Date (yaponcha: 伊達市 Date-shi?, [date])Yaponiyaning Xokkaydo orolidagi Iburi subprefekturasida joylashgan shahar. 1869-yilda Date klani tomonidan asos solingan. 1972-yil 1-aprelda unga shahar maqomi berildi.

Date

伊達市
Shahar
Shahar hokimyati binosi
Shahar hokimyati binosi
Date
Bayroq
Date
Gerb
42°28′0″N 140°52′0″E / 42.46667°N 140.86667°E / 42.46667; 140.86667
Mamlakat Yaponiya
Hukumat
 • Hokim Keita Horii (2023-yil may oyidan beri)
Asos solingan 1869
Maydon 444.28 km2 (171.54 kv mi)
Rasmiy til(lar)i Yapon
Aholisi
 (2017-yil 30-aprel)
34,898
Zichligi 79 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+09:00JST
Date xaritada
Date
Date

Tarixi

tahrir

Date hududidan Jomon davriga oid turar-joy qoldiqlari topilgan. Xokkaydoning tub aholisi boʻlgan Aynular ham 20-asr boshlariga qadar Date yaqin atrofidagi boshqa manzilgohlarda istiqomat qilib, Yaponiya jamiyatiga assimilyatsiya qila boshlagan.

Hududning nomi Xonsyu orolidagi Fukusima shahrida 12-asrda hokimiyat tepasiga koʻtarilgan Date klanidan olingan. Edo davridan oldin ularning markaziy qal’asi Fukusimaning Date tumanidagi Yanagava qal’asi edi. Qal’a keyinchalik Senday nomi bilan ataladi. Date klani butun Miyagi prefekturasini hamda Ivate prefekturasining janubiy qismini boshqargan va eng nufuzli daimyolardan biri boʻlgan.

Meiji davrida koʻplab samuray klanlari, shu jumladan Date klani ham Meiji islohotining siyosiy oʻzgarishlari tufayli oʻz hududlarini boy beradi. Shu sababli, 1869-yilda Watari shahridan Date klanining boʻgʻinlaridan biri boʻlgan urugʻ oʻsha paytda hali rivojlana boshlamagan Xokkaydoning janubiy qirgʻoqlariga koʻchib boradi. Date shahriga shu tariqa asos solindi.

2006-yil 1-martda Usu tumanining Otaki qishlogʻi Date shahri bilan birlashtirildi.

Geografiyasi

tahrir
 
Usu toʻgʻi choʻqqisidan shaharning koʻrinishi

Date shahri Usu togʻining (choʻqqi balandligi 702 metr) yonbagʻrida joylashgan. Shahardan Osaru daryosi oqib oʻtadi.

Shahar va qishloqlarning birlashishlari natijasida Date shahrini ikki qismga ajratish mumkin mumkin: Otaki oʻrmoni hududi va eski shahar hududi. Otaki oʻrmoni hududida Sankaydaki sharsharasi va Shirakinu daryosi oʻzani joylashgan. Eski shaharda esa samuraylar tomonidan qurilgan tarixiy binolar mavjud. Ulardan eng mashhuri Usu-Zenkou ibodatxonasidir.

Taʼlim

tahrir

Date shahrida 7 ta boshlangʻich, 4 ta oʻrta va 3 ta yuqori maktablar mavjud[1][2].

Shu jumladan:

  • Date Kairai yuqori maktabi
  • Midorigaoka yuqori maktabi
  • Datekotoyogo maxsus yuqori maktabi

Transport

tahrir

Date shahrida 37-sonli va 453-sonli Yaponiya milliy avtomagistrallari tutashadi. Shaharga avtomagistraldan Date almashinuv yoʻli yoki JR Xokkaydo tomonidan boshqariladigan Date-Mombetsu stantsiyasi orqali kirish mumkin[3].

Manbalar

tahrir
  1. „Hokkaido Board of Public Education“.
  2. [www.gaccom.jp „List of Elementary and Junior High Schools“].
  3. „Hokkaido Shinkansen|HOKKAIDO RAILWAY COMPANY“. www2.jrhokkaido.co.jp. 2008-yil 16-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 13-aprel.

Tashqi havolalar

tahrir