Dengizkoʻl kollektori
Dengizkoʻl kollektori – Buxoro viloyatidagi yirik kollektor. 1966-yilda qurilgan. Suv sarfi 33,1 m3/s. Parallel kollektori bilan Dengizkoʻlni tutashtiradi. Kollektor boshi va quyilish joyining nishablik farqi 25,3 m. Dengizkoʻl kollektori Buxoro viloyati Qorakoʻl tumanida dehqonchilik qilinadigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, shoʻr va drenaj, tashlama suvlarni chiqarib yuborishga xizmat qiladi. Dengizkoʻl kollektori suvlari Dengizkoʻl pastligiga quyiladi.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil