Darren Eshli Bent (inglizcha: Darren Bent; 1984-yil 6- fevral, London) — ingliz futbolchisi, hujumchi hisoblanadi.

Darren Bent Futbol
Umumiy ma'lumotlari
Ism sharifi Darren Bent
Tug`ilgan

6-fevral 1984-yil(1984-02-06)

(38 yosh)
Angliya

Fuqaroligi
Bo`yi

180 cm

Pozitsiyasi

hujumchi

Yoshlar klubi
?—1998 Flag Anglii Godmanchester Rovers
1998—2001 Flag Anglii Ipsvich Town
Klublardagi faoliyati
2001—2005 Flag Anglii Ipsvich Town 122 (47)
2005—2007 Flag Anglii Charlton Atletik 68 (31)
2007—2009 Flag Anglii Tottenxem Xotspur 60 (18)
2009—2011 Flag Anglii Sanderlend 58 (32)
2011—2015 Flag Anglii Aston Villa 61 (21)
2013—2014 Flag Anglii Fulxem 24 (3)
2014 Flag Anglii Brayton end Xouv Albion 5 (2)
2015 Flag Anglii Derbi Kaunti 15 (10)
2015—2018 Flag Anglii Derbi Kaunti 58 (12)
2018 Flag Anglii Berton Albion 15 (2)
Terma jamoa safida
2000—2001 Flag Anglii Angliya (U 16) 6 (0)
2002 Flag Anglii Angliya (U 19) 3 (0)
2003—2005 Flag Anglii Angliya (U 21) 14 (9)
2006—2011 Flag Anglii Angliya 13 (4)
Logotip Vikisklada Wikimedia Commonsdagi media fayllar

Darren Bent oʻz faoliyatini 2001-yilda „Ipswich Town“da boshlagan. U 122 oʻyinda 47 ta gol urgan va bu „Charlton“ skautlarini jalb qildi. 2005-yilda u 2,5 million funt sterling evaziga „Charlton“ga oʻtgan. Keyingi ikki mavsumda u jamoaning eng yaxshi toʻpurariga aylangan. Keyin u 16,5 million funt evaziga „Tottenxem“ga oʻtdi.

2011-yilning 18-yanvarida u „Aston Villa“ bilan klub rekordi 24 million funt sterlingga shartnoma imzolashga erishdi. 2012-yilning yozida futbolchiga Moskvaning „Spartak“ klubi qiziqish bildirgan edi.

U 15 yoshidan boshlab Angliya terma jamoasining barcha boʻgʻinlarini bosib oʻtdi va Angliya terma jamoasidagi debyutini 2006-yilda Urugvayga qarshi oʻyinda oʻtkazgan.

Biografiyasi tahrir

Tutingda (Janubiy London) tugʻilgan. Bentning Yamaykalik ildizlari bor. Uning otasi Uimbldon va Brentford yoshlar jamoalarida oʻynagan.

14 yoshida u „Ipswich Town“ jamoasiga qoʻshildi[1]. 2001-yilda u klub bilan professional shartnoma imzoladi. UEFA kubogi doirasidagi birinchi o‘yin „Xelsingborg“ga qarshi o‘tkazildi. U Liga Kubogidagi birinchi golini „Newcastle United“ darvozasiga kiritdi, garchi u jamoaga yordam bermagan boʻlsa-da, natijada ular 4: 1 hisobida magʻlub boʻlishgan. Angliya Premer-ligasida u oʻzining birinchi golini 2002-yil 24- aprelda „Midlsboro“ darvozasiga kiritgan.

2005-yil 1-iyunda „Charlton“ga koʻchib oʻtgan. Dastlabki transfer narxi 2,5 million funt sterlingni tashkil etdi va asosiy jamoaning maʼlum miqdordagi oʻyinlari uchun 3 million funtga koʻtarildi. 2005-2006-yilgi Premer-liga mavsumining ochilish kunida u „Sanderlend“ ga qarshi debyutida dubl qayd etib, avgust oyida Premer-liganing eng yaxshi futbolchisiga aylangan. Bent 18 ta gol bilan Premer-ligada eng koʻp gol urgan ingliz futbolchisiga aylandi. Biroq, angliyalik murabbiy uni 2006-yilgi Jahon chempionatiga kiritmadi va 17 yoshli Teo Uolkottni olib ketdi.


2009-yilda Roman Pavlyuchenko va Jermeyn Defo ijaradan „Tottenxem“ga oʻtgandan keyin „Sanderlend“ ga koʻchib oʻtgan. Transferdan soʻng u „Sanderlend“ning asosiy oʻyinchisiga aylandi, hatto ser Aleks Fergyuson uni jamoaga olib kelmoqchiligi haqida mish-mishlar tarqaldi. „Sanderlend“ safida Premer-ligada 58ta oʻyinda maydonga tushib, 32ta gol urgan. Uning eng mashhur gollari „Old Trafford“ va „Manchester City“ da boʻlgan.

2011-yilda 18 million funt evaziga Aston Villaga koʻchib oʻtgan. Debyutida u „Manchester City“ga qarshi oʻyinda gʻalaba toʻpini kiritdi[2].

Yutuqlari tahrir

  • Angliya Liga kubogi sohibi: 2008-yil
  • Angliya Liga kubogi finalchisi: 2009-yil
  • Angliya chempionatining bronza butsasi sohibi: 2010-yil

Statistikasi tahrir

Jamoa Mavsum Liga Kubok FA Liga kubogi Yevrokubok Boshqalar Jami
O`yin Gol O`yin Gol O`yin Gol O`yin Gol O`yin Gol O`yin Gol
Ipsvich Town 2001/02 5 1 0 0 1 1 1 0 0 0 7 2
2002/03 35 12 2 3 3 2 3 1 0 0 43 18
2003/04 37 15 1 0 1 0 0 0 2 1 41 16
2004/05 45 19 1 0 2 0 0 0 2 0 50 19
Jami 122 47 4 3 7 3 4 1 4 1 141 55
Charlton Atletik 2005/06 36 18 5 2 3 2 0 0 0 0 44 22
2006/07 32 13 0 0 3 2 0 0 0 0 35 15
Jami 68 31 5 2 6 4 0 0 0 0 79 37
Tottenxem Xotspur 2007/08 27 6 0 0 1 0 8 2 0 0 36 8
2008/09 33 12 1 0 3 1 6 4 0 0 43 17
Jami 60 18 1 0 4 1 14 6 0 0 79 25
Sanderlend 2009/10 38 24 2 1 0 0 0 0 0 0 40 25
2010/11 20 8 1 1 2 2 0 0 0 0 23 11
Jami 58 32 3 2 2 2 0 0 0 0 63 36
Aston Villa 2010/11[3] 16 9 0 0 0 0 0 0 0 0 16 9
2011/12[4] 16 6 0 0 0 0 0 0 0 0 16 9
Jami 32 15 0 0 0 0 0 0 0 0 32 18
Umumiy faoliyatida 339 144 13 7 19 10 18 7 4 1 378 164

Manbalar tahrir

  1. Kolichestvo igr i golov za professionalniy klub schitaetsya tolko dlya razlichnix lig natsionalnix chempionatov.
  2. Kolichestvo igr i golov za natsionalnuyu sbornuyu v ofitsialnix matchax.
  3. „Aston Villa 2010/2011 player appearances“. Soccerbase. 2012-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 18-yanvar.
  4. „Aston Villa 2011/2012 player appearances“. Soccerbase. 2011-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 18-yanvar.