Conor Bradley (2003-yil, 9-iyulda tugʻilgan) — Shimoliy Irlandiyalik futbolchi, Bolton Wanderers klubi va Shimoliy Irlandiya terma jamoasida oʻng qanot himoyachisi, Liverpool klubidan ijaraga olingan[3].

Conor Bradley
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Conor Bradley[1]
Tavallud sanasi 9-iyul 2003-yil (2003-07-09) (20 yosh)
Tavallud joyi Aghyaran, County Tyrone, Shimoliy Irlandiya bayrogʻi Shimoliy Irlandiya
Boʻyi 1.80 m[2]
Ampluasi Oʻng qanot himoyachisi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Bolton Wanderers klubida ijarada
Liverpool klubidan
Raqami 21
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2012-2016 St. Patrick’s F. C.
2016-2019 Dungannon Swifts
2019-2021 Liverpool
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2021- Liverpool 0 (0)
2022-Bolton Wanderers (ijara) 16 (3)
Milliy terma jamoa
2018 Northern Ireland U16 7 (0)
2019 Northern Ireland U17 5 (0)
2021- Northern Ireland 10 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(24-noyabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (12-oktyabr uchun)

Klubdagi faoliyati tahrir

Bradley oʻzining faoliyatini toʻqqiz yoshida ona shahrining „St Patrick’s“ klubida boshlagan[4]. U 2019-yilda ikki yillik stipendiya dasturi boʻyicha Angliyaning „Liverpool“ klubi yoshlar akademiyasiga qoʻshilishdan oldin „Dungannon United Youth“ va „Dungannon Swifts“ jamoalarida futbol oʻynagan. Biroq, klub safida qoʻshilganidan bir yil oʻtgach, u „Liverpool“ bilan 2023-yilgacha uch yil davom etgan birinchi professional shartnomasini imzoladi[5][6].

U 2021-yil iyul oyida VfB Stuttgart bilan mavsumoldi o‘rtoqlik o‘yinida „Liverpool“ning asosiy jamoasi safida debyut o‘yinini o‘tkazdi va 30 daqiqa mobaynida maydonda harakat qildi[7]. U shuningdek, 9-avgust kuni CA Osasuna klubiga qarshi oʻtkazilgan mavsumoldi soʻnggi oʻrtoqlik uchrashuvida 80-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan[8]. U 2021-yil sentabrida „Norwich City“ klubiga qarshi Carabao kubogi doirasida „Liverpool“ safidagi ilk professional o‘yinini o‘tkazdi va 1954-yilda Sammy Smythdan keyin „Liverpul“ safida raqobatbardosh o‘yinda maydonga tushgan birinchi shimoliy irlandiyalik futbolchiga aylandi[9].

2022-yilning 21-iyunida Bradley Birinchi Liga jamoasi Bolton Wanderers bilan mavsumiy ijara asosida shartnoma imzoladi[10] va 30-iyul kuni klub safida Ipswich Town klubiga qarshi 1:1 hisobida durang bilan yakunlangan oʻyinda debyut qildi. U oʻzining klub safidagi ilk golini 9-avgust kuni Angliya liga kubogi doirasidagi „Salford City“ klubiga qarshi oʻyinda (5:1) kiritgan[11]. Bir hafta oʻtgach, u oʻzining Birinchi ligadagi golini Morecambe F.C klub qarshi oʻyinda urdi, uning gol oʻyinda yagona gol sifatida saqlanib qoldi va jamoasi 1:0 hisobida gʻalaba qozondi[12].

Xalqaro faoliyati tahrir

Bradley 2018-yilda[13][14][15] Shimoliy Irlandiyaning 16 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi safida oʻynagan va Victory Shield gʻolibi boʻlgan jamoa sardori boʻlgan[16][17][18]. Keyingi yili u 17 yoshgacha boʻlgan jamoada, shu jumladan 2019-yilda 17 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati saralashida maydonga tushgan[3].

2021-yilning may oyida Bradley Shimoliy Irlandiyaning asosiy terma jamoasi safiga Malta va Ukrainaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlariga chaqirildi[19]. U xalqaro maydondagi debyutini 30-may kuni Maltaga qarshi oʻtkazdi va Stuart Dallas oʻrniga 85-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi. Klagenfurtda boʻlib oʻtgan o‘yin Shimoliy Irlandiyaning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi[20].

Shaxsiy hayoti tahrir

Bradley Castlederg, County Tyroneda tugʻilgan[21].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

2022-yil, 22-noyabr holatiga ko'ra [22]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar
Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Liga kubogi Yevropa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
  Liverpool U21 2020-21 2 0 2 0
  Liverpool 2021-22 Premyer-liga 0 0 1 0 3 0 1 0 5 0
  Bolton Wanderers (ijara) 2022-23 Birinchi liga 16 3 1 0 2 1 3 0 22 4
Karyera jami 16 3 2 0 5 1 1 0 5 0 29 4

Xalqaro tahrir

2022-yil, 11-iyun holatiga ko'ra
  Shimoliy Irlandiya
Yil Oʻyin Gol
2021 5 0
2022 5 0
Jami 10 0

Yutuqlari tahrir

Liverpool Academy

  • Kattalar Lancashire kubogi: 2021-22[23]

Manbalar tahrir

  1. „2020/21 Premier League squads confirmed“. Premier League (2020-yil 20-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 30-may.
  2. „Conor Bradley“. Bolton Wanderers F.C.. 2022-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-oktyabr.
  3. 3,0 3,1 Conor Bradley WorldFootball.net saytida  
  4. Hanna. „Who is Conor Bradley? All you need to know about Liverpool star named in the Northern Ireland squad“. Belfast Telegraph (2021-yil 26-may). Qaraldi: 2021-yil 30-may.
  5. „Contract News | Youngster signs professional contract“. Dungannon Swifts F.C. (2020-yil 1-iyun). 2021-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-may.
  6. „Conor Bradley signs first pro contract with Liverpool FC“. Liverpool F.C. (2020-yil 28-iyul). Qaraldi: 2021-yil 30-may.
  7. „Reds play out draws with Wacker Innsbruck and Stuttgart in Austria“. Liverpool F.C.. Qaraldi: 2021-yil 17-avgust.
  8. „Reds wrap up pre-season games with Anfield win over Osasuna“. Liverpool F.C.. Qaraldi: 2021-yil 17-avgust.
  9. „Conor Bradley starts on Liverpool debut against Norwich in Carabao Cup as Northern Ireland’s long wait is ended by Jurgen Klopp“ (en-GB). belfasttelegraph. Qaraldi: 2021-yil 21-sentyabr.
  10. „Wanderers Complete Conor Coup“ (en-GB). Bolton Wanderers F.C.. Qaraldi: 2022-yil 21-iyun.
  11. „Bolton 5-1 Salford“. BBC (2022-yil 9-avgust). Qaraldi: 2022-yil 10-avgust.
  12. McKendry. „Conor Bradley sends fans wild as he continues outstanding start to the season with another goal for loan side Bolton“. Belfast Telegraph. Mediahuis Ireland. Qaraldi: 2022-yil 16-avgust.
  13. „Conor Bradley » U16 Friendlies 2018“. WorldFootball.net. Qaraldi: 2021-yil 30-may.
  14. „Eesti 3–1 Põhja-Iirimaa (07.10.2018)“ (et). Estonian Football Association (2018-yil 7-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 30-may.
  15. „Eesti 0–1 Põhja-Iirimaa (09.10.2018)“ (et). Estonian Football Association (2018-yil 9-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 30-may.
  16. „Ireland U16: Late goals lead to opening day defeat“. Football Association of Ireland (2018-yil 12-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 30-may.
  17. „Northern Ireland Schoolboys dig deep to draw with Scotland in Tralee“. Irish Football Association (2018-yil 15-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 30-may.
  18. „Conor Bradley signs professional three-year Liverpool deal“. BBC Sport (2020-yil 1-iyun). Qaraldi: 2021-yil 30-may.
  19. „Baraclough selects mix of youth and experience in Northern Ireland squad“. The Irish Times (2021-yil 26-may). Qaraldi: 2021-yil 30-may.
  20. „Malta 0–3 Northern Ireland: Ian Baraclough's side ease to friendly victory“. BBC Sport (2021-yil 30-may). Qaraldi: 2021-yil 30-may.
  21. Hanna. „Who is Conor Bradley? All you need to know about Liverpool star named in the Northern Ireland squad“. Belfast Telegraph (2021-yil 26-may). Qaraldi: 2021-yil 30-may.
  22. Conor Bradley Soccerway saytida
  23. „LFC U23s beat Burnley to lift Lancashire FA Senior Cup“. Liverpool F.C.. Qaraldi: 2022-yil 5-may.