Conor Patrick Casey (talaffuzi: Konor Keysi; 1981-yil 25-iyulda tugʻilgan) — amerikalik sobiq futbolchi. 16 mavsum davomida oʻynagan va faoliyatini Columbus Crew SCda yakunlab va shu klub murabbiyi boʻlgan.

Conor Casey
Conor Casey Philadelphia Union.JPG
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Conor Patrick Casey
Tavallud sanasi 25-iyul 1981-yil (1981-07-25) (41 yosh)
Tavallud joyi Dover, New Hampshire, AQSh
Boʻyi 6 ft 2 in (1.88 m)
Ampluasi Hujumchi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2000—2001 Borussia Dortmund II 23 (14)
2001—2004 Borussia Dortmund 4 (1)
2001—2002Hannover 96 (ijara) 19 (7)
2003—2004Karlsruher SC (ijara) 30 (14)
2004—2006 Mainz 05 40 (3)
2006 Mainz 05 II 2 (1)
2007 Toronto FC 2 (0)
2007—2012 Colorado Rapids 119 (50)
2013—2015 Philadelphia Union 70 (21)
2016 Columbus Crew SC 4 (0)
Milliy terma jamoa
2001 AQSh U20 3 (0)
2000 AQSh U23 9 (0)
2004—2010 AQSh 19 (2)
Boshqargan klublari
2017—2019 Colorado Rapids (assistent)
2019 Colorado Rapids (vaqtinchalik)
2021—2022 Charleston Battery
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

FaoliyatiTahrirlash

Ilk faoliyatiTahrirlash

Casey Hampshireda tugʻilgan, lekin besh yoshida Koloradoga koʻchib oʻtgan. Denverni oʻzining ona shahri deb biladi. 1999-yildan 2000-yilgacha Portlend universitetida ikki yil futbol oʻynagan. Portlend universitetining birinchi yilida Casey yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 2000-yilda yigirma uchta gol va yettita golli uzatma bilan NCAAda yetakchi boʻlgan[1].

ProfessionalTahrirlash

2000-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlarida yaxshi oʻynagan Casey Germaniyaning Dortmundning „Borussia“ klubi bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi. Klub bilan bir yil oʻynaganidan soʻng, Casey 2001—2002-yilgi mavsumda „Hannover 96“ga ijaraga berildi va u yerda oʻn toʻqqizta oʻyinda yettita gol urdi. Keyingi yili Casey Dortmundda qoldi, lekin faqat toʻrtta oʻyinda oʻynadi va bitta gol urdi. 2003—2004-yillarda ikkinchi divizion klubi Karlsruher SCga ijaraga berildi va oʻttizta oʻyinda oʻn toʻrtta gol urdi. 2004-yilda Casey Bundesliganing „1. FSV Mainz 05“ klubi bilan shartnoma imzoladi, ammo klub bilan ikki yarim mavsum davomida atigi ikkita gol urdi.

XalqaroTahrirlash

Casey 2001-yilda Argentinada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida oʻynagan. 2009-yilgi Konfederatsiyalar kubogidagi bir nechta oʻyinlarda Qoʻshma Shtatlar safida ishtirok etgan. Casey 2009-yil 10-oktabrda Gondurasning San-Pedro-Sula shahrida boʻlib oʻtgan jahon chempionati saralash oʻyinida Gonduras darvozasiga ikki marta gol urdi. Casey bir ovozdan „Oʻyinning eng yaxshi odami“ deb topilgan[2].

Murabbiylik faoliyatiTahrirlash

2017-yilning 26-yanvarida Casey Colorado Rapids tomonidan murabbiy yordamchisi sifatida ishga qabul qilindi. 2019-yilning 1-may kuni bosh murabbiy Anthony Hudson ishdan boʻshatildi va Casey vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayinlandi[3].

2021-yil dekabr oyida Casey USL chempionati vakili Charleston Battery jamoasining yangi bosh murabbiyi sifatida eʼlon qilindi va klub tarixidagi oltinchi bosh murabbiyga aylandi[4]. Charleston va Casey 2022-yil 12-oktabrda oʻzaro kelishuvga erishdilar[5].

Faoliyat statistikasiTahrirlash

KlubTahrirlash

Manbalar:[6]

Klub Mavsum Liga Kubok Qitʼa Boshqa Jami
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Borussia Dortmund II 2000—2001 Regionalliga Nord 10 2 - - - 10 2
2001—2002 Oberliga Westfalen 13 12 - - - 13 12
Jami 23 14 0 0 0 0 0 0 23 14
Borussia Dortmund 2001—2002 Bundesliga 0 0 0 0 0 0 - 0 0
2002—2003 Bundesliga 4 1 0 0 0 0 - 4 1
2003—2004 Bundesliga 0 0 0 0 0 0 - 0 0
Jami 4 1 0 0 0 0 0 0 4 1
Hannover 96 (loan) 2001—2002 2. Bundesliga 19 7 1 0 - - 20 7
Karlsruher SC (loan) 2003—2004 2. Bundesliga 30 14 2 0 - - 32 14
Mainz 05 2004—2005 Bundesliga 28 2 2 2 - - 30 4
2005—2006 Bundesliga 10 1 0 0 0 0 - 10 1
2006—2007 Bundesliga 2 0 0 0 - - 2 0
Jami 40 3 2 2 0 0 0 0 42 5
Mainz 05 II 2006—2007 Oberliga Südwest 2 1 - - - 2 1
Toronto FC 2007 MLS 2 0 - - - 2 0
Colorado Rapids 2007 MLS 15 2 2 0 - - 17 2
2008 21 11 1 1 - - 22 12
2009 24 16 0 0 - - 24 16
2010 27 13 0 0 - 4 2 31 15
2011 14 6 0 0 0 0 0 0 14 6
2012 18 2 0 0 - - 18 2
Jami 119 50 3 1 0 0 4 2 126 53
Philadelphia Union 2013 MLS 31 10 2 0 - - 33 10
2014 25 8 3 1 - - 28 9
2015 14 3 2 0 - - 16 3
Jami 70 21 7 1 0 0 0 0 77 22
Columbus Crew SC 2016 MLS 4 0 0 0 - - 4 0
Jami faoliyati 313 111 15 4 0 0 4 2 332 117

XalqaroTahrirlash

Manba:[7]

Qoʻshma Shtatlar
Yil Ishtirok Gollar
2004-yil 6 0
2005-yil 2 0
2006-yil 0 0
2007-yil 0 0
2008-yil 1 0
2009-yil 8 2
2010-yil 2 0
Jami 19 2
Xalqaro gollar
# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 2009-yil 10-oktyabr Estadio Olímpico Metropolitano, San-Pedro Sula, Gonduras   Honduras
1–1
3-2 2010 FIFA Jahon chempionati saralashi
2.
2–1

MurabbiylikTahrirlash

20-dekabr, 2021-yilgi holat boʻyicha
Jamoa Mamlakat Boshlash Tugash Natija
D M GF GA GD Gʻalaba %
Colorado Rapids (vaqtinchalik)   1.05.2019 25.08.2019 19 7 5 7 33 32 +1 036.84
Charleston Battery   20.12.2021 Hozirgacha 23 3 4 16 27 52 −25 013.04
Jami 42 10 9 23 60 84 −24 023.81

YutuqlariTahrirlash

Colorado Rapids

Qoʻshma Shtatlar

Individual

ManbalarTahrirlash

  1. „Conor Casey“. ESPN FC. 25-dekabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-yanvar 2013-yil.
  2. „Kick Started“. Outside Online May 2010 Issue. 1-iyun 2010-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-may 2010-yil.
  3. „Anthony Hudson relieved of duties, Conor Casey named interim head coach“. Colorado Rapids (1-may 2019-yil). Qaraldi: 1-may 2019-yil.
  4. „Battery Name Conor Casey Head Coach“. charlestonbattery.com (20-dekabr 2021-yil). 20-dekabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-noyabr 2022-yil.
  5. „Charleston Battery and Conor Casey Mutually Agree to Part Ways“. USLChampionship.com. Qaraldi: 12-oktabr 2022-yil.
  6. „Conor Casey at WorldFootball.net“. WorldFootball.net. HEIM:SPIEL Medien GmbH & Co. KG. Qaraldi: 25-yanvar 2019-yil.
  7. Conor Casey National-Football-Teams.comda

HavolalarTahrirlash