Dennis Praet (1994-yil 14-mayda tugʻilgan) — belgiyalik professional futbolchi, Premer-liganing „Lester Siti“ klubi va Belgiya terma jamoasida markaziy yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Dennis Praet
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Dennis Praet[1]
Tavallud sanasi 14-may 1994-yil (1994-05-14) (29 yosh)[2]
Tavallud joyi Leuven, Belgiya
Boʻyi 1.81 m[3]
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Leicester City
Raqami 26
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1999-2000 SJV Motbroek
2000-2002 Stade Leuven
2002-2003 OH Leuven
2003-2010 Genk
2010-2011 Anderlext
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2011-2016 Anderlecht 139 (20)
2016-2019 Sampdoria 98 (4)
2019- Lester siti 43 (2)
2021-2022Torino (loan) 23 (2)
Milliy terma jamoa
2009 Belgiya U15 3 (0)
2009-2010 Belgiya U16 10 (1)
2010-2011 Belgiya U17 11 (2)
2011 Belgiya U18 2 (0)
2012 Belgiya U19 7 (2)
2012-2016 Belgiya U21 17 (2)
2014- Belgiya 15 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(13-avgust uchun)

Klublardagi faoliyati tahrir

Genk yoshlar klubi tahrir

Praet 2003-yilda 8 yoshida Genk yoshlar akademiyasiga qoʻshilgan. U yoshlik faoliyatining katta qismini Genkda oʻtkazdi va u yerda oʻzini yaxshi koʻrsata oladi va 2010-yilgacha klubning yoshlar jamoalarida oʻynadi[4][5]. U keyinchalik Belgiyaning yoshlar terma jamoasida oʻynadi va „Arsenal“, „Barselona“, „Ayaks“ va „Lill“ kabi klublarning qiziqishini uygʻotdi[4][6].

Anderlext tahrir

 
Praet 2014-yilda „Anderlext“ tarkibida

2010-yilning may oyida Praet „Genk“dan "Anderlext "ga oʻtdi[7][8]. „Anderlext“da u 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar jamoasi bilan ish boshladi. 2011-yilda u Amsterdamda boʻlib oʻtgan AEGON Future Cup musobaqasida „Ayaks“ va „Bavariya“ kabi jamoalar ishtirok etgan yoshlar turnirida eng yaxshi oʻyinchi sovrinini oldi[9].

Praet Anderlextning asosiy jamoasida 2011-yilning 21-sentabrida Belgiya kubogida Lommel Yunaytedga qarshi bahsda debyut qildi va bu oʻyinda ikkita golli uzatmani amalga oshirdi[10]. Kubokning navbatdagi bosqichida u „Rupel Boom“ ga qarshi oʻtkazilgan oʻyinda oʻzining birinchi rasmiy golini kiritdi. 2012-yilning mart oyida Praet 2015-yilgacha davom etadigan yangi shartnoma imzoladi[11].

2012-13-yilgi mavsumda Praet „Anderlext“da deyarli barcha oʻyinlarda maydonga tushdi. Chunki klub ketma-ket ikkinchi marta liga chempionligini qoʻlga kiritdi[12]. 2014-yilning boshida u bilan tuzilgan shartnomani 2017-yilgacha uzaytiriladi. U 2014-yil 25-may kuni „Anderlext“ning „Jupiler Pro-ligasi“ pley-off bosqichida „Lokeren“ ustidan 3:1 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda uchinchi golini kiritib, „Anderlext“ning 33-liga chempionligini qoʻlga kiritadi va oʻzining ketma-ket uchinchi golini uradi[13].

Praet 2014-yil 31-avgust kuni „Bryugge“da boʻlib oʻtgan liga oʻyinida klub safidagi 100-oʻyinini oʻtkazdi[14]. 16-sentabr kuni u UEFA Chempionlar Ligasi guruh bosqichida „Galatasaroy“ga mehmonda gol urib, „Anderlext“ni oldinga olib chiqdi. Biroq turk klubi qoʻshib berilgan daqiqalarda hisobni tenglashtirdi[15]. Uning 2014-15-yilgi mavsumda birinchi ligadagi goli „Bryugge“ ga qarshi oʻyinda (2:2) birinchi boʻlim oʻrtalarida hisobni tenglashishiga olib keldi. U 2014-yilning 14-26-dekabr kunlari „Anderlext“ tarkibida ketma-ket toʻrtta oʻyinda gol urdi.

2015-yil 14-yanvarida Praet 2014-yilgi mavsum uchun Belgiya Oltin butsasini qoʻlgan kiritdi[16]. U „Bryugge“ vakili Viktor Vaskesdan (245) besh ochko (250) oʻzib ketgan edi[17][18].

Sampdoriya tahrir

2016-yilning 24-avgustida Praetning Sampdoriyaga oʻtishi rasman eʼlon qilindi. „Sampdoriya“ 10 million evro evaziga futbolchini sotib oladi[19]. 2018-yilning noyabrida Praet „Sampdoriya“ bilan shartnomani uzaytirdi va klubdagi faoliyatini 2021-yilgacha davom ettiradigan boʻldi[20].

Praet oʻzining uch yillik faoliyati davomida „Sampdoriya“ safida A Seriyaning 98 oʻyinida maydonga tushib, 4 ta gol urgan. Statistikasining yaxshi emasligiga sabab uch mavsumda ham klub uchu turnir erta yakunlangan.

Lester Siti tahrir

2019-yilning 8-avgustida Praet Premer-liganing „Lester Siti“ klubi bilan 20 million yevro evaziga besh yillik shartnoma imzoladi[21][22]. 2019-yilning 18-avgustida u „Chelsi“ ga qarshi oʻyinda 73-daqiqada zaxiradan maydonga tushib ligadagi birinchi oʻyinini oʻtkazadi[23]. 2020-yilning 11-yanvarida Praet „Lester Siti“dagi ilk golini „Sautgempton“ ga qarshi oʻyinda (1:2) kiritdi[24]. 2020-yil 20-sentabrda u ikkinchi golini „Byornli“ga qarshi oʻyinda (4:2) kiritdi[25].

Torino tahrir

2021-yil 31-avgustda Praet bir mavsumga ijara asosida „Torino“ga oʻtadi[26].

Xalqaro faoliyati tahrir

Belgiya tahrir

Praet Belgiyaning 15 yoshgacha boʻlgan va undan katta yoshdagi barcha jamoalarida oʻynagan[27]. 2014-yilning 6-noyabrida Praet Belgiya terma jamoasiga 12-noyabr kuni Islandiyaga qarshi boʻlib oʻtadigan oʻrtoqlik oʻyini uchun va 16-noyabr kuni Uelsga qarshi Evro-2016 saralash oʻyinlari uchun chaqiriladi. U Bryusselda Islandiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvining 76-daqiqasida Kristian Benteke oʻrniga zaxiradan maydonga tushiriladi[28].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

Klub Mavsum Liga Kubok Yevropa Boshqa Jami
Divizion Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Anderlext 2011-12 Belgian Pro League 7 0 2 1 9 1
2012-13 Belgian Pro League 27 2 6 2 6 1 1 1 40 6
2013-14 Belgian Pro League 37 5 2 0 6 0 1 0 46 5
2014-15 Belgian Pro League 30 7 2 1 6 1 1 0 39 9
2015-16 Belgian Pro League 37 6 0 0 9 0 46 6
2016-17 Belgian First Division A 1 0 0 0 1 0 2 0
Jami 139 20 12 4 28 2 3 1 182 27
Sampdoria 2016-17 Serie A 32 1 2 0 34 1
2017-18 Serie A 32 1 3 0 35 1
2018-19 Serie A 34 2 3 0 37 2
Jami 98 4 8 0 0 0 0 0 106 4
Lester siti 2019-20 Premier League 27 1 9 0 36 1
2020-21 Premier League 15 1 3 0 6 1 24 2
2022-23 Premier League 1 0 0 0 1 0
Jami 43 2 12 0 6 1 0 0 61 3
Torino (loan) 2021-22 Serie A 23 2 1 0 24 2
Faoliyatidagi jami 303 28 33 4 34 3 3 1 373 36

Xalqaro tahrir

Terma jamoa va yil boʻyicha oʻyinlar va gollar
Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Belgiya 2014 1 0
2015 0 0
2016 0 0
2017 0 0
2018 1 0
2019 4 0
2020 3 0
2021 5 2
2022 1 0
Jami 15 2
2021-yil 8-sentabrda boʻlib oʻtgan oʻyin holatiga koʻra. Belgiya hisobi birinchi boʻlib koʻrsatilgan, natija ustuni Praetning har bir golidan keyin ochkoni koʻrsatadi.
Dennis Praet tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
Yoʻq. Sana Joy Qopqoq Raqib Hisob Natija Musobaqa Mnb.
1 2021-yil 30-mart Den Dreef, Leuven, Belgiya 10   Belarus 5-0 8-0 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi [29]
2 2021-yil 8-sentabr Markaziy stadion, Qozon, Rossiya 14 1-0 1-0 [30]

Yutuqlari tahrir

Anderlext

  • Belgiya Pro-ligasi : 2011-12, 2012-13, 2013-14[31]
  • Belgiya Superkubogi : 2012, 2013, 2014

Lester Siti

  • Angliya kubogi: 2020-21[32]

Individual

  • AEGON Future Cupning eng yaxshi futbolchisi: 2011[33]
  • Belgiya oltin butsasi: 2014[34]

Manbalar tahrir

  1. „Premier League clubs publish 2019/20 retained lists“. Premier League (2020-yil 26-iyun). Qaraldi: 2020-yil 10-iyul.
  2. „Dennis Praet: Overview“. ESPN. Qaraldi: 2020-yil 10-iyul.
  3. „Dennis Praet: Overview“. Premier League. Qaraldi: 2020-yil 10-iyul.
  4. 4,0 4,1 Dorrington, Nick. „Dennis Praet's vision and technique have made Europe's elite take notice“. ESPNFC (21-iyul 2015-yil). Qaraldi: 24-avgust 2016-yil.
  5. Wollaston, Steve. „Aston Villa – everything you need to know about new £10m target Dennis Praet“. Birmingham Mail (3-iyul 2015-yil). Qaraldi: 24-avgust 2016-yil.
  6. „Arsenal to beat Barcelona in race for Belgian wonderkid?“. Total Barça (12-aprel 2010-yil). 14-oktabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-yanvar 2013-yil.
  7. Dorrington, Nick. „Dennis Praet's vision and technique have made Europe's elite take notice“. ESPNFC (21-iyul 2015-yil). Qaraldi: 24-avgust 2016-yil.
  8. Wollaston, Steve. „Aston Villa – everything you need to know about new £10m target Dennis Praet“. Birmingham Mail (3-iyul 2015-yil). Qaraldi: 24-avgust 2016-yil.
  9. Jonges. „AEGON Future Cup: Het eindrapport“ (nl). Ajax.nl (25-aprel 2011-yil). — „adidas Beste Speler van de AEGON Future Cup 2011: Anderlecht-middenvelder Dennis Praet nam de prijs voor Beste Speler van het toernooi in ontvangst uit handen van Ajacied Christian Eriksen.“. 29-aprel 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-yanvar 2013-yil.
  10. „Dennis Praet Signs For Leicester City On Permanent Deal“. Leicester City. Qaraldi: 8-avgust 2019-yil.
  11. „Arsenal do their groundwork on Dennis Praet“. Express (3-dekabr 2012-yil). Qaraldi: 8-avgust 2019-yil.
  12. Dorrington, Nick. „Dennis Praet's vision and technique have made Europe's elite take notice“. ESPNFC (21-iyul 2015-yil). Qaraldi: 24-avgust 2016-yil.
  13. „Anderlecht clinch title in Belgium“. UEFA (18-may 2014-yil). Qaraldi: 8-avgust 2019-yil.
  14. „'The Belgian Iniesta' – Meet Juventus target Dennis Praet“. Goal (7-oktabr 2014-yil). Qaraldi: 8-avgust 2019-yil.
  15. „Galatasaray 1–1 Anderlecht: Late Burak goal saves point for hosts“. Goal.com (16-sentabr 2014-yil). Qaraldi: 17-sentabr 2014-yil.
  16. „Dennis Praet Signs For Leicester City On Permanent Deal“. Leicester City. Qaraldi: 8-avgust 2019-yil.
  17. Scholten. „Anderlecht's Praet is Belgium's best“. UEFA.com (14-yanvar 2015-yil). Qaraldi: 24-avgust 2016-yil.
  18. „Dennis Praet wint Gouden Schoen, Vazquez strandt op vijf puntjes“ (nl). Sporza (14-yanvar 2015-yil). 2016-yil 19-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-avgust 2016-yil.
  19. „Sampdoria stelt Dennis Praet officieel voor“ (nl). Sport Wereld (24-avgust 2016-yil). Qaraldi: 24-avgust 2016-yil.
  20. „Praet extends Sampdoria contract“. Sports Star (30-noyabr 2018-yil). Qaraldi: 8-avgust 2019-yil.
  21. „Dennis Praet Signs For Leicester City On Permanent Deal“. Leicester City. Qaraldi: 8-avgust 2019-yil.
  22. „Leicester set to sign Sampdoria midfielder Dennis Praet for €20m“. The Guardian. Qaraldi: 8-avgust 2019-yil.
  23. „Chelsea 1-1 Leicester City: Wilfred Ndidi secures hard-earned point“. BBC Sport (18-avgust 2019-yil). Qaraldi: 18-avgust 2019-yil.
  24. „Dennis Praet vs. Southampton“. lcfc.com (11-yanvar 2020-yil).
  25. „Highlights: Praet scores screamer as Leicester beat Burnley“. BBC Sport (11-yanvar 2020-yil).
  26. „Praet al Toro“ (it). Torino F.C. (31-avgust 2021-yil). Qaraldi: 31-avgust 2021-yil.
  27. Dorrington, Nick. „Dennis Praet's vision and technique have made Europe's elite take notice“. ESPNFC (21-iyul 2015-yil). Qaraldi: 24-avgust 2016-yil.
  28. „Dennis Praet Signs For Leicester City On Permanent Deal“. Leicester City. Qaraldi: 8-avgust 2019-yil.
  29. „Belgium 8–0 Belarus: Leandro Trossard scores twice in crushing win“. BBC Sport (30-mart 2021-yil). Qaraldi: 30-mart 2021-yil.
  30. „Belarus 0–1 Belgium“. BBC Sport (8-sentabr 2021-yil). Qaraldi: 8-sentabr 2021-yil.
  31. „Dennis Praet Signs For Leicester City On Permanent Deal“. Leicester City. Qaraldi: 8-avgust 2019-yil.
  32. McNulty, Phil. „Chelsea 0–1 Leicester City“. BBC Sport (15-may 2021-yil). Qaraldi: 16-may 2021-yil.
  33. „Paars-witte U17 winnen AEGON Future Cup“. RSCA.be. 6-aprel 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-noyabr 2013-yil.
  34. „Anderlecht's Praet is Belgium's best“. UEFA (14-yanvar 2015-yil). Qaraldi: 14-yanvar 2015-yil.