Daler Xonzoda (Xonov Xusniddinovich) (1-Aprel, 1989 tugʻilgan), (asl ismi: Xonov Daler Husniddinovich) — istedodli o'zbek qoʻshiqchisi oʻzbek, fors, rus, ingliz va qoraqalpoq tillarida qoʻshiqlar kuylaydi.

Daler Xonzoda

Maʼlumot
TaxallusiDaler Xonzoda
Tavallud topgan sanasi va joyi1-aprel 1989-yil (1989-04-01) (35 yosh)
Tursunzoda (shahar), Tojikiston
Kasbiqoʻshiqchi
Faoliyat yillari2010 — Hozirgi vaqtgacha
Veb-sahifasidalerxonzoda.uz

Hayoti va ijod faoliyati

tahrir

Daler 1989-yil 1-aprel kuni oʻzbek oilasida tavallud topgan. 1993-yil Oʻzbekistonning Samarqand viloyatiga koʻchib keldi. 1996-yil Samarqand shahar Abu Ali Ibn Sino nomidagi № 1 oʻrta maktabga bordi. 2004-yildan Daler musiqa sanʼatini oʻrgana boshladi. 2005-yil Samarqand Davlat Universiteti qoshidagi Akademik Litseyga oʻqishga qabul qilindi. Daler 2006-yil gitara va fortapianoni oʻzi chalishni oʻrgana boshladi hozirda u ushbu cholgʻu asboblarini proffesional tarzda chala oladi. Yosh qoʻshiqchi 2009-yil oʻz shaxshiy studiyasini ochdi va oʻzi qoʻshiq yoza boshladi. 2011-yil 5-avgust kuni Daler „Pan Terra“ studiyasi bilan shartnoma imzoladi va „Sahro“ guruhining solisti boʻldi[1] va shu yili „M&TVA-2011“ loyihasining „Yil kashfiyoti“ nomanatsiyasini qoʻlga kiritdi.[2]. 2012-yil „Biz bir jamoa, biz bir oila“ aktsiyasida ishtirok etdi va oʻzining kontsert chiqishlari bilan butun republikada gastrol safarda boʻldi[3]. 2012-yil „M&TVA-2012“ loyihasining „Video klip syomkasi uchun grand“ni qoʻlga kiritdi[4]. 2013-yil „Zoʻr Zoʻr Star“ loyihasida Daler Xonzoda jyuri aʼzosi boʻlib ishtirok etdi[5][6]. Shu yili „Pan Terra“ studiyasi bilan kontrakt shartnomalari tugallandi va „Sahro“ guruhini tark etib yolgʻiz ijod qilishni boshladi. 2014-yil Daler Xonzoda Qoraqalpog'iston respublikasiga kontsert berishni rejalashtirmoqda.

Mukofotlar

tahrir
  • „M&TVA-2011“ „Yil kashfiyoti“ (2011)
  • „M&TVA-2012“ „Video klip syomkasi uchun grand qoʻlga kiritdi“ (2012)

Qoʻshiqlari

tahrir
  • „Bez menya“
  • „Odinok“
  • „Sahroingman“
  • „Time is gone“
  • „Salomaleykum“
  • „Crazy for you“
  • „Begu“
  • „Sensiz“
  • „Skazka“
  • „Angel“
  • „Ayyor yorim“
  • „Esleme“ (Qoraqalpoq tilida)
  • „Eslama“
  • „Help me“
  • „Mariya“
  • „Ya s toboy“
  • „Yod kardam“
  • „Lyubov vostochnaya“
  • „Vspominay“
  • „Dardlarim aytay“
  • „Turo mexom didan“ (Fors tilida)

Manbalar

tahrir
  1. Sahro guruhi Haqida
  2. „M&TVA-2011“ „Yil kashfiyoti“ nominatsiya gʻolibi boʻldi, 2014-08-12da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2014-07-21
  3. „Biz bir jamoa, biz bir oila“ aktsiyasida ishtiroki, 2014-08-12da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2014-07-21
  4. „M&TVA-2012“ „Video klip syomkasi uchun grand qoʻlga kiritdi“
  5. Daler Xonzoda „Zoʻr Zoʻr Star“ jyuri aʼzosi
  6. „Sahro“ guruhi: Zoʻr-Zoʻr STAR da ijro, ishtirokchi va yangicha talqin haqida, 2014-08-31da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2014-07-21

Havolalar

tahrir