Daša Grm
Daša Grm (talaffuzi: Dasha Grm; 1991-yil 18-aprel, Celje, Sloveniya) — yakka holda konkida uchish musobaqalarida qatnashadigan sloveniyalik figurali uchuvchi. Sloveniyaning yetti karra chempioni (2014—2020), Jahon va Yevropa chempionatlarining ishtirokchisi. Daša 2021-yil 20-noyabr Xalqaro konkida uchish ittifoqi[1] reytingida 57-oʻrinni egallagan.
Daša Grm | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Toʻliq ismi | Daša Grm |
Davlat | Sloveniya |
Boʻyi | 162 |
Murabbiyi |
Anya Wagner, Gregor Urbas |
Shaxsiy rekordlari | |
Umumiy natija | 161,16 |
Qisqa dastur | 58,91 |
Erkin dastur | 103,58 |
Tarjimayi holi
tahrirDaša 1991-yil 18-aprelda Celje shahrida (Savinjska viloyati) tugʻilgan. Uning otasi sobiq changʻi sportchisi Stanislav Grm[2]. Daša Lyublyana universiteti bitiruvchisi[3]. Yosh figurali uchuvchilar uchun xoreografiya murabbiyi boʻlib ishlaydi[3].
Faoliyati
tahrirDaša Grm besh yoshida konkida uchishni boshlagan[3]. 2004-yilning kuzida u oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri seriyasida debyut qildi. Kiyevda boʻlib oʻtgan bosqichda Grm yigirma sakkizinchi oʻrinni egalladi[4]. Grm oʻsmirlar darajasida uch marta jahon chempionatlarida qatnashgan[5].
Daša Grm 2010—2011-yilgi mavsumda Yevropa chempionatida ilk bor muz maydoniga tushdi. Shuningdek, u Moskvada joylashgan „Megasport“ sport saroyining muz maydonida oʻtkazilgan „kattalar“ oʻrtasidagi jahon chempionatida debyut qilgan. Keyingi mavsumda Daša 2011-yilgi qishki Universiada musobaqalarida toʻqqizinchi oʻrinni egalladi. 2015-yilda u Gran-prining Rossiya bosqichida ishtirok etdi va u yerda oʻn ikkinchi oʻrinni egalladi[6].
Grm oʻzining uzoq yillik faoliyati davomida turli xalqaro turnirlarda koʻplab sovrinlarni qoʻlga kiritgan. U Dragon Trophy (2012, 2016), Skate Helena (2013), Helmut Seibt Memorial (2015) va Ice Challenge turniri (2017) gʻolibi boʻlgan. 2014-yildan 2020-yilgacha ketma-ket yetti marta Sloveniya chempioniga aylangan.
Natijalari
tahrirMusobaqa[5] | 04/05 | 05/06 | 06/07 | 07/08 | 08/09 | 09/10 | 10/11 | 11/12 | 12/13 | 13/14 | 14/15 | 15/16 | 16/17 | 17/18 | 18/19 | 19/20 |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Xalqaro | ||||||||||||||||
Jahon chempionati | 28 | 39 | 18 | 38 | 36 | 22 | 18 | |||||||||
Yevropa chempionati | 20 | 27 | 30 | 26 | 20 | 17 | 20 | |||||||||
Gran-pri bosqichlari: Rostelecom Cup | 12 | |||||||||||||||
Challenger. Finlandia Trophy | 17 | |||||||||||||||
Challenger. Zagrebning Oltin Konkisi | 4 | 8 | 9 | 9 | 8 | |||||||||||
Challenger. Mordoviya naqshlari | 6 | |||||||||||||||
Challenger. Icechallenge | 9 | |||||||||||||||
Challenger. Nebelhorn Trophy | 14 | |||||||||||||||
Challenger. Warsaw Cup | 12 | 9 | ||||||||||||||
Universiada | 9 | 11 | 13 | 10 | ||||||||||||
Zagrebning Oltin Konkisi | 4 | 18 | 8 | 5 | ||||||||||||
Ondrej Nepala Memorial | 9 | |||||||||||||||
Nitsa Xalqaro Kubogi | 12 | |||||||||||||||
Icechallenge | 8 | 8 | 8 | 6 | 1 | |||||||||||
Nebelhorn Trophy | 19 | |||||||||||||||
Coupe Printemps | 7 | |||||||||||||||
Crystal Skate | 5 | |||||||||||||||
Cup of Tyrol | 3 | |||||||||||||||
Dragon Trophy | 1 | 2 | 3 | 1 | 4 | 3 | ||||||||||
FBMA Trophy | 3 | |||||||||||||||
Golden Bear of Zagreb | 4 | 2 | 2 | 5 | 15 | |||||||||||
Hellmut Seibt Memorial | 6 | 1 | 3 | |||||||||||||
Challenge Cup | 22 | 10 | ||||||||||||||
Merano Cup | 7 | |||||||||||||||
MNNT Cup | 3 | |||||||||||||||
Prague Ice Cup | 2 | |||||||||||||||
Skate Helena | 1 | |||||||||||||||
Slovenia Open | 2 | |||||||||||||||
Triglav Trophy | 10 | 5 | 9 | |||||||||||||
Volvo Open Cup | 3 | 9 | 15 | |||||||||||||
Xalqaro (Oʻsmirlar) | ||||||||||||||||
Jahon chempionati | 25 | 43 | 46 | |||||||||||||
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari: Belorussiya | 17 | 16 | ||||||||||||||
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari: Velikobritaniya | 27 | |||||||||||||||
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari: Vengriya | 13 | |||||||||||||||
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari: Ruminiya | 18 | |||||||||||||||
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari: Ukraina | 28 | |||||||||||||||
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari: Chexiya | 13 | |||||||||||||||
Milliy | ||||||||||||||||
Sloveniya chempionati | 2 | 2 | 2 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 |
Manbalar
tahrir- ↑ „ISU World Standings 2021/2022 — Women“ (inglizcha). ИСУ (20-noyabr 2021-yil). 2021-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-noyabr 2021-yil.
- ↑ „Raje na led kot na skakalnico“. 2017-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-dekabr 2019-yil.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 „Biography - Dasa GRM“. 2019-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-dekabr 2019-yil.
- ↑ „ISU JGP Ukrainian Souvenir“. 2018-yil 14-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-dekabr 2019-yil.
- ↑ 5,0 5,1 „Competition Results - Dasa GRM“. 2019-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-dekabr 2019-yil.
- ↑ „Rostelecom Cup. Радионова победила, Медведева – 2-я, Сотникова – 3-я“. 2019-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-dekabr 2019-yil.