Fukusima
Fukusima (yaponcha: 福島市 Fukushima-shi , [ɸɯ̥kɯꜜɕima]) Fukushima prefekturasining poytaxt shahri. Prefektura markazi Nakadorining shimolida joylashgan. 2023-yil 1-avgust holatiga koʻra shahar aholisi 275,850 kishi va 122,130 xoʻjalikdan iborat[1]. Aholi zichligi 1 kilometr kvadratga 329 kishi toʻgʻri keladi. Shaharning umumiy maydoni 767 kilometr kvadrat[2].
Fukusima | |
---|---|
Shahar | |
37°45′38″N 140°28′24″E / 37.76056°N 140.47333°E | |
Mamlakat | Yaponiya |
{{{mintaqa_turi}}} | Honshu |
Hukumat | |
• Hokim | Hiroshi Kohata |
Aholisi (Avgust, 2023) |
275,850 |
Zichligi | 389 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTCJapan Standard Time |
Hozirgi Fukusima shahri sobiq Shinobu, Date va Adachi tumanlarining qismlaridan tashkil topgan. Shahar Fukusima havzasining janubi-gʻarbiy qismiga tutashgan togʻ yon bagʻirlarida joylashgan.
Shahar chekkasida koʻplab onsenlar (issiq buloqlar) mavjud boʻlib, jumladan Iizaka Onsen, Takayu Onsen va Tsuchiyu Onsen kurort hududlari shular sirasiga kiradi. Fukusima, shuningdek, Yaponiyaning Toxoku mintaqasidagi yagona Yaponiya poyga assotsatsiyasi Fukushima Racecourse (福島競馬場) ot poygasi kompleksini oʻz ichiga olgan.
Geografiyasi
tahrirFukusima shahri Fukusima prefekturasi markazining shimoli-sharqiy qismida, Inawashiro koʻlidan 50 km sharqda, Tokiodan 250 km (160 mi) shimolda va Sendaydan taxminan 80 km (50 mi) janubda joylashgan. Gʻarbdan Ou togʻlari va sharqdan Abukuma tepaliklari orasida yotadi. Shaharning katta qismi Fukusima havzasi togʻ yon bagʻirlari ichidadir. Gʻarb va janubi-gʻarbiy tomondan Azuma va Adatara choʻqqilari shahar manzarasi ustida turadi.
Shimolda Fukusima Miyagi prefekturasining Shiroishi va Shichikashuku shaharlari bilan tutashgan. Shimoli-gʻarbda Yamagata prefekturasining Yonezava va Takahata shaharlari bilan chegaradosh. Fukusima prefekturasi ichida shahar gʻarbida Inavashiro shahri, janubda Nixonmatsu, sharqda Kavamata va Date, shimoli-sharqda Koori joylashgan[3].
Aholisi
tahrirFukusima shahri 377 288 aholiga ega Ivaki va 336 328 kishilik Koriyama shaharlaridan keyin Fukusima prefekturasida uchinchi oʻrinda turadi[4] [5]. Shu sabab, Fukusima Yaponiyadagi yondosh shaharlardan aholisi kam boʻlgan yagona prefektural poytaxt shahardir.
2011-yil maʼlumotlariga koʻra Fukusima metropolitan hududi aholisiNixonmatsu, Date, Kunimi, Koori, Kavamata va Fukusima shaharlarini oʻz ichiga olgan holda 452 912 kishini tashkil etgan. Bu Fukusima prefekturasidagi aholi soni boʻyicha ikkinchi oʻrindir. Prefekturada Koriyama 553,996 aholiga ega boʻlgan eng katta shahar[6] [7]. Fukusima metropolitan hududi Toxoku mintaqasida yirikligi boʻyicha oltinchi oʻrinda turadi.
Tarixi
tahrir1907-yil aprelda Fukusima rasman Fukushima (yaponcha: 福島市 Fukushima-shi ) shahriga aylandi. Bu prefekturadagi ikkinchi va mamlakatda shaharga aylangan 59-munitsipalitet edi. Oʻshanda Fukusimada 30 ming aholi istiqomat qilgan.
2011-yil 11-martda 2011 yil Toxoku zilzilasi va tsunami sodir boʻldi. Zilzila shahar katta qismini suv bilan taʼminlaydigan Surikamigava toʻgʻonidan chiquvchi koʻplab suv quvurlarida yorilishlarga olib keldi. Shaharning aksariyat qismi suv taʼminotidan mahrum boʻldi[8]. Temir yoʻl infratuzilmasiga etkazilgan zarar tufayli poyezdlar qatnovi ham toʻxtatildi. Iizaka liniyasi ikki kundan keyin 13-martda [9] qayta ochildi va 31-martda Yamagata Shinkansen tez yurar poyezdi va Ou magistral liniyasi toʻliq xizmat koʻrsatishni davom ettirdi[10]. 7 aprelda Toxoku magistral liniyasi har ikki yoʻnalishda qayta ochildi, biroq oʻsha kechasi kuchli zilziladan keyin yana yopildi. Aprel oyi oxiriga kelib barcha temir yoʻl xizmatlari toʻliq tiklandi[11].
2018-yil 1-aprelda Fukusima metropoliten shaharga aylandi.
Iqtisodiyoti
tahrir2005-yil holatiga koʻra, Fukusimadagi barcha fuqarolarning umumiy daromadi ¥1.108 trillionni tashkil etdi. Ushbu daromadning 0,8 foizi birlamchi sektorga, 24,1 foizi ikkilamchi sektorga, 80,1 foizi uchinchi darajali sektorga toʻgʻri keldi[12].
Birlamchi sektorda qishloq xoʻjaligi ¥8.939 milliard daromad bilan yetakchilik qildi. Ikkilamchi sektorda umumiy ishlab chiqarish yetakchi boʻlib, umumiy daromad ¥218.4 milliardni tashkil etdi. Xizmat koʻrsatish sohasi ¥271.6 milliard daromad bilan uchinchi darajali sektorda yetakchilik qildi[13].
Manbalar
tahrir- ↑ Fukushima City official population statistics(yaponcha)
- ↑ Fukushima City official profile(yaponcha)
- ↑ „Fukushima“ (ja). Ministry of Land, Infrastructure, Transport and Tourism (2007). 2013-yil 9-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 31-may.
- ↑ „Manba“ (ja) (XLS). Fukushima City. 2011-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 31-may.
- ↑ „Manba“ (ja). Ministry of Land, Infrastructure, Transport and Tourism (2007). 2013-yil 9-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 31-may.
- ↑ „Manba“ (ja) (XLS). Fukushima City. 2011-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 31-may.
- ↑ „Manba“ (ja). Fukushima Prefecture. 2013-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 31-may.
- ↑ A, B. „A“. Fukushima Minpo (2011-yil 12-mart). 2012-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 23-iyun.
- ↑ „Fukushima“ (ja). MSN 産経ニュース. 2012-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 15-iyul.
- ↑ „Fukushima“. Yamagata News Online (2011-yil 31-mart). 2018-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 4-iyun.
- ↑ „Fukushima“ (ja). 鉄道ファン (2011-yil 28-aprel). Qaraldi: 2012-yil 4-iyun.
- ↑ „Fukushima“ (ja). Fukushima City (2010-yil mart). 2012-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 30-may.
- ↑ „Fukushima“ (ja). Fukushima City (2010-yil mart). 2012-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 30-may.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |