Christopher Cadden (1996-yil 19-sentyabrda tugʻilgan) — Shotlandiyaning professional futbolchisi, Shotlandiya Premer- ligasining Hibernian klubida himoyachi yoki yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. Motherwell akademiyasi tarbiyalanuvchisi boʻlgan Cadden 2018-yil may oyida Shotlandiya terma jamoasi safida ilk bor xalqaro maydonga tushgan.

Chris Cadden
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Christopher Cadden[1]
Tavallud sanasi 19-sentyabr 1996-yil (1996-09-19) (27 yosh)
Tavallud joyi Bellshill, Shotlandiya
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Hibernian
Raqami 12
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2006—2014 Motherwell
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013—2019 Motherwell 115 (6)
2015Albion Rovers (ijara) 10 (2)
2019—2020 Columbus Crew 8 (0)
2019—2020Oxford United (ijara) 21 (0)
2021- Hibernian 40 (2)
Milliy terma jamoa
2016—2018 Shotlandiya U21 12 (1)
2018- Shotlandiya 2 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(7-avgust 2022-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2-iyun 2018-yil uchun)

Klubdagi faoliyati tahrir

Motherwell tahrir

Cadden 2014-yil 1-mart kuni Heartsga qarshi 4:1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda zaxira oʻyinchisi sifatida Motherwellda debyutini oʻtkazgan[2]. 2015-yilning 6-martida Cadden mavsum oxirigacha ijara asosida Shotlandiya 2-liga klubi Albion Roversga qoʻshilgan[3]. Cadden faoliyatidagi ilk golini 2015-yilning 4-aprelida „Albion Rovers“ Bervik Rangersni 2:0[4] hisobida magʻlubiyatga uchratganida va yana bir golini „Albion Rovers“ ligasida Clydega qarshi oʻyinda kiritgan. Uning ijara muddati klubning divizion gʻolibi sifatida koʻtarilishi bilan yakunlangan[5]. 2016-yilning 30-yanvarida Cadden Motherwell uchun birinchi golini „ Dundee“ga qarshi oʻyinda (2:2) kiritgan[6]. 2016-yilning mart oyida u klub bilan 2018-yilning yozigacha amal qiladigan yangi shartnoma imzolagan[7].

Columbus Crew SC tahrir

2019-yil 23-iyul kuni erkin agent Cadden Oliy Liga futbol jamoasi Columbus Crew SC bilan shartnoma imzolagan; u darhol Angliyaning " Oxford United " klubiga ijaraga berilishi va 2020-yilgi mavsum oldidan Columbus tarkibiga qoʻshilishi eʼlon qilingan[8].

Oxford United ijara tahrir

Cadden Oxforddagi debyutini 2019-20-yilgi mavsumning ochilish kunida " Sunderlend "ga qarshi 1:1 hisobida oʻtkazgan[9]. Cadden ijara davrida u Oxford uchun 21 ta oʻyinda maydonga tushgan va koʻpchilik uchun EFL League Onening eng yaxshi oʻng qanot himoyachilaridan biri hisoblangan. Oxford murabbiyi Karl Robinson ijarani bekor qilib oʻyinchini sotib olmoqchi boʻlgan, Columbus tomonidan rad etilgan[10].

Columbus safiga qaytish tahrir

Cadden 2020-yilgi mavsumni qanot va qanot himoyachisi pozitsiyalarida boshlagan[11]. Cadden mavsumning birinchi oʻyinida „New-York City“ga qarshi „Crew“ safida debyut qilgan[12]. U 87-daqiqada debyutanti Lucas Zelarayan bilan zahiradan maydonga tushgan[12]. 2020-yil dekabr oyida u MLS kubogini qoʻlga kiritgan jamoaning bir qismi edi. Yanvar oyida Cadden koʻproq oʻyin vaqtiga ega boʻlish uchun klubni tark etishi mumkinligi xabar qilingandi; uning Amerikaga oʻtishini COVID-19 pandemiyasi qiyinlashtirgani taʼkidlangan[13].

Hibernian tahrir

2021-yil 15-yanvarda Cadden uyiga Shotlandiyaga qaytib kelgan va Hibernian bilan ikki yarim yillik shartnoma imzolagan[14].

Xalqaro faoliyati tahrir

2016-yilning avgustida Cadden ilk bor 21 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati saralash bosqichida Makedoniya va Ukrainaga qarshi oʻyin oldidan Shotlandiyaning 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga chaqirilgan ammo dastlab tarkibga kiritilmagan[15]. U 2016-yilning 6-sentyabrida Ukrainaga qarshi oʻyinda debyut qilgan[16].

2018-yil 17-may kuni Cadden Peru va Meksikaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlari oldidan ilk bor Shotlandiya terma jamoasiga chaqirilgan[17][18].. U Shotlandiyadagi debyutini 29-may kuni Peruga 2:0 hisobida magʻlubiyatga uchragan oʻyinda oʻtkazgan[19].

