorshanba haftaning uchinchi kuni. Chorshanba haftaning oʻrtasidagi kun hisoblanadi. Shaharcha joylashgan hudud ham ayni oraliq, oʻrtalikda joy olganligi sababli shunday nomlangan. Qadimda Shahrisabzning Miraki yoʻli markazida bozor boʻlgan. Bozor yaqinida qishloqcha barpo etilgan. Bozor haftaning chorshanba kunlarida faoliyat yuritganligi va ayni markazdaligi hisobiga qishloqcha Chorshanba nomini olgan. Aniqrogʻi avvaliga chahorshanba keyin esa Chorshanba (Chorshanbi) shakliga oʻzgarib ketgan[3].
Joylashuvi
tahrirChorshanba shaharchasi Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanining gʻarbiy qismida Qutchi (janubda), Chuqun (gʻarbda), Beshkapa (shimoli-gʻarb), Temirchi (sharqda) shaharchalari oraligʻida joylashgan.
Aholisi
tahrir1-yanvar 2016-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Chorshanba shaharchasida 3500 dan ortiq aholi yashagan. Bu 3 yil avvalgi hisob-kitob natijasididan 300 taga ortiqdir[4].
Aholining asosiy qismini oʻzbeklar tashkil etsa ham, shaharchada tojik, qozoq, qoraqalpoq va boshqa millat vakillari yashaydi.
Iqlimi
tahrirChorshanba shaharchasining iqlimi keskin kontinental boʻlib, yillik oʻrtacha harorat 14,7° C ga teng. Yanvar oyining oʻrtacha harorati 0,8° C, eng past harorati —26° C. Iyul oyining oʻrtacha harorati 28° C, eng yuqori harorati 43° C.
Yogʻin miqdori
tahrirShaharchaga yillik 545 mm miqdorida yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri — 219 kunga teng.
Tuprogʻi
tahrirShaharcha hududida boʻz, jigarrang va qoʻngʻir togʻ oʻrmon tuproqlari keng tarqalgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Qashqadaryo viloyati“. goldenpages.uz. Qaraldi: 08-2023.
- ↑ POSTANOVLYeNIYe KABINYeTA MINISTROV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN 13.03.2009 g. N 68 O DOPOLNITYeLNIX MYeRAX PO SOVYeRShYeNSTVOVANIYu ADMINISTRATIVNO-TYeRRITORIALNOGO USTROYSTVA NASYeLYeNNIX PUNKTOV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN
- ↑ To'ra Nafasov. Qashqadaryo qishloqnomasi. Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2009-yil — 311-bet. ISBN 978-9943-354-60-9.
- ↑ Soliyev A.S.; Tashtayeva S.K.; Egamberdiyeva M.M.. Shaharlar geografiyasi. Toshkent: Barkamol fayz media, 2018 — 155-bet. ISBN 978-9943-5519-4-7.