De Kerven tendovaginiti (de Kerven kasalligi, stenoz tendovaginiti) – surunkali tendovaginitning oʻziga xos shakli, bu kasallikda bilak kaft boʻgʻimida joylashgan paylar va ularni oʻrab turuvchi qatlam zararlanadi. Bu nom shveytsariyalik jarroh Fritz de Kerven sharafiga qoʻyilgan (Fritz de Quervain, 1868—1940), u 1895-yilda birinchi marta bosh barmoq harakati bilan bogʻliq ogʻriqni qanday paydo boʻlishini tushuntirib bergan[1][2][3].

Epidemiologiyasi

tahrir

Mehnatga layoqatli aholi orasida de Kerven kasalligi ayollarda har 1000 kishidan 2-3 tasida kuzatilsa, erkaklarda bu koʻrsatkich 0.6ga teng[4]. Kasallik odatda dominant qoʻl panjasida 30-55 yoshda uchraydi. Bu holat ayollarda ertaroq va koʻproq paydo boʻladi. Koʻpgina hollarda patologiya homilador ayollarda yoki tugʻruqdan keyin juda tez rivojlanishi kuzatilgan[5].

Etiologiya va patogenezi

tahrir

Kasallik doimiy bir xil takrorlanuvchi harakatlar yoki uzoq muddatli statik zoʻriqish tufayli qoʻl panjasining surunkali mikrozararlanishi bilan bevosita bogʻliq. Bunday mehnat bilan shugʻullanadigan insonlarda bilak tendinitlari rivojlanish xavfi 29 baravar yuqori hisoblanadi[6]. Masalan Voleybolchilarda de Kerven kasalligining ehtimoli mashgʻulotlarning davomiyligi va sport stajiga toʻgʻri proporsionaldir[7].


Kasallik patogenezining asosida yalligʻlanish oqibatida bir tomondan qisqa yozuvchi muskul bilan bosh barmoqning uzoqlashtiruvchi uzun muskuli, ikkinchi tomondan bilak orti boylami oʻrtasidagi nomutanosiblik yotadi. Ushbu tuzilmalarning mexanik ishqalanishi yalligʻlanishga, shishning koʻpayishiga olib keladi, bu esa paylar harakatiga yanada koʻproq toʻsqinlik qiladi natijada bosh barmoqning harakatida ogʻriq paydo boʻladi[8].

Patologik anatomiyasi

tahrir

Stenozlovchi tendovaginitda bilak kaft boʻgʻimining qisqa yozuvchi paylari va bosh barmoqning uzoqlashtiruvchi uzun mushaklari qalinlashadi va boʻshliq mos ravishda torayadi[1][2].

Klinik koʻrinishi

tahrir

Stenozlovchi de Kerven tendovaginitining klinik koʻrinishlari bilak suyagining bigizsimon oʻsimtasi sohasidagi ogʻriqlar bilan boshlanadi, bu ogʻriqlar koʻpincha qoʻlning bosh barmogʻiga yoki tirsagiga oʻtadi, shuningdek shu sohada shish paydo boʻladi. Bemor bosh barmogʻini kaft yuzasiga bosib, qolgan barmoqlarini uning ustida buksa, ogʻriq kuchayadi. Agar bemor shu bilan birga qoʻl panjasini tirsak tomoniga tortsa, ogʻriq keskin kuchayadi (Finkelshteynning musbat testi), bunda oʻziga xos shiq etgan tovushni eshitish mumkin. Bilak kaft boʻgʻimi stida qilingan palpatsiya juda ogʻriqli boʻladi va shish aniqlanadi[1][2][9].

Davolash

tahrir

Konservativ davo

tahrir

1. Ergonomik holatda ishlash. Takroriy yuklamalardan qochish, ishda tanaffuslar qilish, mehnatni yengillashtiruvchi moslamalardan foydalanish.

2. Medikamentoz terapiya. Og‘riq, yallig‘lanish, shish mavjudligi – YAQNDVni ichishga va mahalliy qoʻllash uchun toʻgʻridan toʻgʻri koʻrsatma hisoblanadi. Shuningdek, kompresslardan ham foydalaniladi.

3. Fizioterapiya. Elektroforez, magnitoterapiya, issiqlik bilan davolash va shu kabi muolajalar qoʻllanadi.

4. Dori preparatlarini mahalliy yuborish. Kortikosteroidlardan foydalanish yalligʻlanishni, ogʻriqni tezda toʻxtatadi, funksiyani tiklaydi[10]. Meta-tahlil natijalari kortikosteroidlar va anestetiklar aralashmasining glyukokortikoidlarga qaraganda yuqori samaradorligini koʻrsatgan[11].

Jarrohlik amaliyoti

tahrir

Operatsiyaning mohiyati – paylarning normal harakatlanishi uchun toʻsiqlarni olib tashlash. Bunga koʻndalang boylamni kesish va payni dekompressiya qilish yoʻli bilan erishiladi. Jarrohlik amaliyotidan keyin, kasallik belgilarining toʻliq toʻxtashi 90-96% bemorlarda kuzatilgan[12]. Jarrohlik natijasidan kuzatuvdagi bemorlaning 88-91% i qoniqish hosil qilgan[13].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 Скрипниченко Д. Ф. „Тендовагинит“, . Большая медицинская энциклопедия: В 30 томах, 3-е издание 150800 экз, М.: Советская энциклопедия, 1985 — 539—540-bet. 
  2. 2,0 2,1 2,2 Клеткин М. Е. „Тендовагинит“. Medicalj.ru (2013). 2014-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 8-oktyabr.
  3. „Fritz de Quervain“. Who Named It?. 2013-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 9-oktyabr.
  4. Karen Walker-Bone et al. „Prevalence and impact of musculoskeletal disorders of the upper limb in the general population“ (en). PubMed (2004-yil 1-avgust). — Arthritis Rheum. 2004 Aug 15;51(4):642-51. doi: 10.1002/art.20535. 2020-yil 16-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-dekabr.
  5. Schned, E. S. „DeQuervain tenosynovitis in pregnant and postpartum women“ (en). PubMed (1986-yil 1-sentyabr). — Obstet Gynecol. 1986 Sep;68(3):411-4. doi: 10.1097/00006250-198609000-00025. 2022-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-dekabr.
  6. Seyed Abdolhossein Mehdinasab, Seyed Amirmohammad Alemohammad. „Methylprednisolone acetate injection plus casting versus casting alone for the treatment of de Quervain's tenosynovitis“ (en). PubMed (2010-yil 1-iyul). — Arch Iran Med. 2010 Jul;13(4):270-4.. 2022-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-dekabr.
  7. Rossi, Costantino. „De Quervain disease in volleyball players“ (en). PubMed (2005-yil 1-mart). — Am. J. Sports Med. 2005 Mar;33(3):424-7. doi: 10.1177/0363546504268134. 2022-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-dekabr.
  8. Новиков А. В., Щедрина М. А., Петров С. В. „Болезнь де Кервена (этиология, патогенез, диагностика и лечение)“. Часть I (ru). Eco-Vector Journals Portal. — Статья была опубликована в «Вестнике травматологии и ортопедии им. Н. Н. Приорова», том 26, № 3 (2019). 2020-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-dekabr.
  9. Насонов В. А., Астапенко М. Г., Болотин Е. В., Сергеев О. И. „Болезнь де Кервена“, . Справочник терапевта: В 2 томах, 5000 экз, М.: Издательство АСТ, 1999 — 84-bet. ISBN 5-237-01078-4. 
  10. Carlton A Richie 3rd, William W Briner Jr. „Corticosteroid injection for treatment of de Quervain's tenosynovitis: a pooled quantitative literature evaluation“ (en). PubMed (2003). — J. Am. Board Fam. Pract. Mar-Apr 2003;16(2):102-6. doi: 10.3122/jabfm.16.2.102. 2022-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-dekabr.
  11. Ronald G. Chambers Jr. „Corticosteroid injections for trigger finger“ (en). PubMed (2009-yil 1-sentyabr). — Am. Fam. Physician. 2009 Sep 1;80(5):454.. Qaraldi: 2020-yil 18-dekabr.
  12. Mohammad Zarin, Israr Ahmad. „Surgical treatment of de Quervain's disease“ (en). PubMed (2003-yil 1-mart). — J. Coll Physicians Surg Pak. 2003 Mar;13(3):157-8. Qaraldi: 2020-yil 18-dekabr.
  13. K. T. Ta, D. Eidelman, J. G. Thomson. „Patient satisfaction and outcomes of surgery for de Quervain's tenosynovitis“ (en). PubMed (1999-yil 1-sentyabr). — J. Hand Surg Am. 1999 Sep;24(5):1071-7. doi: 10.1053/jhsu.1999.1071. 2021-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-dekabr.