Dandiboy sagʻanasi - soʻnggi jez davriga mansub sagʻana (mil. av. 2-ming yillikning 2-yarmi — 1-ming yillikning boshi). Qaragʻanda (Qozogʻiston) sh.dan 60 km jan.-gʻarbda, Sherboy-Nur daryosining oʻng qirgʻogʻida joylashgan Dandiboy ovulidan topilgan. Sagʻana murabba shaklli tosh devor bilan oʻralgan bir qancha qabrlardan iborat. Qabrlar ancha chuqurlikda, toʻrtburchak shaklda; devorlari harsang tosh boʻlaklaridan tiklangan, usti yogʻoch gʻoʻlalar bilan yopilgan. Ulardan qoʻlda yasalgan qadahsimon sopol idishlar, paykonlar, suyak tugmalar va tosh qurollarning turli xillari topilgan. Idishlarning sirti silliqlangan, rangi sargʻish, tirnash usulida geometrik shaklda naqsh solingan. D. s. yodgorligi Andronovo madaniyatiQorasuq madaniyatiga oʻtish davri xususiyatlarini aks ettiradi.

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil