Azob
Azob (boshqa nomlari: uqubat, aziyat, qiynalish) deb biror zarar yetganda yoki zarar yetishi ehtimoli paydo boʻlganda vujudga keladigan jismoniy holat[1] va/yoki ruhiy[2] yoqimsiz hissiyotlar majmuiga aytiladi. Azob salbiy affektdir.
Azob (arab. – qiynoq) – shariatda gunoh uchun belgilangan jazo. Gunoh uchun qozi tomonidan belgilanadigan jazo ham, narigi dunyoda beriladigan jazo ham azob deb atalgan. [3]
Azob turli darajada taʼsir etishi, kuchsiz yoki kuchli boʻlishi mumkin. Bu intensivlikka davomiylik va tez-tezlik faktorlari taʼsir qiladi. Azob ongli mavjudotlar hayotlarida turlicha namoyon boʻladi: uni atrofdagilar payqamasligi yoki aksincha, u dramatik sodir boʻlishi mumkin. Inson faoliyatining koʻp sohalari azobni yengish (psixologik yordam, tibbiyot, yupatish) yoki ishlatishga (qiynash, jazolash) qaratilgan.
Manbalar
tahrir- ↑ Jismoniy azobga misollar: ogʻriq, kuchli qichima, qitiq, ochlik, chanqoq va hk [1] (Wayback Machine saytida 2008-05-12 sanasida arxivlangan)[2].
- ↑ Ruhiy azoblarga misollar: qaygʻu, xafagarchilik, depressiya, jirkanish, jahl, nafrat, rashk, hasad, ichikish, hafsala pir boʻlishi, angst, qoʻrquv, panika, uyat, ayb, pushaymonlik, kamsitilish, zerikish, apatiya, umidsizlik, yolgʻizlik, sogʻinish va hk.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Wikimedia Commonsda Odam azoblari mavzusiga oid fayllar bor. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |