Christian Eriksen
Christian Dannemann Eriksen (1992-yil 14-fevralda tugʻilgan) — daniyalik professional futbolchi, Premer liganing „Manchester United“ klubi va Daniya terma jamoasida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Christian Dannemann Eriksen[1] | ||
Tavallud sanasi | 14-fevral 1992-yil[2] | ||
Tavallud joyi | Middelfart, Daniya | ||
Boʻyi | 1.82 m[3] | ||
Ampluasi | Hujumkor yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Manchester United | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1995-2005 | Middelfart G&BK | ||
2005-2008 | OB | ||
2008-2010 | Ajax | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2010-2013 | Ajax | 113 | (25) |
2013-2020 | Tottenham Hotspur | 226 | (51) |
2020-2021 | Inter Milan | 43 | (4) |
2021-2022 | Brentford | 11 | (1) |
2022-… | Manchester United | 0 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2007-2009 | Daniya U17 | 27 | (9) |
2009 | Daniya U18 | 5 | (1) |
2009 | Daniya U19 | 3 | (1) |
2011 | Daniya U21 | 3 | (1) |
2010- | Daniya | 115 | (38) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (22-may uchun) |
Christian Eriksen oʻzining professional faoliyatini 2010-yil 18 yoshida „Ajax“ (talaffuzi: Ayaks) safida boshlagan. U klubi bilan uchta Eredivizion chempioni va KNVB kubogini qoʻlga kiritgan. Isteʼdodli yarim himoyachi 2013-yilda „Tottenham“ga 11 million funt sterling (12,45 million yevro) evaziga shartnoma imzoladi, klubda u ikki marta klubining eng yaxshi oʻyinchisi deb topildi, 2017-18-yilgi mavsumda PFA yilning eng yaxshi jamoasiga nomzod boʻldi. U Tottenham jamoasi bilan 2019-yil UEFA Chempionlar ligasi finaliga chiqdi. 2020-yilning yozida Eriksen 19,7 million yevro (16,9 million funt) evaziga „Inter“ ga oʻtdi va 2021-yilda shartnomasi oʻzaro bekor qilinishidan oldin A Seriya chempionligini qoʻlga kiritdi. Eriksen 2022-yilning qishida Brentfordga oʻtib Premer ligaga qaytdi. U yerda muvvafaqiyatli oʻyin koʻrsatgan Eriksen 2022-yilning yozida Manchester Unitedga oʻtadi
Eriksen terma jamoa safidagi debyutini 2010-yil 18 yoshida qilgan. Shu kungacha u Daniya terma jamoasi safida 110 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan, jumladan toʻrtta yirik turnirda ishtirok etgan, 2010-yilgi futbol boʻyicha Jahon chempionatida ham eng yosh futbolchi boʻlgan. Eriksen oʻz mamlakatining barcha vaqtlardagi eng koʻp toʻpurarlari orasida beshinchi oʻrinni egalladi va besh marta Daniyaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 2021-yil 12-iyun kuni Finlandiyaga qarshi UEFA Yevro-2020 o‘yini vaqtida Eriksen yurak xurujidan so‘ng maydonga yiqilib tushdi, unga kardiopulmoner reanimatsiyasi berildi va keyinchalik implantatsiya qilinadigan kardioverter-defibrilator oʻrnatildi.
Klubdagi faoliyati
tahrirMiddelfart va Odense
tahrirDaniyaning Middelfart shahrida tugʻilgan Eriksenning otasi Tomas uni mahalliy Middelfart G&BK akademiyasiga olib bordi[4]. Oʻsha paytlarda Eriksenning otasi ham murabbiylardan biri edi va 2004-yilda yoshlar chempionatida toʻrt yil ichida magʻlubiyatsiz uch marta chempionlik olib kelgan[5]. Keyingi yili u Daniya yoshlar chempionatida Odense Boldklub jamoasiga qoʻshildi va bir yil ichida klubga chempionlikka erishishida oʻz hissasini qoʻshdi. Aynan Odense Boldklubda Eriksen oʻzining texnik qobiliyatini koʻrsata boshladi, dribling va jarima zarbalari texnikasi oʻsha paytdagi murabbiy Tonni Hermansen tomonidan olqishlandi[5]. Uning yoshlar chempionatidagi harakatlari Yevropaning bir qator yirik klublari, jumladan, "Chelsea" va "Barselona"ning eʼtiborini tortdi[6]. Oxir-oqibat Eriksen ikkala klubga ashadiy raqib boʻlgan, "Real Madrid", "Manchester United" va "Milan" bilan muzokaralar olib bordi, lekin „Ajax“ga oʻtishga qaror qildi va u shunday dedi: „Mening birinchi qadamim juda katta boʻlmasligi kerak. Gollandiyada oʻynash mening rivojlanishim uchun juda foydali boʻlishini bilardim. Men Ajaxga keldim va bu ajoyib variant edi“[7].
