Daktilologiya (qadimgi yunoncha: δάκτυλος [daktilo] — barmoq va qadimgi yunoncha: λόγος [logiya]) — nutq shakli; oʻziga xos tarzda qoʻl barmoklari yordamida gaplashish. Muayyan alifbodagi har bir "arfni ifodalash uchun barmoqlarga turlicha shakl beriladi. Daktilologiyada bir yoki ikkala qoʻl barmoqlaridan foydalanish mumkin (asosan oʻng qoʻl barmoqlaridan foydalaniladi). Daktilologiya kar, kar-soqovlarning oson va tez soʻzlashuviga imkon beradi. Kar va kar-soqovlar daktilologiya belgilarini koʻzi bilan qabul qiladi. Kar bolalar uchun bogʻcha va maktabning boshlangʻich sinflarida daktilologiyadan asosiy oʻqitish vositasi sifatida, shu maktabning yuqori sinflarida esa undan yordamchi oʻqitish vositasi sifatida foydalaniladi. Kar-soqovlarga taʼlim berishda daktilologiya birdan-bir muomala vositasidir.

Yana qara

tahrir

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil