Denise Bouah (talaffuzi: Denis Bau 1980-yil 26-noyabrda tugʻilgan) — ilgari Denise Frick nomi bilan tanilgan janubiy afrikalik ayol shaxmatchi, xalqaro ayol usta unvoniga ega.

Denise Frick
Mamlakat Janubiy Afrika bayrogʻi Janubiy Afrika Respublikasi
Tugʻilishi 26-noyabr 1980-yil (1980-11-26) (44 yosh)
Saravha Xalqaro ayol shaxmat ustasi
FIDE reyting [1] (fevral 2024) 1770 (oktabr 2019-yil)[1]
Yuqori reytingi 1941 (iyul 2006-yil)[1]

Hayoti

tahrir

2003-yilda Denise Frick ayol FIDE ustasi (WFM) boʻldi, 2004-yilda esa ayol xalqaro ustasi (WIM) unvoniga sazovor boʻldi. 2005-yilda Keyptaunda u Janubiy Afrika Respublikasi ayollar shaxmat chempionatida gʻoliblikkka erishdi[2]. U Lusakada shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Afrika chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritdi.[3] 2011-yilda Maputo shahrida shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Afrika chempionatida Denise Frick bronza medalini qoʻlga kiritdi (ikkinchi medal).[4] 2012-yilda Xanti-Mansiyskda shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida debyut qildi, u yerda birinchi bosqichda Humpy Koneruga yutqazib qoʻydi[5] 2014-yilda Vindxukda u Afrikaning FIDE hududlararo turnirida gʻolib boʻldi.[6]

Denise Frick Janubiy Afrika nufuzini bir nechta ayollar shaxmat olimpiadalarida, (jumladan 2000, 2004, 2006, 2012, 2014, 2016, 2018[7] va 2022-yillarda[8]) hamda shaxmat boʻyicha ayollar jamoaviy chempionatida[9] himoya qilgan. U Afrika oʻyinlarida (2003—2011) ayollar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha terma jamoalar turnirida uch marta ishtirok etib, jamoaviy bahslarda ikkita kumush (2003, 2007) va bitta bronza (2011) medallarini qoʻlga kiritgan, shaxsiy bahsda esa kumush medal (2011) sohibasiga aylanyan.[10]

Denise Frick mutaxassisligi boʻyicha psixolog. Frickning magistrlik diplom ishi, shaxmatdan giyohvand moddalarni isteʼmol qilishni oldini olish va bu giyohvand shaxmatchilarni davolashda terapevtik vositalardan unumli foydalanish bilan bogʻliq.

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „Rating Progress Chart: Bouah, Denise“. ratings.fide.com. FIDE. Qaraldi: 7-dekabr 2021-yil.
  2. „RSA Closed Champ.Women July 2005 South Africa FIDE Chess Tournament report“. ratings.fide.com. 4-aprel 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-aprel 2018-yil.
  3. „2005 African Individual Chess Championships“. thechessdrum.net. 21-noyabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-aprel 2018-yil.
  4. Herzog. „2011 AFRICAN INDIVIDUAL WOMEN´S CHAMPIONSHIP“. Chess-Results.com. 4-aprel 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-aprel 2018-yil.
  5. Weeks. „2012 FIDE Knockout Matches : World Chess Championship (women)“. Mark-Weeks.com. 30-aprel 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-aprel 2018-yil.
  6. Herzog. „Chess-Results Server Chess-results.com - Zone 4.3 Individual Chess Championships“. Chess-Results.com. 4-aprel 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-aprel 2018-yil.
  7. Bartelski. „Women's Chess Olympiads :: Denise Frick“. OlimpBase.org. 4-aprel 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-aprel 2018-yil.
  8. „Chess-Results Server Chess-results.com - 44th Olympiad Chennai 2022“. chess-results.com. Qaraldi: 9-avgust 2022-yil.
  9. Bartelski. „World Women's Team Chess Championship :: Denise Frick“. OlimpBase.org. 4-aprel 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-aprel 2018-yil.
  10. Bartelski. „All-Africa Games (chess - women) :: Denise Frick“. OlimpBase.org. 4-aprel 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-aprel 2018-yil.

Havolalar

tahrir
  • Denise Bouahning FIDE dagi reytingi (archive)
  • Denise Bouahning 365Chess.com saytidagi shaxmat oʻyinlari (archive)