Toronto xalqaro kinofestivali (Toronto International Film Festival, TIFF) — 1976-yildan beri Kanadaning Toronto shahrida oʻtkaziladigan eng yirik ommaviy tadbirlardan biri. Kinofestival har yili 480 000 kishini jalb qiladi. Festival odatda sentyabr oyining birinchi payshanba kuni kechqurun boshlanadi va oʻn kun davom etadi. Festivalning amaldagi ijrochi direktori — Joana Vicente.[1] Festivalning badiiy rahbari — Cameron Bailey.[2]

Toronto International Film Festival
Joylashuv(lar) Toronto, Ontario, Kanada
Asos solingan 1976; 44 yil oldin
Vebsayt tiff.net

Yil davomida „TIFF“ namoyishlari maʼruzalar, munozaralar, festivallar, seminarlar, sanoatni qoʻllab-quvvatlash Kanada va butun dunyo kino ijodkorlari bilan uchrashish imkoniyatini taqdim etadi. „TIFF“ Toronto markazidagi King Street va John Street-ning shimoliy gʻarbiy qismida joylashgan. 2016-yilda Toronto shahar markazidagi 28 ta ekranda 83 mamlakatdan 397 ta film namoyish etildi va 480 000 ishtirokchini kutib oldi, ularning 5 000 dan ortigʻi yulduzlar va kino mutaxassislari edi.

1976-yilda tashkil etilgan TIFF bugungi kunda dunyodagi eng yirik va eng nufuzli tadbirlardan biri hisoblanadi. 1998-yilda Variety jurnali TIFF-ni "taniqli filmlar, yulduzlar va bozor faolligi boʻyicha Cannes kinofestivalidan keyin ikkinchi oʻrinda turishini tan oldi. 2007- yilda Time jurnali TIFF „eng nufuzli kuz kinofestivali“ dan „eng nufuzli kinofestival“ darajasiga yetganini taʼkidladi.

Festivalning „Xalq tanlovi“ mukofoti — tomoshabinlarning ovoz berishiga asoslangan. Mukofotlar mavsumi „Oscar“ mukofotida muvaffaqiyat koʻrsatkichi sifatida namoyon boʻladi. Ilgari ushbu mukofotni olganlar orasida Oscar mukofotiga sazovor boʻlgan Hayot goʻzal (1998), American Beauty (1999), Hidden Dragon (2000), Slumdog Millionaire (2008), Qirol nutqi (2010), 12 Years a Slave (2013), La La Land (2016), Green Book (2018) va Jojo Rabbit (2019) kabi filmlar bor.

Manbalar tahrir

  1. „Everything you need to know about Joana Vicente, TIFF’s new executive director“[sayt ishlamaydi]. National Post, 28-avgust 2018-yil.
  2. „Cameron Bailey appointed Co-Head of TIFF“ (en). TIFF (19-aprel 2018-yil). Qaraldi: 17-sentabr 2018-yil.

Havolalar tahrir