Crash (film)
Crash (tarjimasi „Toʻqnashuv“) — rejissyor Paul Haggis[1] tomonidan suratga olingan, 2004-yil sentyabr oyida Toronto kinofestivalida premyerasi boʻlib oʻtgan va 2005-yilda xalqaro prokatga chiqqan dramatik film. Film koʻplab tanqidchilar uchun kutilmaganda „Oscar“ tanlovi „Eng yaxshi film“ nominatsiyasida sevimli deb hisoblangan „Brokeback Mountain“ filmini magʻlub etgan[2].
Crash | |
---|---|
Film posteri | |
Rejissyor(lar) | Paul Haggis |
Prodyuser(lar) |
Don Cheadle Paul Haggis Katy Shulman |
Ssenariynavis(lar) |
Robert Moresco Paul Haggis |
Rollarda |
Sandra Bullock Don Cheadle Matt Dillon |
Studiya(lar) | Lionsgate |
Chiqarilgan sanasi | 2004 |
Davomiyligi | 112 daqiqa |
Mamlakatlar |
AQSh Olmoniya |
Til | inglizcha |
Byudjeti | 6,5 million $ |
Daromadi | 98,4 million $ |
Film uch karra „Oscar“ sovrindori, ikki karra BAFTA sovrindori va ikki karra „Oltin globus“ mukofotiga nomzod boʻlgan. Undan tashqari film bir nechta mukofot va nominatsiyalarga sazovor boʻlgan. Filmda ishtirok etgan Dillon Academy Awards, BAFTA, Oltin globus va Screen Actors Guild marosimlarida „Eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor“ nominatsiyasini olgan.
Syujeti
tahrirFilm bir nechta avtohalokatlar, otishmalar va avtoulovlarning oʻgʻirlanishi orqali bir umumiy mavzu ostida birlashtirilgan bir nechta (men, men dunyodaman, men jamiyatdaman) qisqa hikoyalardan iborat. Deyarli barcha personajlar syujet davomida oʻz eʼtiqodlarini qayta koʻrib (oʻrganib) chiqishlari kerak boʻlgan mojarolarda ishtirok etadilar. Shuningdek, film davomida tomoshabin qahramonlarga bergan baholarini va ular haqidagi fikrlarini doimiy ravishda oʻzgartirishga majbur boʻladi. Sakkiz syujetning har birida rejissyor asosiy muammodan tashqari irqchilik, turli madaniyatlar toʻqnashuvi muammosini ham koʻtaradi. Turli xil personajlar ishtirokidagi epizodlar orqali bu film voqelik, hayot haqiqati va undagi munosabatlarni koʻrsatib beradi. Hikoyalar bir-biri bilan chambarchas bogʻliq boʻlsa-da, tomoshabin film orqali dunyoda nima boʻlishini oldindan aytib boʻlmasligini va uni naqadar shafqatsiz ekanligini koʻrishi mumkin.
Rollarda
tahrirAktyor | Rol |
---|---|
Don Cheadle | Detektiv Graham Waters |
Matt Dillon | Zobit John Ryan |
Sandra Bullock | Jean Cabot |
Brendan Fraser | Rick Cabot |
Ryan Phillippe | Zobit Tom Hansen |
Terrence Howard | Cameron Thayer |
Tandy Newton | Christine Thayer |
Ludacris | Anthony |
Jennifer Esposito | Ria |
Michael Peña | Daniel |
Karina Arroyave | Elizabeth |
Bahar Sumekh | Dorry |
William Fichtner | Flanagan |
Keith David | leytenant Dixon |
Dato Bakhtadze | Lucien |
Tony Danza | Fred |
Sean Toub | Farhad |
Loretta Devine | Shaniqua Johnson |
Daniel Dae Kim | Pak |
Billy Gallo | Ofitser Hill |
Marina Sirtis | Sherin |
Greg Young Pike | Choi |
Lorenz Tate | Peter Waters |
Kathleen York | Ofitser Johnson |
Beverly Todd | Grahamning onasi |
Jack McGee | qurol do'koni egasi |
Manbalar
tahrir- ↑ Turner Classic Movies staff „Biography for Paul Haggis“ (deadlink). Turner Classic Movies. Time Warner (2009). 2010-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 27-oktyabr.
- ↑ Maybe 'Crash’s' upset at the Oscars shouldnʼt have been such a surprise? (Wayback Machine saytida 13-yanvar 2012-yil sanasida arxivlangan) Los Angeles Times
Havolalar
tahrir- Rasmiy sayti (ingl.)
- Crash IMDbda
- Roger Ebertning film sharhi va tanqidi (Wayback Machine saytida 16-mart 2013-yil sanasida arxivlangan)