Ajax
tahrir2008-2010-yil yoshlar va asosiy jamoada
tahrir2008-yilning 17-oktyabrida Eriksen Amsterdamning „Ajax“ klubi bilan ikki yarim yillik shartnoma imzoladi[8]. U „Ajax“da yoshlar jamoalarida oʻynadi va 2010-yilning yanvarida asosiy jamoa tarkibiga qoʻshildi, u yerda unga 51-raqamli futbolka berildi. Oʻsha oyning oxirida u Erediviziyada NAC Breda bilan (1:1) oʻtgan oʻyinda oʻzining debyutini oʻtkazdi[9][10].
Tottenham Hotspur
tahrir2013-2016-yil Premer ligaga kelish va Liga kubogida 2-oʻrin
tahrir2013-yilning 30-avgustida Premer liga klubi „Tottenham“ Eriksenni „Ajax“dan 11 million funt sterlingga (12,45 million yevro) transfer qilganini eʼlon qildi[11]. Eriksen klubga „Roma“dan kelib qoʻshilgan Erik Lamela va „Steaua București“dan kelib qoʻshilgan Vlad Chiricheș bilan bir kunda jamoaga kelib qoʻshildi[12]. U 14-sentabr kuni „Norwich City“ga qarshi ligadagi debyutini o‘tkazdi va 2:0 hisobidagi g‘alabada Gylfi Sigurðssonga assistentlik qildi. Oʻyindan soʻng „shporlar“ bosh murabbiyi André Villas-Boas shunday dedi: „Bu Christian uchun ajoyib debyut boʻldi, u jamoadagi munosib 10-raqam egasi, kreativ oʻyinchi va uning individual mahorati hamma narsani oʻzgartirdi“[13].
Besh kundan soʻng, Eriksen darvozabon ustidan oshirib ajoyib zarba yoʻlladi va oʻzining birinchi „Tottenham“ safidagi golini urdi va Yevropa ligasida Tromsø IL ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozondi[14].
Inter Milan
tahrir2020-yilning 28-yanvarida „Tottenham“ bilan shartnomasi olti oydan so‘ng nihoyasiga yetadigan Eriksen A Seriyaning „Inter“ klubi bilan to‘rt yarim yillik shartnoma imzoladi, klub unga mavsum uchun 10 million yevro to‘lashga kelishildi[15]. Ertasi kuni u klubdagi debyutini oʻtkazdi va Italiya kubogi chorak finalida „Fiorentina“ ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda Aleksis Sanchesning oʻrniga ikkinchi boʻlimda maydonga tushdi. 20-fevral kuni Eriksen Yevropa ligasi doirasidagi „Ludogorets Razgrad“ ustidan mehmonda 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, klub safidagi ilk golini kiritdi. U A Seriyadagi ilk golini 1-iyul kuni Brescia qarshi oʻyinda (6:0) kiritdi. 21-avgust kuni Eriksen 2020-yilgi Yevropa ligasi finalida „Inter“ning „Sevilya“ga qarshi o‘yinida (2:3) maydonga tushdi va UEFAning joriy ikki yirik musobaqalarida ketma-ket ikki finalda mag‘lub bo‘lgan birinchi futbolchiga aylandi. Bir yil avval „Tottenham“ bilan 2019-yilgi Chempionlar ligasi finalida mag‘lub bo‘lgan edi[16].
Brentford
tahrir2022-yil 31-yanvarda Eriksen Premer liga klubi Brentford bilan olti oylik shartnoma imzoladi[17].
Manchester United
tahrir2022-yilning 15-iyulida „Manchester United“ Eriksen bilan 3 yillik shartnoma imzolash bo‘yicha kelishuvga erishganini eʼlon qildi[18]. 2022-yil 28-iyulda uning 14-raqamda toʻp surishi tasdiqlandi. 7-avgust kuni Eriksen Premer ligada „Brighton & Hove Albion“ga qarshi oʻz uyida 2:1 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda klubdagi debyutini oʻtkazdi. U klubda oʻzining birinchi golli uzatmasini ligada raqibi „Arsenal“ ustidan 3:1 hisobida amalga oshirgan va Marcus Rashfordning ikkinchi goliga assistentlik qildi[19].
Terma jamoadagi faoliyati
tahrirEriksen birinchi marta Daniya terma jamoasiga chaqiruvini 2010-yil fevral oyida oldi[20], mart oyida Daniyaning Avstriyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida debyut qildi, Daniyaning to‘rtinchi eng yosh terma jamoadagi Maykl Laudrupdan keyingi eng yosh debyutanti boʻldi[21].
2010-yil 28-may kuni Daniya terma jamoasi bosh murabbiyi Morten Olsen Eriksen 2010-yilda Janubiy Afrikada boʻlib oʻtgan futbol boʻyicha Jahon chempionatida ishtirok etuvchi 23 kishidan iborat yakuniy tarkibga kirishini eʼlon qildi[22]. U turnirda qatnashgan eng yosh futbolchi edi. Jahon chempionatida Eriksen Gollandiya va Yaponiyaga qarshi ikkita oʻyin oʻtkazdi, ammo Daniya guruh bosqichidan chiqa olmadi[23].
2018-yilgi Jahon chempionatiga tayyorgarlik jarayonida Daniya Polsha va Ruminiya bilan bir qatorda UEFA E guruhidan joy oldi. Eriksen milliy terma jamoa saralashida muhim rol oʻynadi va shu vaqt ichida u sakkizta gol urib, Daniyani Irlandiya Respublikasiga qarshi pley-offga olib chiqdi[24].
UEFA Yevro-2020 turnirida yurak xuruji
tahrirEriksen Daniya terma jamoasining 2021-yil 25-may kuni Yevro-2020 uchun terma jamoasiga kiritildi[25]. 12-iyun kuni Kopengagendagi „Parken“ stadionida Daniya va Finlandiyaga qarshi guruh bosqichining dastlabki oʻyinida Eriksen 42-daqiqada toʻpni yon chiziqdan maydonga kiritmoqchi boʻlganida yiqilib tushdi. Shoshilinch tibbiy yordam zudlik bilan yetib keldi va Eriksen zambilda maydondan chiqarildi, o‘yin to‘xtatilishidan oldin, maydonda yurak-o‘pka reanimatsiyasi va defibrilatsiyasi amalga oshirildi[26]. Hodisadan taxminan bir soat o‘tgach, UEFA va Daniya futbol assotsiatsiyasi (DBU) rasmiylari Rigshospitalet kasalxonasidan Eriksenning ahvoli barqarorlashganini tasdiqlashdi. Oʻsha oqshom oʻyin davom etdi va natijada Finlandiya 1:0 hisobida gʻalaba qozondi. Eriksen UEFA tomonidan oʻyinning eng yaxshi futbolchisi sifatida tanlandi. Daniya terma jamoasi bosh murabbiyi Kasper Hjulmand va jamoa shifokori Morten Boesen oʻyin davom etganidan afsusda ekanliklarini bildirishdi[27].
Ertasi kuni Boesen Eriksenning yurak xurujiga uchraganini tasdiqladi. 15-iyun kuni Eriksen oʻzining ijtimoiy tarmoqlariga kasalxonada tushgan suratini qisqacha bayonot bilan joylashtirdi va u ayni vaqtda yaxshi ekanini taʼkidladi[28]. 18-iyun kuni DBU Eriksen muvaffaqiyatli operatsiya qilinganligini va Rigshospitaletdan chiqarilganini eʼlon qildi.
2022-yilda xalqaro futbolga qaytish
tahrirEriksen 2022-yil 26-mart kuni Gollandiyaga qarshi o‘yinda 4:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan oʻyinda tanaffusdan maydonga tushdi va qaytishi bilanoq 2 daqiqa oʻtib gol urdi[29].
Oʻyin uslubi
tahrirJahon futbolida Christian Eriksen asosan „klassik oʻninchi raqam egasi“ deb taʼkidlanadi[30]. Eriksenning maydondagi pozitsiyasi — maydon markazida hujumchilar orqasida hujumkor yarim himoyachi sifatida erkin oʻynash[31][32]. Ammo, u taktik jihatdan koʻp qirrali oʻyinchi, u markaziy yarim himoyachi yoki 4-3-3 tizimida ham oʻynashga qodir (xuddi „Ajax“dagi birinchi yillarida boʻlgani kabi)[32][33], u baʼzida chap qanotda yoki ikkinchi hujumchi sifatida ham oʻynatilgan[32].