Shaxsiy hayoti tahrir

Uning egizak akasi Nikki ham professional futbolchi, EFL 2-ligasida Forest Green Rovers jamoasida oʻynaydi[20].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

Klun Mavsum Liga Kubok Liga kubogi Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Motherwell 2013-14 Shotlandiya Premiership 3 0 0 0 0 0 0 0 3 0
2014-15 3 0 0 0 0 0 0 0 0 0 3 0
2015-16 20 2 1 0 0 0 21 2
2016-17 36 3 1 0 5 2 42 5
2017-18 33 0 4 0 8 4 45 4
2018-19 20 1 0 0 5 0 25 1
Jami 115 6 6 0 18 6 0 0 0 0 139 12
Albion Rovers (ijara) 2014-15 Shotlandiya Ikkinchi Ligasi 10 2 0 0 0 0 0 0 10 2
Jami 10 2 0 0 0 0 0 0 0 0 10 2
Columbus Crew SC 2019 MLS 0 0 0 0 0 0
2020 8 0 2 0 1 0 11 0
Jami 8 0 0 0 2 0 0 0 1 0 11 0
Oxford United (ijara) 2019-20 Birinchi Liga 21 0 2 0 0 0 0 0 23 0
Jami 21 0 2 0 0 0 0 0 0 0 23 0
Hibernian 2020-21 Shotlandiya Premiership 10 0 1 0 1 0 12 0
2021-22 Shotlandiya Premiership 28 2 4 1 2 0 0 0 34 3
2022-23 Shotlandiya Premiership 2 0 0 0 4 0 6 0
Jami 40 2 5 1 7 0 0 0 52 3
Karyerada Jami 192 10 13 1 25 6 0 0 1 0 231 17

Xalqaro tahrir

Shotlandiya
Yil Oʻyinlar Gollar
2018 2 0
Jami 2 0

Yutuqlar tahrir

Albion Rovers tahrir

  • Shotlandiya Ikkinchi ligasi (1): 2014-15

Columbus Crew tahrir

  • MLS kubogi (1): 2020

Manbalar tahrir

  1. „Notification of shirt numbers: Oxford United“. English Football League. Qaraldi: 24-oktabr 2019-yil.
  2. „Motherwell 4–1 Hearts“. BBC Sport (1-mart 2014-yil). Qaraldi: 1-mart 2014-yil.
  3. „Cadden joins Rovers on loan“. Motherwell F.C. (6-mart 2014-yil). Qaraldi: 7-mart 2014-yil.
  4. „Albion 2–0 Berwick“. BBC Sport (4-aprel 2015-yil). Qaraldi: 5-aprel 2015-yil.
  5. „Chris Cadden: Dad lost Youth Cup final with Motherwell – I'm out to go one better“. Evening Times (27-aprel 2016-yil). Qaraldi: 30-may 2018-yil.
  6. Davie. „Dundee 2–2 Motherwell“. BBC Sport (30-yanvar 2016-yil). Qaraldi: 1-avgust 2016-yil.
  7. „Mark McGhee: Motherwell starlet Chris Cadden has a bright future“. Evening Times (14-mart 2016-yil). Qaraldi: 19-may 2016-yil.
  8. Murphy. „Crew sign midfielder Chris Cadden; loan him for remainder of 2019“. MassiveReport.com. SB Nation (23-iyul 2019-yil). 2022-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-iyul 2019-yil.
  9. Williams. „REPORT Sunderland 1 Oxford United 1“. Oxford United F.C. (3-avgust 2019-yil). Qaraldi: 3-avgust 2019-yil.
  10. „Chris Cadden bids farewell to Oxford United as Columbus Crew trigger recall“ (inglizcha). Oxford Mail. Qaraldi: 2-mart 2020-yil.
  11. Myers. „Crew's Chris Cadden pushing himself in reserve role“ (inglizcha). The Columbus Dispatch. 2-mart 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-mart 2020-yil.
  12. 12,0 12,1 „Columbus Crew vs. New York City“. MLS. 2020-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan.
  13. Guldan. „Chris Cadden likely to depart the Crew as reports of Scottish transfer intensify“ (inglizcha). Massive Report (5-yanvar 2021-yil). 2022-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-avgust.
  14. „Chris Cadden is a Hibee!“. Hibernian FC (15-yanvar 2021-yil). Qaraldi: 15-yanvar 2021-yil.
  15. „Scotland U21s: Cadden & Hendrie replace Macleod & McFadzean“. BBC Sport (28-avgust 2016-yil). Qaraldi: 10-sentabr 2016-yil.
  16. „Ukraine U21 4 – 0 Scotland U21: Hearts' John Souttar sent off“. The Scotsman (6-sentabr 2016-yil). Qaraldi: 10-sentabr 2016-yil.
  17. „Chris Cadden gets Scotland call“. motherwellfc.co.uk. Motherwell F.C. (17-may 2018-yil). Qaraldi: 17-may 2018-yil.
  18. „Chris Cadden: Scotland add Motherwell midfielder to squad for friendlies“. BBC Sport. BBC (17-may 2018-yil). Qaraldi: 17-may 2018-yil.
  19. Lamont. „Peru 2–0 Scotland“. BBC Sport. BBC (30-may 2018-yil). Qaraldi: 30-may 2018-yil.
  20. Mackenzie, Alasdair. „Caddens on the rise as twins Nicky and Chris celebrate 21st birthday on the pitch for Livingston and Motherwell“. The Herald (21-sentabr 2017-yil). Qaraldi: 21-sentabr 2017-yil.