Dadajon

oʻzbek xonandasi Yulduz Usmonova ijro etgan qoʻshiq

Dadajon“ — oʻzbek xonandasi Yulduz Usmonova ijro etgan qoʻshiq. 2008-yil eʼlon qilingan[manba kerak]. Xonanda oʻsha yili qoʻshiqni „Babacım“ nomi bilan turk tilida ham ijro etgan. „Dadajon“ Usmonovaning 2000-yillarning ikkinchi yarmida keng ommalashgan oz sonli qoʻshiqlarining biridir.

„Dadajon“
Yulduz Usmonova qoʻshigʻi
Chiqarilgan sanasi 2008
Format singl
Yozib olingan 2008
Davomiyligi 4:54
Matn muallif(lar)i Yulduz Usmonova yoki Shamsiddin Sadoiy
Bastakor(lar) Yulduz Usmonova
Klipi
„Dadajon“ YouTubeda

Qoʻshiqning oʻzbekcha va turkcha versiyalari uchun alohida klip suratga olingan. Turkcha klip Turkiyada suratga olingan. Oʻzbekcha klip Usmonovaning otasi Ibrohim Usmonov (Usmon oʻgʻli) xotirasiga bagʻishlangan.

Tarona lya minor tonalligida ijro etilgan boʻlib[1], soʻzini ham, kuyini ham Usmonova yozgan[2]. Ayrim manbalarga koʻra, qoʻshiq sheʼrini Shamsiddin Sadoiy yozgan[3].

Manbalar tahrir

  1. Atayev, Nodir „Akkord zinalari“. Gitara chalishni oʻrganamiz. 2022-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-noyabr 2022-yil.
  2. „Yulduz Usmanova - Dadajon / Babacim“. YouTube (21-may 2009-yil). Qaraldi: 2-noyabr 2022-yil.
  3. „Юзлаб шеърлари қўшиққа айланган шоир реанимацияда оғир аҳволда. Аёли ёрдам сўрамоқда…“. Aniq (29-sentyabr 2020-yil). Qaraldi: 2-noyabr 2022-yil.

Havolalar tahrir

Ushbu maqolani tinglang (2 daqiqa)
noicon
 
Bu audiofayl ushbu maqolaning 18-may, 2023-yil(2023-05-18) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.