Koʻrish qobiliyati, uzoq masofani bosib oʻtishi, himoyani kesib oʻtishning aniqligi, toʻplarni yetkazib berish, ijodkorlik, texnik koʻnikmalar, harakat va oʻyinni oʻqish qobiliyati, shuningdek, yaxshi muvozanat va maydonga moslashish qobiliyatiga ega boʻlgan kamyob futbolchi. Eriksen oʻz qobiliyati bilan ekspertlar tomonidan yuqori baholanadi. U oʻz isteʼdodidan tashqari, maydondagi mehnatkashligi va aql-zakovati bilan ham tanilgan[31][32][34][35][36][37]. U, shuningdek, jarima zarbalaridan gol urishga, tabiiy ravishda oʻng oyoqli futbolchi boʻlishiga qaramay, ayniqsa, uzoq masofadan turib toʻpni ikki oyogʻi bilan kuchli va aniq zarba berish qobiliyati bilan mashhur[5][32][36][37][38][39].
Oʻyin uslubi, millati tufayli ekspertlar uni yoshligida vatandoshlari Maykl va Brayan Laudrup[34][40], shuningdek, Wesley Sneijder va Rafael van der Vaartga oʻxshatishadi[35]. Eriksen ham oʻzining kumiri sifatida Francesco Tottini tilga oladi[41].
Shaxsiy hayoti
tahrirEriksen yoshligidan sevgan qizi Sabrina Kvist Jensen bilan turmush qurdi[42][43]. Ularning ikki farzandi, bir o‘g‘li va bir qizi bor[44][45]. Eriksenning singlisi Luiza Eriksen ham futbolchi boʻlib, Elitedivisionenda KoldingQ jamoasida toʻp suradi va uning sardori hisoblanadi[46][47].
Yutuqlari
tahrirAjax
tahrirTottenham Hotspur
tahrir- Football League Cup 2-oʻrin: 2014-15
- UEFA Chempionlar ligasi 2-oʻrin: 2018-19[50]
Inter Milan
tahrir- Serie A: 2020-21
- UEFA Yevropa ligasi 2-oʻrin: 2019-20
Individual sovrinlari
- Ajax „Kelajak isteʼdodi“ (Sjaak Swart mukofoti): 2010[51]
- Ajax yilning eng yaxshi iqtidori (Marko van Basten mukofoti): 2011[52]
- Daniya U-17 yilning eng yaxshi iqtidori: 2008[53]
- Daniyada yilning eng yaxshi iqtidori: 2010, 2011[54]
- Johan Cruyff kubogi: 2011[40]
- Gollandiyalik yilning eng yaxshi futbolchisi bronza butsasi: 2012[51]
- Daniyada yilning eng yaxshi futbolchisi: 2013, 2014, 2015, 2017, 2018[55]
- TV2 va DBU tomonidan Daniyadagi yilning eng yaxshi futbolchisi: 2011, 2013, 2014, 2017[56]
- Yilning PFA jamoasi aʼzosi: 2017-18-yil Premer liga[57]
- „Tottenham“ning eng yaxshi futbolchisi: 2013-14, 2016-17[58][59]
- UEFA Chempionlar ligasining mavsumdagi eng yaxshi yarim himoyachisi 2-oʻrin: 2018-19[60]
- Premer-ligada oyning eng chiroyli goli: 2018-yil aprel[61]
- FIFA FIFPro World11 nomzodi: 2019 (14-yarim himoyachi orasida)[62]
Manbalar
tahrir- Daniya futbol assotsiatsiyasi veb-saytidagi profil
- ↑ „FIFA World Cup Russia 2018: List of Players: Denmark“. FIFA (2018-yil 15-iyul). 2019-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Andoza:Hugman
- ↑ „Christian Eriksen“. Tottenham Hotspur F.C.. 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „The making of Christian Eriksen: from the start he was a 'wow' footballer“.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 Ames, Nick. „The making of Christian Eriksen: from the start he was a 'wow' footballer“. The Guardian (2018-yil 15-iyun). Qaraldi: 2018-yil 25-iyun.
- ↑ „FC Barcelona kigger på OB-talent“ (da). BT.
- ↑ „De eerste stap moest niet te groot zijn, Ajax was fantastische optie“ (nl). Voetbalzone (2011-yil 28-fevral). Qaraldi: 2011-yil 28-fevral.
- ↑ „Danish starlet Eriksen opts for Ajax“. UEFA (2008-yil 17-oktyabr). Qaraldi: 2010-yil 19-aprel.
- ↑ „Eriksen fik debut i Ajax“ (da). Danmarks Radio (2010-yil 17-yanvar). Qaraldi: 2010-yil 17-yanvar.
- ↑ Mannion, Damian. „Christian Eriksen – The player every club wants: Ten things you need to know“. talkSport (2011-yil 10-fevral). Qaraldi: 2018-yil 25-iyun.
- ↑ „Eriksen Arrives“. Tottenham Hotspur F.C. (2013-yil 30-avgust). Qaraldi: 2013-yil 30-avgust.
- ↑ Hytner, David. „Tottenham's spend passing £110m with Erik Lamela and Christian Eriksen“ (2013-yil 30-avgust). Qaraldi: 2013-yil 30-avgust.
- ↑ Collett, Mike. „Eriksen proves life goes on for Spurs after Bale“. Reuters (2013-yil 14-sentyabr). 2020-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-sentyabr.
- ↑ „Europa League: Two Jermain Defoe goals secure Tottenham a 3–0 win over Tromso“. Sky Sports (2013-yil 19-sentyabr). Qaraldi: 2014-yil 29-may.
- ↑ „CHRISTIAN ERIKSEN IS A NEW INTER PLAYER“. Inter Milan (2020-yil 28-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 28-yanvar.
- ↑ „Christian Eriksen Made History In The Europa League Final For All The Wrong Reasons“. Sport Bible (2020-yil 22-avgust). 2021-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-sentyabr.
- ↑ „Brentford confirm signing of Christian Eriksen“. Brentford F.C. (2022-yil 31-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 31-yanvar.
- ↑ „Transfer news: Eriksen signs for United“. ManUtd.com. Manchester United (2022-yil 15-iyul). Qaraldi: 2022-yil 15-iyul.
- ↑ Stone, Simon „Manchester United 3-1 Arsenal: Antony scores on his debut to end Arsenal's winning run“. BBC Sport (2022-yil 3-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 3-sentyabr.
- ↑ „Christian Eriksen: Det er helt vildt“ (da). Bold.dk (2010-yil 26-fevral). Qaraldi: 2010-yil 13-aprel.
- ↑ „A-landsholdspillere – Yngste debutant“ (da). www.haslund.info. 2011-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 18-may.
- ↑ „Olsen names final Denmark squad“. UEFA (2010-yil 28-may). Qaraldi: 2010-yil 2-iyun.
- ↑ „Netherlands vs. Denmark“. Soccerway (2010-yil 17-noyabr). Qaraldi: 2011-yil 11-fevral.
- ↑ Hawkey, Ian. „Christian Eriksen is danger for Ireland“. The Times (2017-yil 5-noyabr). Qaraldi: 2017-yil 15-noyabr.
- ↑ „26 spillere klar til EM for Danmark“ (da). Danish Football Association (2021-yil 25-may). Qaraldi: 2021-yil 25-may.
- ↑ Christenson, Marcus „'He was gone': Christian Eriksen had cardiac arrest, Denmark doctor says“. The Guardian (2021-yil 13-iyun). Qaraldi: 2021-yil 13-iyun.
- ↑ „Christian Eriksen collapse: Denmark coach regrets restart v Finland“. BBC Sport (2021-yil 13-iyun). Qaraldi: 2021-yil 13-iyun.
- ↑ Instagram post from 15 June 2021
- ↑ „Eriksen scores on Denmark return“ (en-GB). BBC Sport. Qaraldi: 2022-yil 26-mart.
- ↑ „Eriksen puts faith in Ajax way by Berend Scholten“.
- ↑ 31,0 31,1 Barcellona. „Il Tottenham è una squadra senza compromessi“ (it). www.ultimouomo.com (2018-yil 12-fevral). Qaraldi: 2020-yil 28-yanvar.
- ↑ 32,0 32,1 32,2 32,3 32,4 Barcellona. „Eriksen cambierebbe l'Inter“ (it). www.ultimouomo.com (2020-yil 21-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 28-yanvar.
- ↑ va 4-2-3-1 sxemasida oʻng qanot yarimhimoyachisi sifatida.
- ↑ 34,0 34,1 „Eriksen puts faith in Ajax way by Berend Scholten“. UEFA (2010-yil 13-mart).
- ↑ 35,0 35,1 Barcellona. „L'ultima frontiera del trequartista moderno“ (Italian). www.ultimouomo.com (2017-yil 17-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 28-yanvar.
- ↑ 36,0 36,1 Krogh. „Eriksen the right man for Inter“. football-italia.net. Football Italia (2020-yil 16-yanvar). 2021-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-yanvar.
- ↑ 37,0 37,1 Smith. „Is Tottenham midfielder Christian Eriksen the Premier League's top creator?“. Sky Sports (2017-yil 23-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 29-yanvar.
- ↑ „Christian Eriksen the Premier League's best free kick taker says Fabianski“. ESPN FC (2015-yil 5-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 28-yanvar.
- ↑ „Eriksen completes transfer to Inter from Tottenham“. The Washington Post (2020-yil 28-yanvar). 2020-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-yanvar.
- ↑ 40,0 40,1 Scholten. „Janssen named Netherlands' finest“. UEFA (2011-yil 23-may). Qaraldi: 2011-yil 6-iyun.
- ↑ „Eriksen: 'Totti il mio idolo. E a Football manager...'“ (it). Calciomercato.com (2020-yil 5-fevral). Qaraldi: 2021-yil 14-iyun.
- ↑ „Christian Eriksen deler sød hemmelighed: Det hedder sønnike“. SE og HØR (2018-yil 31-dekabr).
- ↑ June 2021. „Euro 2020 – Who is Christian Eriksen's wife and does he have kids?“. fourfourtwo.com (2021-yil 12-iyun).
- ↑ „Har holdt det hemmeligt i månedsvis: Nu afslører Christian Eriksen sønnens navn“. B.T. (2018-yil 31-dekabr).
- ↑ „Family of 4 😍❤️“ (2020-yil 31-dekabr). 2022-yil 20-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-iyun.
- ↑ „Eriksen om lillesøster på landsholdet: Hun har også været lidt jaloux på mig“ (da). DR (2017-yil 23-mart).
- ↑ „Det bliver i familien: Søster Eriksen udtaget til landsholdet“ (da). DR (2017-yil 22-mart).
- ↑ „Trophies“. AFC Ajax (2015-yil 20-yanvar). 2015-yil 20-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Netherlands – List of Super Cup Finals“. Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation. Qaraldi: 2015-yil 20-yanvar.
- ↑ McNulty, Phil. „Tottenham Hotspur 0–2 Liverpool“. BBC Sport (2019-yil 1-iyun). Qaraldi: 2019-yil 1-iyun.
- ↑ 51,0 51,1 „Tottenham confirm the signing of midfielder Christian Eriksen from Ajax“ (en). Sky Sports (2013-yil 31-avgust). Qaraldi: 2017-yil 19-mart.
- ↑ „Stekelenburg Ajacied van het Jaar, Christian Eriksen Talent van het Jaar“ (nl). AFC Ajax (2011-yil 15-may). 2011-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 6-iyun.
- ↑ „Danish starlet Eriksen opts for Ajax“. UEFA (2008-yil 17-oktyabr). Qaraldi: 2010-yil 19-aprel.
- ↑ „Tottenham Hotspur Star Christian Eriksen Wins Danish Player of the Year Award“. Inside Futbol (2015-yil 10-yanvar). Qaraldi: 2015-yil 20-yanvar.
- ↑ „Årets Mandlige Fodboldspiller“. spillerforeningen.dk. 2018-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-iyul.
- ↑ „Årets spiller“. dbu.uk. Qaraldi: 2022-yil 27-iyun.
- ↑ „Manchester City players dominate PFA team of the year“. BBC Sport (2018-yil 18-aprel). Qaraldi: 2018-yil 5-may.
- ↑ „Christian and Dele's Club Awards Double“. Tottenham Hotspur F.C. (2017-yil 13-may). Qaraldi: 2017-yil 16-noyabr.
- ↑ „Christian's pride“. Tottenham Hotspur F.C. (2015-yil 11-yanvar). Qaraldi: 2015-yil 20-yanvar.
- ↑ Union of European Football Associations. „UEFA Champions League Midfielder of the Season 2018/19“. UEFA.com (2019-yil 29-avgust). Qaraldi: 2019-yil 6-oktyabr.
- ↑ „Eriksen strike wins Carling Goal of the Month“. Premier League (2018-yil 9-may). Qaraldi: 2018-yil 9-may.
- ↑ „Rankings: How All 55 Male Players Finished“. FIFPro World Players' Union (2019-yil 23-sentyabr). 2019-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-iyul.